Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Vincenzo Montella (1974-yil 18-iyunda tugʻilgan) – italiyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi hisoblanadi. Futbolchilik faoliyati davomida hujumchi pozitsiy

Montella, Vinchenso

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)
Vincenzo Montella
Montella Milan murabbiyligida (2016-yil)
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Vincenzo Montella
Tavallud sanasi 1974-yil 18-iyun (1974-06-18) (52 yosh)
Tavallud joyi Pomigliano d'Arco, Italiya
Boʻyi 1.72 m
Ampluasi Strayker
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Turkiya (bosh murabbiy)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1986—1990 Empoli
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1990—1995 Empoli 51 (27)
1995—1996 Genoa 34 (21)
1996—1999 Sampdoria 83 (54)
1999—2009 Roma 192 (83)
2007 →  Fulham 10 (3)
2007—2008 →  Sampdoria 13 (4)
Total 383 (192)
Milliy terma jamoa
1999—2005 Italiya 20 (3)
Boshqargan klublari
2009—2011 Roma U15
2011 Roma (interim)
2011—2012 Catania
2012—2015 Fiorentina
2015—2016 Sampdoria
2016—2017 Milan
2017—2018 Sevilla
2019 Fiorentina
2021—2023 Adana Demirspor
2023— Turkiya
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Vincenzo Montella (1974-yil 18-iyunda tugʻilgan) – italiyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi hisoblanadi. Futbolchilik faoliyati davomida hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. U ayni paytda Turkiya milliy futbol terma jamoasining bosh murabbiyi lavozimida faoliyat yuritmoqda.

Montellaning futbolchilik faoliyatidagi laqabi „Aeroplanino“ edi. Bu uning past boʻyi va gol urganidan soʻng qoʻllarini qanot kabi yoyib nishonlashiga ishora qilardi. Sermahsul hujumchi sifatida tanilgan Montella oʻz karyerasi davomida Italiyaning „Empoli“, „Jenoa“, „Sampdoriya“ va „Roma“ jamoalarida, shuningdek, qisqa muddat Angliyaning „Fulham“ klubida ijara asosida toʻp surgan. Vincenzo asosan „Roma“dagi faoliyati (1999—2007) bilan xotiralarda qolgan. Bu davrda u jamoa bilan 2000-01-yilgi mavsumida A Seriya chempionligi va Italiya Superkubogini qoʻlga kiritgan, keyinchalik esa 2003-yilda Italiya kubogi finaliga qadar yetib borgan. 2013-yilda Montella „Roma“ faxriylar zaliga kiritilgan. Xalqaro maydonda u 1999—2005-yillar oraligʻida Italiya terma jamoasi safida 20 ta oʻyin oʻtkazib, uchta gol urgan. U UEFA Yevro-2000 finaliga yetib borgan Italiya terma jamoasi tarkibida boʻlgan va 2002-yilgi FIFA Jahon chempionatida ham oʻz vatani sharafini himoya qilgan.

Montella murabbiylik faoliyatini 2011-yilda „Roma“ klubining vaqtinchalik bosh murabbiyi sifatida boshlagan. Navbatdagi mavsumda esa „Kataniya“ klubida murabbiylik qilgan. 2012-yilda u „Fiorentina“ klubiga oʻtib, u yerda murabbiy sifatida uch mavsumni oʻtkazgan. Bu davrda jamoa bilan ketma-ket uch marta chempionatda toʻrtinchi oʻrinni egallagan, 2014-yilda Italiya kubogi finaliga chiqqan hamda 2015-yilda UEFA Yevropa ligasi yarim finaliga qadar yetib borgan. 2015-16-yil „Sampdoriya“ jamoasidagi bir mavsumlik faoliyatidan soʻng, 2016-yilda „Milan“ning bosh murabbiyi etib tayinlangan va oʻsha yili jamoa bilan murabbiy sifatida ilk bor Italiya Superkubogini qoʻlga kiritgan. Vincenzo 2017-yilda „Milan“ jamoasidan boʻshatilgach, Ispaniyaning „Sevilla“ jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Ispaniya Qirol kubogi finaliga chiqish va klub tarixida birinchi marta Chempionlar ligasi chorak finaliga yetib borish kabi yutuqlarga erishgan boʻlsa-da, u lavozimga tayinlanganidan toʻrt oy oʻtib, toʻqqizta oʻyinda gʻalaba qozona olmagani sababli „Sevilla“ rahbariyati tomonidan isteʼfoga chiqarilgan. U 2019-yilda „Fiorentina“ga qaytdi va ikkinchi bor bu jamoada sakkiz oydan ortiq faoliyat yuritdi. 2021—2023-yillar davomida Turkiya Superligasi ishtirokchisi „Adana Demirspor“ jamoasini boshqarganidan soʻng, 2023-yil sentyabrida Turkiya milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan. Montella jamoani UEFA Yevro-2024 musobaqasiga chiqishiga yordam bergan.

Futbolchilik karyerasi

Vinchenso Montella professional faoliyatini 1990-yilda Empoli klubida boshlagan. U bu jamoa safida Italiya C seriyasida toʻp surgan. 1995-yilda u Genoa klubiga oʻtadi va birinchi mavsumidayoq 21 ta gol urib, yuqori darajadagi hujumchi sifatida tanila boshlaydi. Shundan soʻng, u A Seriya vakili boʻlgan Sampdoria klubiga oʻtadi. Montella 1997 va 1998-yillarda ketma-ket ikki mavsumda jamoaning asosiy toʻpurari boʻlgan. Umuman olganda, u „genuyaliklar“ safida 83 ta oʻyinda ishtirok etib, 54 ta gol kiritgan. 1999-yilda Sampdoria B Seriyaga tushib ketganidan soʻng, Montella Roma klubiga 25 million yevro evaziga transfer qilinadi. Rim klubidagi ilk mavsumida u 18 ta gol uradi va ayniqsa „Rim derbisi“da Latsio darvozasiga ikkita gol kiritib, muxlislar mehrini qozonadi. U Franchesko Totti va Marko Delvekkio bilan hujum uchligini tashkil etgan. 2000/01-yilgi mavsumda Montella 13 ta gol urib, Romaning A Seriya chempionligini qoʻlga kiritishida muhim rol oʻynagan.

2003/04-yilgi mavsumda u jarohatlari sababli kam oʻyin oʻtkazadi, ammo 2004/05-yilgi mavsumda yana yuqori formaga qaytadi va 37 oʻyinda 21 ta gol uradi. 2005/06-yilgi mavsumda esa jarohatlar sababli ikkita operatsiyani boshdan kechiradi va butun mavsum davomida atigi 13 oʻyinda ishtirok etadi. 2007-yilning 4-yanvarida Montella Angliyaning Fulham klubiga ijaraga beriladi. U debyut uchrashuvida Lester Siti darvozasiga ikki gol kiritadi va keyingi oʻyinlarda ham gollar urishda davom etadi. 2007-yil 13-yanvarda u West Hamga qarshi oʻyinda Angliya Premyer Ligasida ilk bor maydonga tushadi. 20-yanvar kuni esa Tottenhem darvozasiga penaltidan gol urib, chempionatlardagi hisobini ochadi. Ketma-ket uch oʻyinda toʻrtta gol urgan Montella Fulhem muxlislarining sevimlisiga aylanadi. 8-may kuni ijara muddati yakunlanib, u Romaga qaytadi.

2007/08-yilgi mavsumni u yana ijara asosida Sampdoriya klubida oʻtkazadi. 2008/09-yilgi mavsumda Romaga qaytgan Montella 2009-yil 2-iyulda futbolchilik faoliyatini yakunlaganini eʼlon qiladi.

Terma jamoadagi faoliyati

Montella Italiya terma jamoasidagi debyutini 1999-yilda Uelsga qarshi oʻtkazgan. U 2000-yilgi Yevropa chempionati va 2002-yilgi jahon chempionatida Italiya safida maydonga tushgan. Umuman olganda, Montella terma jamoa safida 20 ta oʻyinda ishtirok etib, 3 ta gol kiritgan.

Murabbiylik faoliyati

Roma

Montella 2010-yil

2009-yilning 2-iyulida Montella Roma bilan uch yillik shartnoma imzolaydi. Shartnoma shartlariga koʻra u dastlab Romaning 15 yoshgacha futbolchilaridan tashkil topgan Giovanissimi Nazionali jamoasini boshqaradi.

2011-yilning 21-fevralida Montella Klaudio Ranyeri oʻrniga Roma bosh murabbiyi etib tayinlanadi. 23-fevral kuni murabbiylik postidagi ilk oʻyinini chempionat doirasida Bolnyaga qarshi oʻtkazadi. De Rossining goli evaziga uchrashuvda Roma gʻalaba qozongan. Klub amerikalik tadbirkorlar qoʻliga oʻtgach Montella jamoani tark etadi.

Kataniya

2011-yilning iyunida Kataniya jamoasi bosh murabbiyi boʻladi. Shartnoma ikki yilga moʻljallangan edi. Biroq 2012-yilda jamoani tark etadi.

Fiorentina

2012-yil 11-iyunida Montella Fiorentina bosh murabbiyi etib tayinlanadi. U jamoani 13- oʻrindan 4-oʻringa olib chiqadi va mavsum yakunida Yevropa ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi. Yevropa ligasida Fiorentina yarim finalgfa qadar yetib boradi. 2015-yilda Montella klub rahbarlari bilan munosabatlari yomonlashib, jamoani tark etadi.

Sampdoriya

2015-yilda Montella oʻzining qadrdon jamoasi Sampdoriyaga bosh murabbiy boʻladi. Bir yildan soʻng u jamoani tark etadi.

Milan

2016-yili Montella Milan bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Rossonerilar buning uchun Sampdoriyaga 1,1 million tovon puli toʻlaydi. Oʻzining ilk mavsumida u Milan bilan Italiya superkubogini qoʻlga kiritadi. A Seriyada 6-oʻrinni egallagan jamoa Yevropa Ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi. 2017-yilning 27-noyabrida muvaffaqiyatsiz natijalardan soʻng jamoani tark etadi.

Sevilya

2017-yilning 28-dekabrida Montella Ispaniyaning Sevilya jamoasi murabbiylik postiga keladi. Shartnoma 2019-yil oxirigacha moʻljallandi. Uning qoʻl ostida jamoa 28 oʻyinda maydonga tushib 11 gʻalaba, 7 durrang va 10 magʻlubiyat qayd etadi.

Fiorentina

2019-yilning 10-aprelida Montella yana Fiorentinaga qaytadi. Biroq 21-dekabrda Romaga qarshi 1-4 hisobidagi magʻlubiyatdan soʻng jamoani tark etadi.


Faoliyat statistikasi

Klub

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Yevropa Boshqa Jami
DivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollar
Empoli 1990–91 Serie C1 10———10
1991–92 74———74
1992–93 136———136
1993–94 00———00
1994–95 3017———3017
Jami 5127———5127
Genoa 1995–96 Serie B 342112—554028
Sampdoria 1996–97 Serie A 282222——3024
1997–98 33204120—3921
1998–99 22121163—2916
Jami 83547483—9861
Roma 1999–2000 Serie A 31183073—4121
2000–01 28132283—3818
2001–02 19130061112615
2002–03 29952110—4511
2003–04 1150030—145
2004–05 37216131—4623
2005–06 1310031—162
2006–07 123233000176
2008–09 120102000150
Jami 1928319846911258101
Fulham (ijara) 2006–07 Premyer-liga 10353——156
Sampdoria (ijara) 2007–08 Serie A 1340051—185
Umumiy statistika 3831923217591666480228
  1. Includes Coppa Italia, FA Cup
  2. Appearance in Supercoppa Italiana
  1. Appearances in Anglo-Italian Cup
  2. Appearances in UEFA Cup
  3. Appearances in UEFA Intertoto Cup
  4. Appearances in UEFA Champions League

Xalqaro

Italiya
YilOʻyinlarGollar
199920
200050
200141
200272
2003––
200410
200510
Jami203

Terma jamoada urgan gollari

Hisoblar va natijalar Italiyaning gollari sonini birinchi oʻrinda koʻrsatadi.
№SanaStadionRaqibHisobNatijaMusobaqa
1.25 April 2001Stadio Renato Curi, Perugia, Italiya Janubiy Afrika1–01–0Oʻrtoqlik
2.27 March 2002Elland Road, Leeds, Angliya Angliya1–12–1Oʻrtoqlik
3.2–1

Murabbiylik statistikasi

2025-yil 7-sentyabrda bo‘lib o‘tgan o‘yin holatiga koʻra
Jamoalar boʻyicha murabbiylik natijalari
Jamoa Mamlakat Tayinlangan Ishdan boʻshatilgan Record Man
Oʻ Gʻ D M UG OʻG GF Gʻal %
Roma (vazifasini bajaruvchi) Italiya 2011-yil 21-fevral 2011-yil 1-iyun 167452221+1043,75
Catania Italiya 2011-yil 9-iyun 2012-yil 5-iyun 401215135156−5030,00
Fiorentina Italiya 2012-yil 11-iyun 2015-yil 8-iyun 153813240258167+91052,94
Sampdoria Italiya 2015-yil 15-noyabr 2016-yil 28-iyun 2766152946−17022,22
Milan Italiya 2016-yil 28-iyun 2017-yil 27-noyabr 6433131810774+33051,56
Sevilla Ispaniya 2017-yil 28-dekabr 2018-yil 28-aprel 28117103744−7039,29
Fiorentina Italiya 2019-yil 10-aprel 2019-yil 21-dekabr 2767142837−9022,22
Adana Demirspor Turkiya 2021-yil 1-sentyabr 2023-yil 12-iyun 76381721154103+51050,00
Turkey Turkiya 2023-yil 21-sentyabr Hozirgacha 2513483937+2052,00
Jami 456207105144721583+138045,39
Yuqori