Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Mendiqara tumani — Qoʻstanoy viloyatining shimoliy qismida joylashgan. 1928-yili Qoʻstanoy viloyatida Borovskoy tumani va Mendiqara tumani tashkil topdi, 1930-y

Mendiqara (tuman)

Mendiqara tumani
Меңдіқара ауданы
Gerb
Gerb
tuman
Tarkibida Qoʻstanoy viloyati
Maʼmuriy markazi Borovskoy
Asos solingan sanasi 1928-yil
Akim Jaqayev Serikjan Anuarbekovich
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2010) 31,433
Zichligi 5,5 kishi./km²
Millatlar tarkibi ruslar — 41,22%
qozoqlar — 39,72%
ukrainlar — 8,24%
olmonlar — 4,42%
beloruslar — 2,86%
tatarlar — 1,19
ozarbayjonlar — 0,45%
Dinlar tarkibi musulmonlar, xristianlar
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 71443
Avtomobil raqami kodi P, 10
Rasmiy sayti http://mendikara.kostanay.kz
Xaritada
Mendiqara tumani xaritada
53°47′47″N 64°11′22″E / 53.79639°N 64.18944°E / 53.79639; 64.18944

Mendiqara tumani — Qoʻstanoy viloyatining shimoliy qismida joylashgan. 1928-yili Qoʻstanoy viloyatida Borovskoy tumani va Mendiqara tumani tashkil topdi, 1930-yili esa ikkala tumanni qoʻshib yubordi va Mendiqara tumani nomi bilan ataldi. 1963-yili yanvar oyida Borovskoy tumani nomi bilan qayta tashkil topdi. Maydoni 6,6 ming km². Aholisi 31,433 kishi (2010). Tumanning maʼmuriy markazi — Borovskoy qishlogʻi. Tumanning dengiz sathidan balandligi 200 m-dan 83 m-gacha pasayadi.

Iqlimi

Mendiqara tumanining iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq, yoz oyi iliq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati −17 — 18 °C, iyulnili 20 — 22C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori 300 — 350 mm, uning 70 — 75 %-i yilning iliq mavsumida yogʻadi. Katta koʻllari: Qamistiteniz, Alakoʻl. Alaoʻlda baliqchilik yaxshi rivojlangan.

Aholisi

Mendiqara tumani aholisining asosiy qismini qozoqlar va ruslar tashkil qiladi. Aholi zichligi 1 km²-ga 5,5 kishidan toʻgʻri keladi. Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil)

  • ruslar — 12 957 kishi (41,22 %)
  • qozoqlar — 12 486 kishi (39,72 %)
  • ukrainlar — 2 591 kishi (8,24 %)
  • olmonlar — 1 390 kishi (4,42 %)
  • beloruslar — 898 kishi (2,86 %)
  • tatarlar — 375 kishi (1,19 %)
  • ozarbayjonlar — 143 kishi (0,45 %)
  • boshqirdlar — 99 kishi (0,31 %)
  • udmurtlar — 90 kishi (0,29 %)
  • boshqalari — 404 kishi (1,29 %)
  • Umumiy — 31 433 kishi (100,00 %)

Hududiy boʻlinishi

  • Arxipovka
  • Krasnaya Presnya
  • Borki
  • Mixaylovka
  • Borovskoy
  • Molodejniy
  • Borovskoy-1
  • Pervomayskoe*
  • Budennovka
  • Stepanovka
  • Vvedenka
  • Tenizovskiy
  • Dolbushka
  • Uzinagash
  • Kamensk-Uralskoe
  • Xarkovskoe
  • Kaskat
Yuqori