Maxmud Musayevich Musayev (1919.17.11, Xoʻjand — 2003.22.1, Toshkent) — tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1972). Tarix fanlari doktori (1965), professor (1966). Qoʻqon pedagogika bilim yurtini (1938), Toshkent yuridik institutini tugatgan (1948). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1954—56 yillarda Moskva ijtimoiy fanlar akademiyasida oʻqigan. 1950—58 yillarda partiya ishida masʼul xodim; Partiya tarixi instituti direktori oʻrinbosari (1958—61). Toshkent xalq xoʻjaligi institutida kafedra mudiri (1961-86), maslaxatchi professor (1987—2003). Ilmiy ishlari partiya tarixi masalalariga, yoshlar tarbiyasi muammolariga bagishlangan.
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari
- Oʻzbek tarixchilari
- Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari