Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Muzlik yotqiziqlari - hosil boʻlishi hozirgi yoki qad. togʻ muzliklari va materik muz qoplamlari bilan genetik bogʻliq boʻlgan geologik yotqiziqlarning katta gu

Muzlik yotqiziqlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Muzlik yotqiziqlari - hosil boʻlishi hozirgi yoki qad. togʻ muzliklari va materik muz qoplamlari bilan genetik bogʻliq boʻlgan geologik yotqiziqlarning katta guruhi. Muzlik (glyasi-al yoki morena) va suv-muzlik yotqiziqlariga boʻlinadi. Muzlik yotqiziqlari muzlik oʻrnida muz bilan keltirilgan chaqiq jinslardan vujudga keladi. Har xil oʻlchamdagi boʻsh togʻ jinslari, valunlar, qumtoshlar, qum va hokazodan iborat. Suv-muzlik yotqiziqlari muzlik ichida va chekkalarida erigan suv oqimi bilan hosil boʻladi. Muzlik yotqiziqlarining barcha turlari murakkab birikmadir. Antropogen davrida katta materik muzliklari bepoyon maydonlarni koʻplab yotgan.

Yana qarang

•Muzlik

Yuqori