Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Normurod Narzullayev (taxallusi Narziy) (1934-yil, 7-iyul, Kasbi tumani) – Oʻzbekiston xalq shoiri (2000). Oʻzbekistonda xizmat kursatgan madaniyat xodimi (1984

Narzullayev Normurod

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)

Normurod Narzullayev (taxallusi Narziy) (1934-yil, 7-iyul, Kasbi tumani) – Oʻzbekiston xalq shoiri (2000). Oʻzbekistonda xizmat kursatgan madaniyat xodimi (1984). Oxunboboyev nomidagi Qarshi pedagogika bilim yurti (1948), Samarqand pedagogika institutining til va adabiyot fakultetini tugatgan (1956). Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari (1974), shu uyushmada kotib (1976—81), „Yosh gvardiya“ nashriyotida bosh muharrir (1981), „Kamalak“ nashriyot-matbaa birlashmasining bosh muharriri (1991—96), shu nashriyot direktori (1996—97). Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari „Kamolot“ jamgʻarmasining „Yangi asr avlodi“ nashriyot-matbaa markazida bosh muharrir (1997-yildan).

Ijodiy faoliyati 1954-yildan boshlangan. Ilk sheʼriy toʻplami – „Suyunchi“ (1965). Normurod „Zarafshon zarlari“ (1970), „Ufklarda koʻzlarim“ (1973), „Lahza va larza“ (1973), „Yogʻdu“ (1974), „Nigohlar“ (1976), „Sevgi sehri“ (1981), „Yaxshilik deb yashayman“ (1987), „Anik vaqt“ (1989), „Qalbim qatralari“ (1994), „Oq farishtam, oppoq farishtam“ (1995) va boshqa sheʼriy toʻplamlar muallifi. „Amir Temur haqida qoʻshiq“ asari tarixiy mavzuga bagʻishlangan.

N.ning bolalarga atab yozgan „Vatan seni erkalab“ (1966), „Shamol ushlagan bola“ (1985), „Bosh maydon“ (1990) asarlari bolalar dunyosi, ularning begubor olami hakida. N. asarlarida zamon va makon birligi, dunyo va davr tushunchasi ulugʻlanadi, yuksak fuqarolik, samimiyat, burchga sadoqat, vatanga muhabbat, jonajon oʻlka tabiatiga maftunkorlik tuygʻulari yetakchi oʻrinni egallaydi. Normurodning koʻp sheʼrlari qoʻshiqqa aylangan. „Shuhrat“ medali bilan mukofotlangan (1998).

Yuqori