Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Nargiza Isamiddinovna Nematova; 1969-yil 23-aprel, Qorakoʻl tumani, Buxoro viloyati, OʻzSSR, SSSR) – oʻzbekistonlik siyosat arbobi. Buxoro viloyati tarixidagi i

Nargiza Nematova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Nargiza Isamiddinovna Nematova
 Olot tumani hokimi
 
Mansab davri
2020-yil 29-fevral  hozirgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Sherali Salomov
 Olot tumani hokimi oʻrinbosari
 
Mansab davri
2004-yil  2020-yil 29-fevral
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
 Xalq deputatlari Olot tuman
kengashi deputati
 
Mansab davri
2004-yil  hozirgacha
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1969-yil 19-fevral (1969-02-19) (57 yosh)
Qorakoʻl tumani, Buxoro viloyati, OʻzSSR, SSSR.
Fuqaroligi Sovet IttifoqiOʻzbekiston
Dini islom
Mukofotlari

Nargiza Isamiddinovna Nematova; 1969-yil 23-aprel, Qorakoʻl tumani, Buxoro viloyati, OʻzSSR, SSSR) – oʻzbekistonlik siyosat arbobi. Buxoro viloyati tarixidagi ilk ayol hokim. Olot tumani hokimi (2020-yildan). Xalq deputatlari Olot tuman kengashining deputati (2004-yildan). Sodiq xizmatlari uchun medali sohibasi (2020).

Tarjimai holi

Nargiza Nematova 1969-yil 19-fevralda Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida tavallud topgan. 1991-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini (hozirda Toshkent tibbiyot akademiyasi) tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi vrach-terapevt. Koʻp yillik doktorlik faoliyati davomida Olot tumani markaziy kasalxonasida turli lavozimlarda ishlagan.

Nargiza Nematovaning tumandagi siyosiy va ijtimoiy sohadagi faoliyati 2004-yildan boshlangan. Shu yildan boshlab u turli yillarda Olot tumani hokimi oʻrinbosari, tuman xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Xalq deputatlari Olot tuman kengashining deputati, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi, Olot tumani hokimi vazifasini bajaruvchi vazifalarida ishlab kelgan. 2020-yilda u Olot tumani hokimi vazifasiga tayinlangan. Shu tariqa Nargiza Neʼmatova Buxoro viloyati tarixidagi ilk ayol hokim boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yildagi Farmoni bilan Nargiza Neʼmatova Sodiq xizmatlari uchun medali bilan taqdirlangan. 2025-yilda esa, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi arafasida „El-yurt hurmati“ ordeni bilan taqdirlangan.

Yuqori