Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Namoz Hotamov — olim, tarixchi, tarix fanlari doktori (1991), professor. Tojikiston taʼlimi aʼlochisi (2003).

Namoz Hotamov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Namoz va familiyasi Hotamov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Namoz Hotamov

Professor Namoz Hotamov
Tavalludi 1946-yil 1-sentabr
Fuqaroligi Tojikiston
Taʼlimi Tojikiston Davlat universiteti
Kasbi Oʻqituvchi
Faoliyat yillari 1971-yildan hozirgacha
Unvoni Professor
Otasi Bosar Hotamov
Onasi Idimo Abdulloeva

Namoz Hotamov — olim, tarixchi, tarix fanlari doktori (1991), professor. Tojikiston taʼlimi aʼlochisi (2003).

Tarjimayi holi

Namoz Hotamov 1946-yil 1-sentyabrda Buxoro viloyati, [[Peshko tumani|, Shoboti qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi — Bosar Hotamov ikkita katta urushda qatnashgan dehqonlardan biri hisoblangan: Sovet Ittifoqining Finlandiya bilan urushi; va Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Onasi — Idimo Abdulloeva. 1962-yilda tojik tilida faoliyat yurituvchi oʻrta maktabni tamomlagan. 1967-yilda Tojikiston Davlat universitetining tarix fakultetini tugatgan. 1971-yilda Tojikiston Davlat universitetining Sovet Ittifoqi tarixi kafedrasiga oʻqituvchi boʻlib ishga taklif qilingan. 1971—1980-yillarda kafedrada assistent, katta o‘qituvchi va dotsent lavozimlarida ishlagan. 1980-yildan Ahmad Donish nomidagi Tarix, arxeologiya va etnologiya institutida katta ilmiy xodim sifatida ishlagan. Tojikiston Respublikasi Fanlar Akademiyasida tahsilni davom ettirib, 1995-yilgacha akademiyaning tarix bo‘limi katta ilmiy xodimi va mudiri lavozimlarida ishlagan. 1991-yildan professor, keyinchalik 2001—2013-yillarda Tojikiston Tadbirkorlik va servis institutida kafedra mudiri lavozimlarida ishlagan va hozirda oʻqituvchilik faoliyatini davom ettirmoqda. Namoz Hotamov Ahmad Donish nomidagi Tarix, arxeologiya va etnologiya institutida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish kengashi aʼzosi. Shuningdek, Tojikiston Taʼlim vazirligi huzuridagi Milliy taʼlim kengashi aʼzosi va Rossiya Federatsiyasi VAC eksperti.

Ilmiy faoliyati

1974-yilda nomzodlik, 1991-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 250 dan ortiq maqolalar, shu jumladan 3 ta darslik, 9 ta monografiya va „Tarixi xalqi tojik“ kitobining 4, 5, 6 boblari (ruscha Istoriya tadjikskogo naroda, 6 jild. Dushanbe, 1998—2011) muallifi. Ahmad Donish nomidagi Tarix, arxeologiya va etnologiya ilmiy-tadqiqot instituti oʻqituvchisi. U Tojikiston Fanlar akademiyasining bitiruvchisi hisoblanadi. Namoz Hotamov rahbarligida shogirdlari bir doktorlik, uch nafar nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilishgan. Tojikistondagi universitet, respublika va xalqaro anjuman va simpoziumlarda maʼruza qilgan.

Yuqori