Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Matthew Paige Damon (talaffuzi: Mettyu Peyj Deymon; 8-oktyabr, 1970-yil, Kembrij, Massachusets) – amerikalik kino, televideniye va dublyaj aktyori, ssenariychi

Matt Damon

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Matt Damon
Matthew Paige Damon
Tavalludi 1970-yil 8-oktyabr (1970-10-08) (56 yosh)
Kembrij, Massachusetts AQSH
Kasbi aktyor, dramaturg, prodyuser
Faoliyat yillari 1988-yildan
Mukofotlari Eng yaxshi original ssenariy
Eng yaxshi ssenariy
1997 Dono Will Hunting

Matthew Paige Damon (talaffuzi: Mettyu Peyj Deymon; 8-oktyabr, 1970-yil, Kembrij, Massachusets) – amerikalik kino, televideniye va dublyaj aktyori, ssenariychi va prodyuser. „Oskar“ mukofoti va ikkita „Oltin globus“ mukofoti sovrindori, shuningdek, BAFTA mukofotiga nomzod boʻlgan.

Matt Damon „Good Will Hunting“ (1997), „Saving Private Ryan“ (1998), „Dogma“ (1999), „The Talented Mr. Ripley“ (1999); Oceanʼs tirologiyasi: „Ocean's Eleven“ (2001), „Oceanʼs Twelve“ (2004), „Ocean's Thirteen“ (2007); Bourne tetralogiyasi: „The Bourne Identity“ (2002), „The Bourne Supremacy“ (2004), „The Bourne Ultimatum“ (2007), „Jason Bourne“ (2016), shuningdek, „Murtadlar“ (2006), „Interstellar“ (2014), „Marslik“ (2015), „Ford v Ferrari“ (2019) va „Air“ (2023) filmlaridagi rollari orqali mashhur boʻlgan.

Hayoti

Matt Damon 1970-yil 8-oktyabrda AQShning Massachusets shtati Kembrij shahrida tugʻilgan. Ikki yoshida oilasi bilan Boston chekkasidagi Nyuton shahrida koʻchib oʻtishgan. Otasi Kent Damon (1943—2017) soliq inspektori, onasi Nancy Carlsson-Paige esa Lesley universiteti professori, boshlangʻich taʼlim boʻyicha mutaxassis boʻlib ishlagan. Otasi tomonidan shotland va inglizlar avlodidan, onasi tomonidan fin va shvedlar avlodidan. Matt Damonning Kyle ismli akasi bor (1967-yilda tugʻilgan), kasbi haykaltarosh.

Filmografiyasi

Yil Film Filmning original nomi Rol Izohlar
1988Mistik pitssaMystic PizzaSteamer
1992Maktab boʻyinbogʻlariSchool TiesCharlie Dillon
1993Geronimo: Amerika afsonasiGeronimo: An American Legend2-Lt. Britton Davis
1996Glory DazeGlory DazeEdgar PudwhackerKameo
Jangdagi jasoratCourage Under FireMutaxassis Ilario
1997Dono Will HuntingGood Will HuntingWill HuntingShuningdek ssenariy hammuallifi)
Muruvvat koʻrsatuvchiThe RainmakerRudy Baylor
Chasing AmyShawn OranKameo
1998MuttahamlarRoundersMike McDermott
Oddiy askar Ryanni qutqarmoqSaving Private RyanOddiy askar James Francis Ryan
1999 Isteʼdodli janob RipleyThe Talented Mr. RipleyTom Ripley
DogmaDogmaLoki
2000 Forresterni topmoqFinding ForresterSteven SandersonKameo
All the Pretty HorsesJohn Grady Cole
The Legend of Bagger VanceRannulph Junuh
Titan A. E.Cale TuckerFaqat ovoz bergan
2001The MajesticLuke TrimbleFaqat ovoz bergan
Oceanning oʻn bir doʻstiOceanʼs ElevenLinus Caldwell
Jay and Silent Bob Strike BackOʻziKameo
2002Confessions of a Dangerous MindMattKameo
Bourne identifikatsiyasiThe Bourne IdentityJason Bourne
Spirit: Stallion of the CimarronSpiritDublaj
GerryGerryGerryShuningdek ssenariy hammuallifi
2003Stuck on YouBob
2004Howard Zinn: You Canʼt Be Neutral on a Moving TrainHikoyanavisFaqat ovoz bergan
Oceanning oʻn ikki doʻstiOceanʼs TwelveLinus Caldwell
Bourne ustunligiThe Bourne SupremacyJason Bourne
Jersey GirlPR xodimi #2Kameo
YevroturEurotripDonnyKameo
2005SyrianaBryan Woodman
Aka-uka GrimmlarThe Brothers GrimmWill (Wilhelm) Grimm
2006The Good ShepherdEdward Wilson
The DepartedColin Sullivan
2007Oceanning oʻn uch doʻstiOceanʼs ThirteenLinus Caldwell
Bourne ultimatumiThe Bourne UltimatumJason Bourne
Yoshliksiz yoshlikYouth Without YouthLife Magazine ReporterKameo
2008Running the SaharaHikoyanavis, Prodyuser
MargaretMargaretMr. Aaron
2009 Yashil hududGreen ZoneZobit Roy Miller
DarakchiThe InformantMark Whitacre
Yuqori