![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Tavallud sanasi | 1995-yil 19-iyul | ||
| Tavallud joyi | Varaždin, Xorvatiya | ||
| Boʻyi | 1.80 m | ||
| Ampluasi | Yaromhimoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Cagliari | ||
| Raqami | 6 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2001—2006 | Nedeljanec | ||
| 2006—2013 | Varaždin | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2013—2014 | Varaždin | 30 | (17) |
| 2014—2015 | RNK Split | 30 | (7) |
| 2015—2016 | Dinamo Zagreb | 40 | (5) |
| 2016—2020 | Napoli | 52 | (2) |
| 2019 | → Sevilla (Ijara) | 10 | (0) |
| 2019—2020 | → Cagliari (Ijara) | 30 | (1) |
| 2020- | Cagliari | 22 | (0) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2014—2017 | Xorvatiya U21 | 9 | (1) |
| 2014- | Xorvatiya | 21 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (9-iyun uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (17-noyabr 2020-yil uchun) | |||
Marko Rog (talaffuzi: Marko Rog) (1995-yil 19-iyulda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbolchi, B Seriyaning „Cagliari“ klubi va Xorvatiya terma jamoasida markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
Ilk faoliyat yillari
Rog oʻzining faoliyatini 2013-yilda NK Varaždin bilan boshlagan, jamoa 2011/2012-yilgi mavsumda moliyaviy qiyinchiliklar tufayli tugatilgan.
Rog 2014-yilning yozida Xorvatiyaning birinchi futbol ligasining RNK Split jamoasiga nomaʼlum toʻlov evaziga koʻchib oʻtgan. 2014-yilning 28-iyulida Rog RNK Split uchun professional debyutini Istra 1961ga qarshi oʻtkazgan. Uning Split bilan birinchi va yagona mavsumi juda muvaffaqiyatli oʻtdi va 44 oʻyinda 9 gol urgan.
Dinamo Zagreb
2015-yil iyun oyida Rog Zagrebning Dinamo klubiga oʻtgan. U klub bilan besh yillik shartnoma imzolagan, uning maoshi 5 million yevro etib belgilangan. 2015-yilning 12-iyulida, 19 yoshida, u Zagrebning „Dinamo“ klubi safida rasmiy ligada debyut qilgan, mavsumning birinchi ligasida „Hajduk Split“ga qarshi oʻyinda Ante Chorich oʻrniga maydonga tushgan.
Napoli
2016-yilning 29-avgustida Rog 5 yillik shartnoma asosida A Seriyaning „Napoli“ jamoasiga oʻtgan. U klubdagi ilk golini 2017-yilning 27-avgustida „Atalanta“ga qarshi oʻyinda (3:1) kiritgan.
Sevilla (ijara)
2019-yilning 29-yanvarida Rog 2019-yilning 30-iyuniga qadar Ispaniya La Ligasining „Sevilla“ jamoasiga ijara asosida qoʻshilgan. Rog „Sevilla“ tarkibida La Ligadagi dastlabki ikki oʻyinini „Barselona“ va „Ueska“ga qarshi magʻlubiyat bilan boshlagan. U shuningdek jamosi bilan, „Leganes“ga 3:0 hisobida magʻlub boʻlgan va „Atletik Bilbao“ ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan. Rog ligada yana oltita oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan. U UEFA Yevropa ligasida uchta oʻyinda maydonga tushgan.
Cagliari (ijara)
2019-yilning 17-iyulida Caglari futbolchini „Napoli“dan sotib olgan. Rog „Caglari“ga bonuslar bilan birga 18 million yevro miqdoridagi mablagʻ evaziga ijara asosida oʻtgan.
Xalqaro faoliyati
2014-yilning 12-noyabrida Rog Xorvatiya terma jamoasi safida Argentinaga qarshi oʻyinda debyut qilgan va 84-daqiqada Duje Chopning oʻrniga maydonga tushgan. U Fransiyada boʻlib oʻtgan UEFA Evro-2016da Xorvatiya terma jamoasi tarkibida qatnashgan. Rog jamoaning guruhdagi soʻnggi oʻyinida asosiy tarkibda maydonga tushgan, jamoasi Ispaniyaga qarshi 2:1 hisobida gʻalaba qozongan, bu uning turnirdagi yagona oʻyini boʻlgan.
JCh-2018 saralash bosqichida Xorvatiya terma jamoasining doimiy azosi boʻlgan Rog zahiradan beshta oʻyinda maydonga tushgan. 2018-yilning may oyida u Xorvatiyaning 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan Jahon chempionati uchun dastlabki 32 kishilik tarkibiga kiritilgan, ammo soʻngi 23 kishilik tarkibdan joy ola olmagan.
Faoliyat statistikasi
Klub
| Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Yevropa | Jami | |||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
| Varaždin | 2013—2014 | Treća HNL | 30 | 17 | 1 | 0 | - | 31 | 17 | |
| RNK Split | 2014—2015 | Prva HNL | 30 | 7 | 7 | 1 | 7 | 1 | 44 | 9 |
| Dinamo Zagreb | 2015—2016 | 34 | 3 | 4 | 1 | 12 | 2 | 50 | 6 | |
| 2016—2017 | 6 | 2 | 0 | 0 | 6 | 3 | 12 | 5 | ||
| Jami | 40 | 5 | 4 | 1 | 18 | 5 | 62 | 11 | ||
| Napoli | 2016—2017 | Serie A | 15 | 0 | 2 | 0 | 2 | 0 | 19 | 0 |
| 2017—2018 | 28 | 1 | 2 | 0 | 7 | 0 | 37 | 1 | ||
| 2018—2019 | 9 | 1 | 0 | 0 | 2 | 0 | 11 | 1 | ||
| Jami | 52 | 2 | 4 | 0 | 11 | 0 | 67 | 2 | ||
| Sevilla (Ijara) | 2018—2019 | La Liga | 10 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 13 | 0 |
| Cagliari (Ijara) | 2019—2020 | Serie A | 30 | 1 | 2 | 1 | — | 32 | 2 | |
| Cagliari | 2020—2021 | 14 | 0 | 2 | 0 | — | 16 | 0 | ||
| 2021—2022 | 8 | 0 | 0 | 0 | — | 8 | 0 | |||
| Jami | 52 | 1 | 4 | 1 | — | 56 | 2 | |||
| Karyerada jami | 214 | 32 | 20 | 3 | 39 | 6 | 273 | 41 | ||
Xalqaro
| Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyin | Gol |
|---|---|---|---|
| Xorvatiya | 2014-yil | 1 | 0 |
| 2015-yil | 0 | 0 | |
| 2016-yil | 6 | 0 | |
| 2017-yil | 4 | 0 | |
| 2018-yil | 5 | 0 | |
| 2019-yil | 1 | 0 | |
| 2020-yil | 4 | 0 | |
| Jami | 21 | 0 | |
Yutuqlari
Dinamo Zagreb
- Prva HNL : 2015—2016
- Xorvatiya kubogi : 2015—2016
- 19-iyulda tugʻilganlar
- 1995-yilda tugʻilganlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Xorvatiyalik erkak futbolchilar
- Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- UEFA Yevro 2016 oʻyinchilari
- La Liga oʻyinchilari
- Serie A futbolchilari
- Yashayotgan insonlar
- Cagliari Calcio futbolchilari
