Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Nabi (arabcha: نبي‎‎ — paygʻambar, ilohiy xabar keltiruvchi) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalga

Nabi (ism)

Nabi (arabcha: نبي‎ — paygʻambar, ilohiy xabar keltiruvchi) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Nabi
(arabcha: نبي‎)
Jins erkak
Etimologik maʼnosi paygʻambar, ilohiy xabar keltiruvchi
Ota ismi Nabi(jon) oʻgʻli, Nabiyevich
Nabi(jon) qizi, Nabiyevna
Yasama shakllari Nabijon
Chet tillardagi oʻxshashliklar arabcha: نبي
Bogʻliq maqolalar:
Vikilugʻat logotipi
Vikilugʻatda ushbu soʻzga oid batafsil maʼlumot beruvchi sahifa mavjud:
    nabi

Taniqli shaxslar

  • Nabi Abdurahmonov — rejissyor, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2005-yil). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1994);
  • Nabi Gʻaniyev — kinorejissor, oʻzbek kinosining asoschilaridan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1944);
  • Nabi Hafizov — naqqosh va musavvir, birinchi oʻzbek plakatchisi;
  • Nabi Jaloliddin — oʻzbek yozuvchisi va shoiri;
  • Nabi Majidov — nevropatolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978), tibbiyot fanlari doktori (1965), professor (1966);
  • Nabi Rahimov — oʻzbekistonlik kino va teatr aktyori;
  • Nabi Rizaev — kimyo texnologiyalari va injeneriyasi sohasida faoliyat koʻrsatgan oʻzbek olimi. Texnika fanlari doktori, professor;
  • Nabi Ziyadullayev — oʻzbek va rossiyalik olim-iqtisodchi, mintaqaviy va jahon iqtisodiyoti, xalq xoʻjaligini boshqarishni modellashtirish boʻyicha mutaxassis, iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha metodologiya va strategiyani ishlab chiquvchilardan biri;
  • Nabijon Boqiy — yozuvchi, tarjimon va jurnalist;
  • Nabijon Hasanov — oʻzbek bastakori va sozandasi (gʻijjak), Oʻzbekiston xalq artisti (1967);
  • Nabijon Mingboyev — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, kichik serjant;
  • Nabijon Nazirov — fiziolog, radiobiolog olim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981). VASXNIL muxbir aʼzosi (1970), professor (1969);
  • Nabijon Qodirov — Rishton kulolchilik maktabining yirik vakili; Oʻzbekiston xalq ustasi (2001);
  • Nabijon Qosimov — o‘zbek diplomati va xalqaro iqtisodchi;
  • Nabijon Xalilov — dirijyor, kompozitor. Oʻzbekiston xalq artisti (1989).

Familiyalar

  • Nabiyev
  • Nabiyeva
Yuqori