Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Mei Fang (xitoycha: 梅方 1989-yil 14-noyabrda tugʻilgan) — markaziy himoyachi ampulasida harakat qilgan. Sobiq xitoylik professional futbolchi.

Mei Fang

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mei Fang
梅方
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mei Fang
Tavallud sanasi 1989-yil 14-noyabr (1989-11-14) (36 yosh)
Tavallud joyi Wuhan, Hubei, Xitoy
Boʻyi 1.87 m (6 ft 1 12 in)
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2005—2008 Wuhan Optics Valley
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008 Wuhan Optics Valley 0 (0)
2009—2013 Wuhan Zall 107 (7)
2014—2021 Guangzhou Evergrande 106 (1)
Milliy terma jamoa
2014—2019 Xitoy 24 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Mei Fang (xitoycha: 梅方 1989-yil 14-noyabrda tugʻilgan) — markaziy himoyachi ampulasida harakat qilgan. Sobiq xitoylik professional futbolchi.

Klubdagi faoliyati

Mei Fang futbolchilik faoliyatini 2008-yilda asosiy jamoaga koʻtarilgandan soʻng „Wuhan Optics Valley“da boshlagan. 2008-yil avgust oyida u jamoadoshi Vang Yang bilan Liga 2 jamoasi RC Strasbourg sinovidan oʻtgan. 2008-yil oktyabr oyida Wuxan Xitoy futbol assotsiatsiyasi tomonidan jazolangani uchun ligani tark etgan. Klubsiz qolgan Mei 2008-yilning noyabrida Vang bilan Bundesliga vakili VfL Wolfsburg sinovga taklif qilingan. Ular Yevropadagi sinovlarini davom ettirdilar va 2008-yilning dekabrida Belgiya Pro-ligasi vakili Serkl Bruggega koʻchib oʻtishgan.

Mei 2009-yilgi mavsumda Hubeyga koʻchib oʻtgan. 2009-yil 28-noyabrda u oʻzining birinchi ligadagi golini urgan, ammo pley-off finalida Hunan Billowsga yutqazishgan. U 2010-yilning yanvarida Serkl Bruggening klub bilan yana shartnoma imzolash taklifini rad etgan. Mei 2012-yil boshida Hubei Greenery nomini Wuhan Zallga oʻzgartirgandan soʻng shartnomasini ikki yilga uzaytirgan. U 2012-yil 12-martda klub sardori etib tayinlangan va Wuhan 2012-yilgi mavsumda yuqori ligaga koʻtarilgan. 2013-yilning 8-martida u Jiangsu Saintyga qarshi oʻzining yuqori diviziondagi debyutini oʻtkazgan. Keyin u oʻsha mavsumdagi birinchi golini 2013-yilning 1-iyunida Qingdao Jonunga qarshi oʻyinda (1:1) kiritgan. 2013-yil 18-avgustda Guangzhou R& Fga qarshi oʻyinda 5:1 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng uning sardorligi klub tomonidan Cho Von Xiga topshirilgan.

Wuhan ikkinchi divizionga tushib ketganidan soʻng, Mei Xitoy Superligasi vakili Beijing Guoan bilan aloqaga chiqgan ammo, 2014-yilning 1-yanvarida Mei Guangzhou Evergrand bilan shartnoma imzolagan. U 2014-yilning 26-fevralida 2014-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasining birinchi guruh oʻyinida „Melburn Victory“ga qarshi oʻyinda (4:2) klub tarkibida oʻz debyutini oʻtkazgan va 88-daqiqada Alessandro Diamanti oʻrniga zahiradan maydonga tushgan. U klubdagi ilk golini 2014-yilning 21-may kuni Guizhou Renhega qarshi oʻyinda (1:1) kiritgan. 2017-yilning 29-iyulida Mei „Guangzhou R&F“ga qarshi liga oʻyinida jarohat olgan, bu esa uni 2017-yilgi mavsumning qolgan qismiga safdan chiqishiga sabab boʻlgan. 2018-yilning 18-iyulida u Guizhou Hengfengga qarshi oʻyinda oʻz uyida 4:0 hisobida gʻalaba qozongan holda jarohatdan keyingi ilk oʻyinini oʻtkazgan.

Mei 2022-yil 10-martda futbolchilik faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan.

Xalqaro faoliyati

Mei Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2014-yilning 18-iyunida Makedoniyaga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan. Mei Xitoyning 2015-yilgi Osiyo Kubogi uchun 23 nafar futbolchidan iborat tarkibiga kiritilgan va turnirdagi barcha 4 oʻyinda maydonga tushgan. 2015-yilning 12-noyabrida Mei 2018-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida Butan ustidan 12:0 hisobida gʻalaba qozonib, xalqaro maydondagi ilk golini kiritgan.

Faoliyat statistikasi

Klub statistikasi

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Wuhan Optics Valley 2008 Xitoy Super Ligasi 0 0 - - - 0 0
Wuhan Zall 2009 Xitoy Ikkinchi Ligasi 13 1 - - - 13 1
2010 Xitoy Birinchi Ligasi 20 0 - - - 20 0
2011 20 2 0 0 - - 20 2
2012 26 2 1 0 - - 27 2
2013 Xitoy Super Ligasi 28 2 1 0 - - 29 2
Jami 107 7 2 0 0 0 0 0 109 7
Guangzhou Evergrande 2014 Xitoy Super Ligasi 18 1 2 0 5 0 0 0 25 1
2015 21 0 0 0 9 0 1 0 31 0
2016 25 0 7 0 2 0 0 0 34 0
2017 13 0 2 0 4 0 0 0 19 0
2018 10 0 0 0 0 0 0 0 10 0
2019 6 0 0 0 2 0 - 8 0
2020 10 0 1 0 4 0 - 15 0
2021 3 0 0 0 0 0 - 3 0
Jami 106 1 12 0 26 0 1 0 135 1
Karyerada jami 213 8 14 0 26 0 1 0 254 8

Xalqaro statistika

Milliy terma jamoa
Yil Oʻyin Gol
2014 7 0
2015 12 1
2016 1 0
2017 2 0
2018 0 0
2019 2 0
Jami 24 1

Xalqaro maydondagi gollar

# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 12.11.2015 Xelong stadioni, Changsha, Xitoy  Butan 1 — 0 12-0 FIFA Jahon chempionati-2018 saralashi

Yutuqlar

Klub

Guangzhou Evergrand

  • Xitoy Superligasi : 2014, 2015, 2016, 2017, 2019
  • Osiyo Chempionlar Ligasi : 2015-yil
  • Xitoy FA kubogi : 2016
  • Xitoy FA Superkubogi : 2016, 2017, 2018
Yuqori