Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Marilyn Monroe (talaffuzi: Merilin Monro; 1926-yil 1-iyun — 1962-yil 4-avgust) — amerikalik aktrisa, qoʻshiqchi va model. 1950-yillarning eng mashhur ishqiy-ram

Marilyn Monroe

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Marilyn Monroe

Monroe (1953)
Tavalludi
Norma Jeane Mortenson

1-iyun 1926-yil
Los-Anjeles, Kaliforniya, AQSh
Vafoti 4-avgust 1962-yil(1962-08-04)
(36 yoshda)
Los-Anjeles, Kaliforniya, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSH
Kasbi Aktrisa, qoʻshiqchi, model
Faoliyat yillari 1945–1962
Turmush oʻrtogʻi
  • James Dougherty
    (turm. 1942; ajr. 1946)
  • Joe DiMaggio
    (turm. 1954; ajr. 1955)
  • Arthur Miller
    (turm. 1956; ajr. 1961)
Otasi Charles Stanley Gifford
Onasi Gladys Pearl Baker
Veb-sayti marilynmonroe.com
Imzosi

Marilyn Monroe (talaffuzi: Merilin Monro; 1926-yil 1-iyun — 1962-yil 4-avgust) — amerikalik aktrisa, qoʻshiqchi va model. 1950-yillarning eng mashhur ishqiy-ramzlaridan biri boʻlgan. U suratga tushgan filmlar $200 million (2021-yilda $2 milliardga teng) ishlab topgan. 1962-yilda vafotidan keyin, Monroe pop-madaniyat ikonasiga aylangan. 1999-yilda Amerika film instituti „Hollywoodning oltin asridagi eng buyuk aktrisalar“ roʻyxatida Monroeni oltinchi oʻringa loyiq topgan. Koʻplab kinotanqidchilar va ommaviy axborot vositalari Monroeni Oscar olmagan eng yaxshi aktrisalardan biri sifatida tilga olishgan.Merlin Monro haqida hamma har xil fikrda

Hayoti

Marilyn Monroe, tugʻilgan paytidagi ismi — Norma Jeane Mortenson, 1926-yil 1-iyunda Los-Anjeles (Kaliforniya) shahrida tugʻilgan. Onasi Gladys Pearl Baker (qizlik familiyasi Monroe; 1902-1984) Meksikadan Kaliforniyaga koʻchib kelgan. Marilyn Monroe bolaligining koʻp qismini mehribonlik uyida oʻtkazgan. Oʻn olti yoshida politsiya ofitseri James Doughertyga turmushga chiqgan. Monroe 20th Century Fox va Columbia Pictures kinokompaniyalari bilan shartnoma imzolab, bir necha filmlarda kichik rollarni ijro etgan. 1950-yil oxirida esa Fox bilan yangi shartnoma imzolagan. Shu yillar mobaynida u As Young as You Feel, Monkey Business, Clash by Night va Donʼt Bother to Knock kabi kinokomediyalarda rollar oʻynab tanilgan. 1953-yilga kelib Monroe Hollywood yulduzlaridan biriga aylangan.

Filmografiyasi

Gentlemen Prefer Blondes (1953) filmidan sahna.
How to Marry a Millionaire (1953) filmidan sahna.
The Seven Year Itch (1954) filmi taqdimotida.
Jazda faqat qizlar (1959) filmidan sahna.

Monroe jami 29 ta filmda rol oʻynagan.

Filmlar

Yil Nom Rol Izohlar Mnb.
1947 Dangerous Years Evie
1948 Scudda Hoo! Scudda Hay! Betty
Ladies of the Chorus Peggy Martin
1949 Love Happy Grunionʼning mijozi
1950 A Ticket to Tomahawk Clara
The Asphalt Jungle Angela Phinlay
All About Eve Claudia Caswell
The Fireball Polly
Right Cross Dusky Le Doux
1951 Home Town Story Iris Martin
As Young as You Feel Harriet
Love Nest Roberta Stevens
Let's Make It Legal Joyce Mannering
1952 Clash by Night Peggy
We're Not Married! Annabel Jones Norris
Don't Bother to Knock Nell Forbes
Monkey Business Lois Laurel
O. Henry's Full House Fohisha
1953 Niagara Rose Loomis
Gentlemen Prefer Blondes Lorelei Lee
How to Marry a Millionaire Pola Debevoise
1954 River of No Return Kay Weston
There's No Business Like Show Business Victoria Hoffman
1955 The Seven Year Itch Qiz
1956 Bus Stop Cherie
1957 The Prince and the Showgirl Elsie Marina Marilyn Monroe Productions studiyasi ishlagan
1959 Jazda faqat qizlar Sugar Cane Kowalczyk
1960 Let's Make Love Amanda Dell
1961 The Misfits Roslyn Taber

Televideniye

Yil Nom Rol Izohlar Mnb.
1953 The Jack Benny Program oʻzi
1954 The Bob Hope Show oʻzi
1955 Person to Person oʻzi Edward R. Murrow bilan intervyu
1962 President Kennedy’s Birthday Salute oʻzi „Happy Birthday, Mr. President“ qoʻshigʻini ijro etgan

Mukofotlar

Yil Mukofot Film Turkum Natija Mnb.
1951 Henrietta – Best Young Box Office Personality Gʻolib boʻlgan
1952 Photoplay – Fastest Rising Star of 1952 Gʻolib boʻlgan
1952 Look – Most Promising Female Newcomer of 1952 Gʻolib boʻlgan
1953 Henrietta – World Film Favorite: Female Gʻolib boʻlgan
Photoplay – Most Popular Female Star Gʻolib boʻlgan
1954 Photoplay Gentlemen Prefer Blondes va
How to Marry a Millionaire
Best Actress Gʻolib boʻlgan
1956 BAFTA The Seven Year Itch Best Foreign Actress Nomzodlikka qoʻyilgan
Oltin globus Bus Stop Best Motion Picture Actress in Comedy or Musical Nomzodlikka qoʻyilgan
1958 BAFTA Prince and the Showgirl Best Foreign Actress Nomzodlikka qoʻyilgan
David di Donatello The Prince and the Showgirl Best Foreign Actress Gʻolib boʻlgan
1959 Crystal Star Award The Prince and the Showgirl Best Foreign Actress Gʻolib boʻlgan
Laurel The Prince and the Showgirl Top Female Comedy Performance 4chi oʻrin
1960 Oltin globus Some Like It Hot Best Motion Picture Actress in Comedy or Musical Gʻolib boʻlgan
Laurel Some Like It Hot Top Female Comedy Performance 2chi oʻrin
1962 Henrietta – World Film Favorite: Female Gʻolib boʻlgan
Yuqori