Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Muzaffar (arabcha: مظفّر‎‎ — zafar, gʻalaba qozongan) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Muzaffar (ism)

Muzaffar (arabcha: مظفّر‎ — zafar, gʻalaba qozongan) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Muzaffar
(arabcha: مظفّر‎)
Jins erkak
Etimologik maʼnosi zafar, gʻalaba qozongan
Ota ismi Muzaffar oʻgʻli, Muzaffarovich
Muzaffar qizi, Muzaffarovna
Yasama shakllari Muzaffarbek
Chet tillardagi oʻxshashliklar arabcha: مظفّر
ozarbayjoncha: Müzəffər
Bogʻliq maqolalar:
Vikilugʻat logotipi
Vikilugʻatda ushbu soʻzga oid batafsil maʼlumot beruvchi sahifa mavjud:
    muzaffar

Taniqli shaxslar

  • Muzaffar Abdiyev — oʻzbek oʻqituvchi va siyosatchi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IV chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati. "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi aʼzosi;
  • Muzaffar Ali — miniatyurachi musavvir, Hirot miniatyura maktabinmng namoyandasi;
  • Muzaffar Erkinov — oʻzbekistonlik rejissyor, ssenariynavis va prodyuser;
  • Muzaffar Homidxonov — energetika sohasidagi olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1968), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1966), texnika fanlari doktori (1961), professor (1962);
  • Muzaffar Kirmonshohiy Qirmisiy — Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi;
  • Muzaffar Komilov — oʻzbek davlat arbobi;
  • Muzaffar Moʻminov — oʻzbekistonlik futbolchi;
  • Muzaffar Muhamedov — oʻzbekistonlik aktyor va rejissyor;
  • Muzaffar Muzaffarov — oʻzbek professional futbolchisi;
  • Muzaffar Olimjonov — oʻzbekistonlik futbolchi;
  • Muzaffar Saʼdullayev — oʻzbek aktyori va hunarmand;
  • Muzaffar Soliyev — oʻzbekistonlik siyosatchi;
  • Muzaffar Tursunxoʻjayev — oʻzbekistonlik koʻzi ojiz paralimpiyachi suzuvchi;
  • Muzaffar Xayrullayev — faylasuf olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1989), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1981), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1991), falsafa fanlari doktori (1966), professor (1967);
  • Muzaffar Xoliqov — oʻzbekistonlik futbolchi;
  • Muzaffar Zohidov — sharqshunos, filolog, arabshunos;
  • Muzaffar al-Gʻaziynaziy — faqih va olim;
  • Muzaffar ibn Kaydar — 9-asrda Abbosiylar xalifaligining Misrdagi noibi boʻlgan;
  • Muzaffar mirzo — Husayn Boyqaroning 6-oʻgʻli;
  • Muzaffarbek Madrahimov — oʻzbek davlat arbobi;
  • Muzaffarbek Toʻraboyev — oʻzbekistonlik dzyudochi.

Familiyalar

  • Muzaffarov
  • Muzaffarova
Yuqori