| Mavluda Asalxoʻjayeva | |
|---|---|
| Tavalludi | 1963-yil 15-oktyabr Jalolobod |
| Mukofotlari | |
Mavluda Asalxoʻjayeva (15-oktyabr 1963-yil, Jalolobod shahri, Qirgʻiziston SSR) – xonanda.
Biografiyasi
1963-yil 15-oktyabrda Qirgʻizistonning Jalolobod shahrida, sanʼatkor Abdurahmon Asalxoʻjayev va shifokor Sanobar Asalxoʻjayeva oilasida tugʻilgan. Bolaligida sanʼatga qiziqqan boʻlsa-da, otasi uning sanʼatkor boʻlishiga qarshi boʻlgan. Shunga qaramay, Toshkentga kelib, sanʼat institutida tahsil olgan va ijodiy faoliyatini boshlagan.
1986-yili „Asal“ musiqiy guruhini tashkil etgan. 1991-yili esa, „Mohigul“ nomli birinchi albomi chiqardi.
1998-yili, Oʻzbekiston Prezidenti buyrugʻi bilan, „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ unvoni bilan taqdirlanadi.
Oilasi
Mavluda Asalxoʻjayeva „Destan“ ansamblida ishlagan davrida turkmanistonlik sozanda Devlet Qilichev tanishib, unga turmushga chiqqan. Devletning avvalgi nikohidan ikki farzandi boʻlgan, Mavluda ularni oʻz farzandlaridek qabul qilgan. Shuningdek, u oʻzining singlisi Mohigulni oʻgʻli Qurbonjonga uzatgan.
Filmografiya
Film
| Yil | Film nomi | Rol |
|---|---|---|
| 2003 | „Soxta qorbobo“ | Mavluda Asalxoʻjayeva |
| 2006 | „Olovuddinning yangi sarguzashtlari“ | Mavluda Asalxoʻjayeva |
| 2007 | „Sehrli uzuk“ | Mavluda Asalxoʻjayeva |
| 2007 | „Toʻylar muborak 2“ | Mavluda Asalxoʻjayeva |
| ? | „Zulayho Boyxonova, Iroda Nosirova bilan“ |
Serial
| Yil | Film nomi | Rol |
|---|---|---|
| 2015 | „Qaynona va kelin“ | Qaynona |
- 15-oktyabrda tugʻilganlar
- 1963-yilda tugʻilganlar
- Jalolobodda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik ayol qoʻshiqchilar
- Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar