Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Michy Batshuayi-Atunga (talaffuzi: Mishi Batshuayi-Atunga) 1993-yil 2-oktyabrda Brusselda tavallud topgan. Belgiyalik futbolchi Turkiyaning „Fenerbahçe“ va Belg

Michy Batshuayi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Michy Batshuayi
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Michy Batshuayi-Atunga
Tavallud sanasi 1993-yil 2-oktyabr (1993-10-02) (32 yosh)
Tavallud joyi Brussels, Belgiya
Boʻyi 1.85 m
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Eintracht Frankfurt
Raqami 23
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2003—2005 RFC Evere
2005—2006 RUSA Schaarbeek
2006—2007 Brussels
2007—2008 Anderlecht
2008—2009 Brussels
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2014 Standard Liège 97 (39)
2014—2016 Marseille 62 (29)
2016—2022 Chelsea 48 (8)
2018 →  Borussia Dortmund 10 (7)
2018—2019 →  Valencia 15 (1)
2019 →  Crystal Palace 11 (5)
2020—2021 →  Crystal Palace 18 (2)
2021—2022 →  Beşiktaş 33 (14)
2022- Fenerbahçe 5 (2)
Milliy terma jamoa
2012—2014 Belgiya U21 13 (7)
2015- Belgiya 47 (26)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(22-oktyabr uchun)

Michy Batshuayi-Atunga (talaffuzi: Mishi Batshuayi-Atunga) 1993-yil 2-oktyabrda Brusselda tavallud topgan. Belgiyalik futbolchi Turkiyaning „Fenerbahçe“ va Belgiya terma jamoasi hujumchisi. 2016-yilgi Yevropa chempionati ishtirokchisi. 2018-yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori.

Chelsea

Batshuayi Chelsea bilan

2016-yilning 3-iyulida Michy Batshuayi-Atunga 39 million yevro evaziga Angliyaning „Chelsea“ jamoasiga oʻtdi. Shartnoma 5 yil muddatga imzolandi. Klubda „23“ raqami ostida toʻp surgan. 15-avgust kuni „West Ham United“ ga qarshi oʻyinda Michy Batshuayi-Atunga ikkinchi boʻlimda Oskar oʻrniga Angliya Premer-ligasida debyut qildi. Bahs oxirida u gʻalaba golini urgan Diego Kostaga assistentlik qildi. 20-avgust kuni „Watford“ga qarshi bahsda Michy Batshuayi-Atunga „Chelsea“ safidagi ilk golini urdi. 23-avgust kuni Angliya Futbol Ligasi kubogi doirasida „Bristol Rovers“ga qarshi oʻyinda Michy Batshuayi-Atunga „pensionerlar“ safida oʻzining ilk „dubl“ini urdi. Oʻzining debyut mavsumida u klubga chempionlikni qoʻlga kiritishda yordam berdi. 21-may kuni „Sunderland“ga qarshi bahsda Michy Batshuayi-Atunga chempionatdagi ilk „dubl“ini amalga oshirdi. U Angliya Liga kubogi doirasida „Nottingham Forest“ga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etdi. Chempionlar ligasi doirasida Ozarbayjonning „Karabakh“ va Ispaniyaning „Atletico Madrid“ klublariga qarshi kechgan oʻyinda Michy Batshuayi-Atunga gol urdi.

Xalqaro karyerasi

Michy Batshuayi-Atunga Belgiya tarkibida JCh −2018da

2015-yil 28-mart kuni Kiprga qarshi 2016-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinida Michy Batshuayi-Atunga Belgiya terma jamoasida ikkinchi boʻlimda Kristian Benteke oʻrniga maydonga tushdi. Oʻsha oʻyinda u terma jamoadagi ilk golini urdi.

2016-yilning yozida Michy Batshuayi-Atunga jamoasi tarkibida u Fransiyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Vengriya va Uels jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi. Vengerlarga qarshi kechgan bahsda Michy Batshuayi-Atunga gol urdi.

2018-yilda Michy Batshuayi-Atunga Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi. Turnirda u Tunis, Angliya va Fransiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Tunisliklarga qarshi kechgan bahsda Michy Batshuayi-Atunga gol urdi.

Yuqori