| Muhammetnazar Gapurowiç Gapurow | |
|---|---|
| Mansab davri 1969-yil 24-dekabr – 1985-yil 21-dekabr | |
| Avvalgisi | Balyş Öwezow |
| Keyingisi | Saparmurod Niyozov |
| Mansab davri 1963-yil 26-mart – 1969-yil 25-dekabr | |
| Avvalgisi | Abdy Annaliýew |
| Keyingisi | Oraz Orazmuhamedow |
| Mansab davri 1959-yil – 192-yil fevral | |
| Avvalgisi | Juma Koýnekow |
| Keyingisi | Astan Işankuliýew |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Talaffuzi | Muhamadnazar Gapurovich Gapurov |
| Tavalludi | 15-fevral 1922-yil Oktyabrsk qishlogʻi, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi |
| Vafoti | 13-iyul 1999-yil (77 yoshda) Berzengi qishlogʻi, Kopetdogʻ etrapi, Ashxobod, Turkmaniston |
| Fuqaroligi | |
| Taʼlim | Chorjoʻy davlat pedagogika instituti |
| Kasbi | oʻqituvchi |
| Mukofotlari | |
| Dafn etilgan joyi | Ashxoboddagi Vatutin qabristoni |
| Unvoni | |
| Harbiy xizmat davri | 1941—1944 |
| Harbiy unvoni | |
| Qatnashgan jangi | 2-jahon urushi |
Muhammetnazar Gapurowiç Gapurow (talaffuzi: Muhamadnazar Gapurovich Gapurov; 1922-yil 15-fevral, Oktyabrsk qishlogʻi, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi — 1999-yil 13-iyul, Berzengi qishlogʻi, Kopetdogʻ etrapi, Ashxobod, Turkmaniston) — sovet hamda turkman davlat va partiya arbobi. Turkmaniston Kommunstik partiyasi Markaziy qoʻmitasining birinchi kotibi (1969—1985).
Tarjimayi holi
Muhammetnazar Gapurow 1922-yil 15-fevralda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Chorjoʻy tumani, Oktyabrsk qishlogʻida (hozirgi Lebap viloyatida) dehqon oilasida tugʻilgan. Turkmanlarning ersari qabilasidan. Chorjoʻy davlat pedagogika institutini oʻqituvchilik mutaxassisligi boʻyicha sirtdan tamomlagan. 1939-yilda Chorjoʻy oʻqituvchilar institutida oʻqigan. 1941-yilda Chorjoʻy viloyatidagi 8 yillik maktab oʻqituvchisi. 1941-yil dekabrda harbiy xizmatga chaqirilgan. Armiyada Oʻrta Osiyo harbiy okrugi 88-alohida oʻqchi brigadasi, 1-alohida oʻqchi batareyasining avtomatchilar boʻlinmasi komandiri boʻlib xizmat qilgan. 1942-yil noyabrdan 1943-yil fevralgacha 87-alohida oʻqchi brigada, 64-alohida oʻqchi batalyoni avtomatchilar boʻlinmasi komandiri boʻlgan. Ikkinchi jahon urushida shimoli-gʻarbiy frontda jang qilgan. 1943-yil 26-fevralda oyogʻidan oʻq yeb, oʻng qoʻlidan uch marta oʻq yegan. Gospitalda davolangach, katta serjant Muhammetnazar Gapurow demobilizatsiya qilingan. 1943—1944-yillarda Chorjoʻy viloyatidagi „Yaxti Yel“ kolxozi qoshidagi maktabning oʻquv boʻlimi mudiri, 1944-yilda esa maktab direktori boʻlgan, 1944-yildan VKP (b), soʻngra KPSS aʼzosi. 1944-yildan partiya ishida faoliyat olib borgan, dastlab instruktor, 1945-yildan Chorjoʻy etrapi partiya qoʻmitasining targʻibot va tashviqot boʻlimi mudiri, 1947-yildan Turkmaniston Kompartiyasi Chorjoʻy viloyati Sakar etrapi qoʻmitasi kotibi, 1948—1951-yillarda Chorjoʻy viloyati komsomol qoʻmitasining 1-kotibi, 1951—1955-yillarda Turkmaniston SSR LKSM Markaziy qoʻmitasining targʻibot va tashviqot boʻyicha kotibi, 1955-yilda Turkmaniston Kompartiyasi Chorjoʻy viloyati qoʻmitasining targʻibot va tashviqot boʻlimi mudiri, 1957—1959-yillarda Turkmaniston Kompartiyasi Chorjoʻy viloyati qoʻmitasining kotibi, 1959–1962-yillarda esa birinchi kotibi, 1962—1963-yillarda Turkmaniston Kompartiyasi Markaziy qoʻmitasi kotibi, 1963-yil 26-martdan 1969-yil 25-dekabrgacha Turkmaniston SSR Ministrlar Soveti raisi, tashqi ishlar vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. KPSS Markaziy qoʻmitasi aʼzoligiga nomzod (1966—1971). KPSS Markaziy qoʻmitasi aʼzosi (1971—1986). Turkmaniston SSRdan SSSR Oliy Kengashi deputati: 6-chaqiriq Millatlar Kengashi (1962—1966) va 7—11-chaqiriq Ittifoq Kengashi (1966—1989). 1969-yil 24-dekabrdan 1985-yil 21-dekabrgacha Turkmaniston Kompartiyasi Markaziy qoʻmitasining 1-kotibi boʻlgan. 1985-yil dekabrda pensiyaga chiqqan. 1999-yil 13-iyulda Berzengi qishlogʻidagi dachasida vafot etgan. Ashxobod shahridagi Vatutin qabristonida dafn etilgan.
Unvon va mukofotlari
Muhammetnazar Gapurow Sotsialistik Mehnat Qahramoni faxriy unvoni (1981-yil), besh marta Lenin ordeni (1964-yil 16-mart, 1971-yil 27-avgust, 1972-yil 14-fevral, 1973-yil 10-dekabr,1982-yil 12-fevral), I darajali Vatan urushi ordeni (1985-yil 11-mart), uch marta Mehnat Qizil Bayroq ordeni (1950-yil 28-yanvar, 1957-yil 14-fevral, 1976-yil 25-dekabr), „Hurmat belgisi“ ordeni (1948-yil 28-avgust), „Jasurlik uchun“ medali (1945-yil 4-may) va boshqa medallar bilan taqdirlangan.
- 15-fevralda tugʻilganlar
- 1922-yilda tugʻilganlar
- 13-iyulda vafot etganlar
- 1999-yilda vafot etganlar
- Lenin ordeni sohiblari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- Jasurlik uchun medali bilan mukofotlanganlar
- „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari
- Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 20 yilligi medali sohiblari
- Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 30 yilligi medali sohiblari
- Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 40 yilligi medali sohiblari
- Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 50 yilligi medali sohiblari
- Mehnat faxriysi medali sohiblari
- SSSR Qurolli Kuchlarining 50 yilligi yubiley medali sohiblari
- SSSR Qurolli Kuchlarining 60 yilligi yubiley medali sohiblari
- SSSR Qurolli Kuchlarining 70 yilligi yubiley medali sohiblari
- Sotsialistik Mehnat Qahramonlari
- Ashxobodda vafot etganlar
- Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari
- Turkmaniston SSR Oliy Sovetining 5-chaqiriq deputatlari
- Turkmaniston SSR Oliy Sovetining 7-chaqiriq deputatlari
- Turkmaniston SSR Oliy Sovetining 8-chaqiriq deputatlari
- Turkmaniston SSR Oliy Sovetining 9-chaqiriq deputatlari
- KPSS XXII syezdi delegatlari
- KPSS XXIII syezdi delegatlari
- KPSS XXIV syezdi delegatlari
- KPSS XXV syezdi delegatlari
- KPSS XXVI syezdi delegatlari


