- Vikipediyada ismi Muzaffar boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Muzaffar Ali (XVI asr) - miniatyurachi musavvir, Hirot miniatyura maktabinmng namoyandasi. Kamoliddin Behzodnij jiyani. Hirotda, keyinchalik Tabriz, Isfahonda yashab ijod etgan. Behzod anʼanalarini davom ettirgan, koʻplab shogirdlar tayyorlagan.
Nizomiyning "Hamsa" (1539—43, Britaniya muzeyida), Firdavsiyning "Shohnoma" (1537, Parijdagi Rotshild majmuasida) asarlari va boshqa qoʻlyozmalarni, Isfahondagi "Chihil sutun" qasrini naqsh va tasvirlar bilan badiiy bezagan.
Galereya
“Layli va Majnun” she’riga miniatyura
Yusuf quduqdan chiqib ketadi
Gullar bilan yosh shahzoda portreti