Maydontol tizmasi — Gʻarbiy Tyaiiianlagi tizma (Toshkent viloyati). Piskom daryosining yuqori oqimida. Maydontol va Oyganing daryolari oraligʻida. Janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa 50 km choʻzilgan. Gʻarbla Talas Olatopi tizmasiga tutashadi. Maydontol tizmasining suvayirgich qismidan Qozogʻiston bilan Oʻzbekiston chegarasi oʻtgan. Oʻrtacha balandligi 3800- 4000 m. Eng baland joyi 4269 m. Maydontol tizmasi yirik antiklinal, asosan, karbon davrining intruziv jinslari, shuningdek, ohaqtosh va slaneilaridan tuzilgan. Tizma kuchli parchalangan, Oygaying daryosi oʻzani bilan suvayirgich orasidagi farq 1500-1700 m. Tizmaning tik shimoli-gʻarbiy va janubi-sharqiy yon bagʻirlarila soy kup (Sariboshsoy, Tekashsoy, Toʻragansoy, Qorabotqoqsoy vab.). Maydontol tizmasining suvayirgich qismiga oʻtkir qirrali choʻqqilar (qiyaligi 60—70°), karr va sirklar xos. Ularda qor va muz uyumlari toʻplangan. 2800 m dan boshlab subalp balandlik mintaqasi boshlanadi. Bu mintaqada qoʻngir-bosh, toʻngizsirt, togʻ shairi oʻsadi. 3200 −3500 m balandlikdan yuqorisi alp mintaqasiga mansub. Bu yerda toʻngizsirt, qoraqiyoq, turli xil tikanli oʻsimliklar tarqalgan. Maydontol tizmasidan yozgi yaylov sifatida foydalaniladi.
- Togʻlar
- Oʻzbekistonning relef shakllari
- Toshkent viloyati geografiyasi
- Qozogʻiston geografiyasi
- Geografiyaga oid chala maqolalar