![]() Ake Watford mashgʻulotlarida (2015-yil) | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Nathan Benjamin Aké | ||
| Tavallud sanasi | 1995-yil 18-fevral | ||
| Tavallud joyi | Hague, Gollandiya | ||
| Boʻyi | 180 cm (5 ft 11 in) | ||
| Ampluasi | markaziy va / yoki chap qanot himoyachisi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Manchester City | ||
| Raqami | 6 | ||
Natan Benjamin Ake (1995-yil 18-fevralda tugʻilgan) – gollandiyalik professional futbolchi, Premer-ligadagi „Manchester Siti“ klubi va Gollandiya terma jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi. Garchi u asosan markaziy himoyachi sifatida oʻynasada, oʻz faoliyati davomida u chap qanot himoyachisi sifatida ham maydonga tushirilgan.
Jamoalardagi faoliyati
Chelsi
Ake 2010-yilda 15 yoshida Feyenoorddan Chelsi yoshlar jamoasiga qoʻshilishga rozi boʻlgan. U „Feyenoord“da 12 yoshidan beri klubga ADO Den Xaagdan kelganidan keyin oʻynagan. Ake Premer-ligadagi debyutini 2012-yilning 26-dekabrida 17 yoshli Norvich Sitiga qarshi oʻtkazdi va Kerrow Roudda 1:0 hisobidagi gʻalabaning soʻnggi qoʻshib berilgan vaqtida Xuan Matani almashtirdi. U 2013-yilning 27-fevralida Angliya kubogida klub safida ilk bor oʻyinni Chempionshipning „Midlsbro“ jamoasiga qarshi oʻtkazdi va jamoa ushbu oʻyinda 2:0 hisobida gʻalaba qozongan. U 11-aprel kuni Rossiyada „Rubin“ga qarshi UEFA Yevropa ligasi chorak finalida yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynadi, bu oʻyinda Ake jamoasi 3:2 hisobida magʻlubiyatga uchradi. Ammo ikki oʻyinning umumiy hisobi Chelsi foydasiga 5-4 hisobida yakunlandi. Ake 16-may kuni Amsterdam Arenada „Benfika“ga qarshi Yevropa ligasi finalida „Chelsi“ tarkibida maydonga tushirilmadi, ushbu oʻyinda uning jamoasi, „Chelsi“ 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. U 16-may kuni „Chelsi“da yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb topildi va Premer-liga mavsumining soʻnggi oʻyinida „Stemford Brij“da „Everton“ga qarshi oʻyinda (2:1) oʻtkazdi. 2013-yilning 8-avgustida Ake „Chelsi“ bilan 2018-yilgacha amal qiladigan besh yillik yangi shartnoma imzoladi. Shundan soʻng Ake doimiy ravishda asosiy tarkibdan joy ola boshladi. 2014-yil 21-oktabrda Ake UEFA Chempionlar Ligasidagi debyutini zaxira oʻrindigʻida oʻtkazdi, oʻyinning 60-daqiqasida Cesc Fàbregas oʻrniga zaxiradan maydonga qoʻshildi. Ushbu oʻyinda jamoa „Maribor“ ustidan 6:0 hisobida gʻalaba qozondi. Eden Azarning ikkinchi goliga assistentlik qildi.
Ijaralar
2015-yilning 25-martida Ake Chempionship klubi „Reding“ga bir oyga ijaraga berildi, oʻzining beshta oʻyinidan birinchisini „Kardiff Siti“ga qarshi oʻyinda, oʻn kundan soʻng 1:1 hisobida durang oʻynadi. Garchi u butun mavsum davomida „Chelsi“ safida atigi bir marta ligada oʻynagan boʻlsada, 18-may kuni „Vest Bromvich“da 3:0 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda zaxiradan qoʻshilgan, bosh murabbiy Joze Mourino Ake jamoaga qoʻshgan hissasi uchun chempionlik medalini olishini aytdi. 2015-yilning 14-avgustida Ake Chelsi bilan yangi besh yillik shartnoma imzolaganidan soʻng, Premer-liganing yangi koʻtarilgan klubi Uotfordga bir mavsum ijaraga oʻtdi. 11 kundan soʻng u Hornets safida Preston Nort Endga qarshi Liga kubogi 2-raund oʻyinida debyut qildi va bu oʻz bu oʻyinda jamoasi 1:0 hisobidagi magʻlubiyatga uchradi. Ake oʻzining Premer-ligadagi ilk oʻyinini 2015-yilning 19-sentabrida „Nyukasl Yunayted“ga qarshi zaxiradan maydonga tushib, „Uotford“ga 2:1 hisobida gʻalaba qozonishga yordam berdi. U oʻzining birinchi golini 20-dekabr kuni Vikaraj Roudda „Liverpul“ ustidan 3:0 hisobidagi gʻalabani toʻrtinchi daqiqasida darvozabon Adam Bogdan xatosidan soʻng kiritdi.
Xertfordshir jamoasida ishlagan vaqtida murabbiy Kike Sanches Flores Akeni asosan chap qanot himoyachisi sifatida oʻynatdi. Uning mehnatkashligi va axloqi unga Uotfordning mavsumning eng yaxshi yosh oʻyinchisi sovrinini taqdim etdi. 2016-yilning 29-iyunida Ake 2016-17-yilgi mavsum uchun AFK „Bornmut“iga ijara asosida qoʻshildi. 21-avgustda u Bornmutdagi debyutini safarda „Vest Xem Yunayted“ga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazdi va jamoadoshi Garri Arter Cheyxou Kuyatega bahsdan chetlatilganidan soʻng Jordon Ibening oʻrniga maydonga tushdi. „Vest Xem“dan uchralgan magʻlubiyatdan soʻng Ake 24-avgust kuni EFL kubogining ikkinchi bosqichida „Morekambe“ga qarshi oʻyinda toʻliq debyut qildi. 19-noyabr kuni Premer-ligadagi ilk startida Ake „Bornmut“ safidagi ilk golini „Stok Siti“ ustidan 1:0 hisobida qozonilgan gʻalabada kiritdi. 2016-yilning 4-dekabrida „Bornmut“ „Liverpul“ bilan oʻynadi va 15 daqiqa qolganida 3:1 hisobidagi farqni yoʻqqa chiqardi va oʻyinda 4:3 hisobida gʻalaba qozondi; Ake 93-daqiqada gʻalaba toʻpini kiritdi, oʻzining Premer-ligadagi uchinchi golini va Liverpulga ikkinchi golini kiritdi.
„Chelsea“ga qaytish
Ake 2017-yilning 8-yanvarida „Chelsi“ tomonidan chaqirib olindi. 28-yanvar kuni Angliya kubogi 4-raundida Gʻarbiy Londonning „Brentford“ klubi ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonganidan soʻng, klub safida ilk bor maydonga tushdi. Shuningdek, u 18-fevral kuni oʻsha musobaqaning beshinchi raundida „Chelsi“ning „Vulverxempton“ga qarshi oʻyinida (2:0) maydonga tushdi. 22-aprel kuni Ake markaziy himoyada David Luiz va Sezar Aspilikueta bilan birga „Chelsi“ning Angliya kubogi yarim finalida „Uembli“ stadionida raqibi „Tottenxem“ ustidan qozonilgan 4:2 hisobida gʻalabaga hissa qoʻshdi.
= "Bornmut" AFK
2017-yilning 30-iyunida Ake Premer-liganing „Bornmut“ klubi bilan 20 million funt sterling miqdoridagi transfer shartnomasini imzoladi va futbolchi ertasi kuni 2017-yilgi transfer oynasi ochilganda rasman yana klubga qoʻshildi. 21-iyul kuni uning sobiq jamoasi „Chelsi“ uning transfer shartnomasiga Akeni qaytarib sotib olish bandini kiritgani xabar qilingandi.
Manchester Siti
2020-yilning 5-avgustida Ake 41 million funt sterling evaziga „Manchester Siti“ bilan besh yillik shartnoma imzoladi. Ake 21-sentabr kuni „Siti“ning mavsumdagi birinchi oʻyinida maydonga tushdi va debyut qildi va Premer-ligada „Vulverxempton“ga qarshi oʻyinda 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. 2020-yil 27-sentabrda u „Siti“ safidagi ilk golini „Lester Siti“ga qarshi oʻz uyidagi 2:5 hisobida gʻalabada kiritdi. 2020-yil 3-noyabrda Ake „Siti“ safida Chempionlar ligasidagi debyutini guruh bosqichida „Olimpiakos“ ustidan 3:0 hisobida qozonilgan gʻalabaga hissa qoʻshish bilan boshladi. Ake Chempionlar ligasidagi ilk golini 2021-yil 15-sentabrda RB Leypsigga qarshi oʻyinda (6:3) kiritdi. Shundan soʻng u golini ogʻir kasallik bilan kasallangan otasiga bagʻishladi.
| klub | mavsum | liga | FA kub | Liga kub | yevropa | boshqa | umumiy | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| divizion | oʻyin | gol | oʻyin | gol | oʻyin | gol | oʻyin | gol | oʻyin | gol | oʻyin | gol | ||
| Chelsi | 2012–13 | Premier League | 3 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 6 | 0 |
| 2013–14 | Premier League | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 1 | 0 | ||
| 2014–15 | Premier League | 1 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | 1 | 0 | — | 5 | 0 | ||
| 2016–17 | Premier League | 2 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | — | — | 5 | 0 | |||
| umumiy | 7 | 0 | 5 | 0 | 2 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 17 | 0 | ||
| Reading (ijara) | 2014–15 | Championship | 5 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | 5 | 0 | ||
| Watford (ijara) | 2015–16 | Premier League | 24 | 1 | 3 | 0 | 1 | 0 | — | — | 28 | 1 | ||
| AFC Bournemouth (ijara) | 2016–17 | Premier League | 10 | 3 | 0 | 0 | 2 | 0 | — | — | 12 | 3 | ||
| AFC Bournemouth | 2017–18 | Premier League | 38 | 2 | 1 | 0 | 1 | 0 | — | — | 40 | 2 | ||
| 2018–19 | Premier League | 38 | 4 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | — | 39 | 4 | |||
| 2019–20 | Premier League | 29 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | — | 30 | 2 | |||
| umumiy | 115 | 11 | 2 | 0 | 4 | 0 | — | — | 121 | 11 | ||||
| Manchester City | 2020–21 | Premier League | 10 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | — | 13 | 1 | |
| 2021–22 | Premier League | 14 | 2 | 5 | 0 | 1 | 0 | 6 | 1 | 1 | 0 | 27 | 3 | |
| umumiy | 24 | 3 | 5 | 0 | 2 | 0 | 8 | 1 | 1 | 0 | 40 | 4 | ||
| umumiy karyera | 175 | 15 | 15 | 0 | 9 | 0 | 11 | 1 | 1 | 0 | 211 | 16 | ||
Milliy jamoadagi karyerasi
Ake 2009-yilda 15 yoshgacha boʻlgan debyutidan beri Gollandiyani har bir yoshlar darajasida himoya qilgan va jami 54 ta oʻyinda maydonga tushgan. U U17 va U19 termalarida sardorlik qilgan. Ake 2011 va 2012-yillarda mos ravishda Serbiya va Sloveniyada boʻlib oʻtgan 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatlarida gʻolib chiqqan ikkala jamoaga ham sardorlik qilgan. Ake, shuningdek, otasi Moise orqali Kot-d’Ivuar vakili boʻlish huquqiga ega edi. Ake milliy terma jamoadagi debyutini 2017-yilda Gollandiyaga 1:2 hisobida magʻlub boʻlgan Marokashga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazgan.
| Milliy jamoa | Yil | Oʻyin | Gol |
|---|---|---|---|
| Gollandiya | 2017 | 5 | 0 |
| 2018 | 5 | 1 | |
| 2019 | 3 | 1 | |
| 2020 | 6 | 0 | |
| 2021 | 4 | 0 | |
| 2022 | 4 | 1 | |
| umumiy | 27 | 3 | |
| No. | sana | joy / maydon | raqib | goli | natija | musobaqa |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 4-iyun 2018 | Juventus Stadium, Turin, Italiya | Italiya | 1–1 | 1–1 | oʻrtoqlik |
| 2 | 19-noyabr 2019 | Johan Cruyff Arena, Amsterdam, Gollandiya | Estoniya | 2–0 | 5–0 | UEFA Euro 2020 saralash |
| 3 | 26-mart 2022 | Johan Cruyff Arena, Amsterdam, Gollandiya | Daniya | 2–1 | 4–2 | oʻrtoqlik |
Shaxsiy hayoti
Ake Janubiy Gollandiyaning Gaaga shahrida tugʻilgan. Uning otasi Kot-d’Ivuardan. Ake anchagina baland boʻyli.
- 18-fevralda tugʻilganlar
- 1995-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Niderlandiyalik erkak futbolchilar
- Erkak futbol himoyachilari
- Chelsea F.C. futbolchilari
- Bournemouth F.C. futbolchilari
- Manchester City F.C. futbolchilari
- Watford F.C. futbolchilari
- Reading F.C. futbolchilari
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari
- UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- UEFA Chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari
- UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari
- Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar
