Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Mehmet Bozdağ (talaffuzi: Mehmet Boʻzdagʻ; 1-yanvar 1983-yilda tugʻilgan) turk ssenariynavisi, film produseri va rejissoridir. Shuningdek, u „Bozdağ Film“ produ

Mehmet Bozdagʻ

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)
Mehmet Bozdağ
Tavalludi 1983-yil 1-yanvar (1983-01-01) (43 yosh)
Kayseri, Turkiya
Fuqaroligi Turkiya bayrogʻi Turkiya
Kasbi Ssenariynavis, film produser, film rejissor
Faoliyat yillari 2009  hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi Aslı Zeynep Peker Bozdağ
Bolalari 2

Mehmet Bozdağ (talaffuzi: Mehmet Boʻzdagʻ; 1-yanvar 1983-yilda tugʻilgan) turk ssenariynavisi, film produseri va rejissoridir. Shuningdek, u „Bozdağ Film“ produserlik kompaniyasi asoschisi va egasidir.

Hayoti

Bozdağ 1983-yil 1-yanvarda Turkiyaning Kayseri shahrida dunyoga kelgan va Sakarya universitetida tahsil olgan. Xuddi shu universitetda u sotsiologiya boʻyicha magistraturani ham tamomlagan. Soʻngra 2004-yildan tarixga qiziqa boshlagan.

Faoliyati

2009-yilda Bozdağ TRT telekanali orqali efirga uzatilgan Son Rüya („Soʻnggi istak“) va Kardeş Şehirler („Birodar shaharlar“) hujjatli filmlarining ssenariy muallifi boʻldi. 2010-yilda Ustalar, Alimler ve Sultanlar („Ustozlar, olimlar va sultonlar“) nomli hujjatli filmi suratga oldi.

2014-yildan Mehmet Bozdağ oʻsha mashhur Diriliş: Ertuğrul tarixiy turk serialini suratga olishni boshladi. The show was very popular in Turkey and Pakistan. Serial Turkiya va Pokistonda juda mashhur boʻldi. 2015-yilda u „Tirilish: Ertugʻrul“ ning ikkinchi mavsumini va shu yilda Yunus Emre: Aşkın Yolculuğu („Yunus Emre: Ishq sayohati“) nomli yana bir tarixiy serialni ham yaratdi.

Bozdağ 2020-yilda Oʻzbekiston hukumati taklifiga binoan yangi loyiha ustida 2018-yildan beri ishlayotganini maʼlum qildi. 2021-yil 14-fevralda Mendirman Jaloliddin tarixiy seriali namoyish etildi.

2020-yil may oyida u kelajakda Pokiston bilan hamkorlik qilmoqchi ekanligini aytdi. Hozir Mehmet Bozdağ 2019-yil noyabr oyidan beri ATV telekanalida namoyish qilinayotgan Kuruluş: Osman („Hukmdor Usmon“) serialini suratga olmoqda.

Yuqori