Mariah Carey | |
|---|---|
| Carey 2018-yilda | |
| Umumiy maʼlumot | |
| Tavalludi | 1969-yil 27-mart Huntington, New York, AQSh |
| Janrlar | |
| Kasbi |
|
| Faoliyat yillari | 1988 – hozirgacha |
| Leybllar |
|
| Fuqaroligi | |
| Turmush oʻrtogʻi |
|
| Bolalari | 2 |
| Hamkorligi |
|
| Veb-sayt | mariahcarey.com |
Mariah Carey (talaffuzi: Meraya Keri; 27-mart 1969-yilda tugʻilgan) – amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis, aktrisa va produserdir. Carey 1990-yilda oʻzining ismi bilan atalgan Carey albomini chiqarish ortidan shuhrat qozondi. U, shuningdek, ilk besh ashulasi ham Billboard Hot 100 chartida birinchi oʻrinni band etgan ilk artist hisoblanadi.
Careyning ilk albomi Columbia Records studiyasi ijrochi produseri Tommy Mottola koʻrsatmalari asosida chiqarildi. Keyinchalik, Carey va Mottola turmush qurishdi. Carey Music Box (1993), Merry Christmas (1994) va Daydream (1995) albomlari hamda Billboard Hot 100 chartida choʻqqiga erishgan „Hero“, „Without You“, „All I Want for Christmas Is You“, „Fantasy“, „Always Be My Baby“ va „One Sweet Day“ singllari ortidan xalqaro miqyosda shuhrat qozondi. Mottola bilan ajrashganidan soʻng, Carey hip hop janrining koʻproq unsurlarini oʻz ichiga olmish Butterfly (1997) albomini ommaga havola etdi.
Carey hamma vaqtlarning eng koʻp audioyozuvlarini sotgan artistlardan biri boʻlib, shu kunga qadar umumjahon boʻylab 220 milliondan oshiq audioyozuvini sotgan. Uning oʻn toʻqqiz ashulasi Billboard Hot 100 chartida choʻqqiga erishgan. U yakkaxon artist, ayol qoʻshiqnavis va ayol produser sifatida ashulalari eng koʻp birinchi pogʻonani egallaganligi ortidan rekord oʻrnatgan. Carey VHIning musiqadagi 100 ta eng buyuk ayol roʻyxatida ikkinchi oʻrindan joy oldi. Carey koʻplab yutuqlarga, jumladan besh marta Grammy Awards, oʻn toʻqqiz marta World Music Awards, oʻn marta American Music Awards va oʻn besh marta Billboard Music Awardsga sazovor boʻlgan.
Diskografiyasi
- Mariah Carey (1990)
- Emotions (1991)
- Music Box (1993)
- Merry Christmas (1994)
- Daydream (1995)
- Butterfly (1997)
- Rainbow (1999)
- Glitter (2001)
- Charmbracelet (2002)
- The Emancipation of Mimi (2005)
- E=MC² (2008)
- Memoirs of an Imperfect Angel (2009)
- Merry Christmas II You (2010)
- Me. I Am Mariah… The Elusive Chanteuse (2014)
- Caution (2018)
Turnelari
- Music Box Tour (1993)
- Daydream World Tour (1996)
- Butterfly World Tour (1998)
- Rainbow World Tour (2000)
- Charmbracelet World Tour (2003—2004)
- The Adventures of Mimi (2006)
- Angels Advocate Tour (2009—2010)
- The Elusive Chanteuse Show (2014)
- The Sweet Sweet Fantasy Tour (2016)
- The Number 1’s Tour (2018)
Galereya
- 27-martda tugʻilganlar
- 1969-yilda tugʻilganlar
- Amerikalik ayol qoʻshiqchilar
- Hip-hop musiqachilar
- Amerikalik aktrisalar
- Amerikalik ovoz aktrisalari
- Afroamerikalik aktrisalar
- Amerikalik ayol modellar
- Yashayotgan insonlar
- Grammy mukofoti sovrindorlari
- Amerikalik televideniye aktrisalari
- Amerikalik ayol pop-qoʻshiqchilar
- Amerikalik hip hop-qoʻshiqchilar
- Qoʻshiqlari Billboard Hot 100 xit-paradida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan ijrochilar
- Alifbo boʻyicha aktrisalar
- Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar
- Alifbo boʻyicha musiqachilar