Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Margot Elise Robbie (talaffuzi: Margo Elis Robbi; 1990-yil 2-iyulda tugʻilgan)avstraliyalik aktrisa va prodyuserdir. Blockbusterlarda ijro etgan rollari ortidan

Margot Robbie

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Margot Robbie

Robbie Cannes kinofestivalida (2019)
Tavalludi
Margot Elise Robbie

1990-yil 2-iyul (1990-07-02) (36 yosh)
Dalby, Kvinslend, Avstraliya
Fuqaroligi Avstraliya bayrogʻi Avstraliya
Kasbi
  • Aktrisa
  • kinoprodyuser
Faoliyat yillari 2008  hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Tom Ackerley (turm. 2016)

Margot Elise Robbie (talaffuzi: Margo Elis Robbi; 1990-yil 2-iyulda tugʻilgan)avstraliyalik aktrisa va prodyuserdir. Blockbusterlarda ijro etgan rollari ortidan shuhrat qozongan. Robbie koʻplab yutuqlarga, jumladan, ikki marotaba Oscar, uch marotaba Oltin globus, besh marotaba BAFTA mukofotlariga sohib boʻlgan. Bundan tashqari, 2017-yilda Time jurnali tuzgan dunyoning eng nufuzli 100 kishisi roʻyxatiga kiritilgan.

Robbie Avstraliyaning Kvinslend shtatida tugʻilib oʻsgan. Aktrisa oʻlaroq birinchi marta 2008-yili Neighbours teleserialida suratga tushgan. The Wolf of Wall Street (2013) filmidagi roli ortidan mashhurlikka erishgan. The Legend of Tarzan (2016) filmidagi Jane Porter hamda Suicide Squad (2016), Yirtqich qushlar (2020) va The Suicide Squad (2021) filmlaridagi Harley Quinn rollari esa unga olamshumul shuhrat keltirgan. I, Tonya (2017) filmida Tonya Harding rolini jonlantirishi ortidan „Eng yaxshi aktrisa“ nominatsiyasida Oscarga nomzod qilib koʻrsatilgan.

Robbie 2016-yilda ingliz kinoprodyuseri Tom Ackerleyga turmushga chiqqan. Ular LuckyChap nomli prodyuserlik kompaniyasiga asos solishgan.

Robbie Logie mukofoti taqdirlash marosimida (2011)
Robbie San Diego Comic-Conda (2015)
Robbie 2018-yilda

Hayoti

Margot Elise Robbie 1990-yil 2-iyulida Avstraliyaning Kvinslend shtatidagi Dalby shahrida dunyoga kelgan. Uning Anya ismli opasi va Cameron ismli ukasi bor.

Filmografiyasi

Filmlar

Yil Nomi Roli Izohlar Mnb.
2008 Vigilante Cassandra
2009 ICU Tristan Waters
2013 About Time Charlotte
The Wolf of Wall Street Naomi Lapaglia
2015 Z for Zachariah Ann Burden
Fokus Jessica "Jess" Barrett
Suite Française Celine
The Big Short Oʻzi Epizod rolda
2016 Whiskey Tango Foxtrot Tanya Vanderpoel
Tarzan afsonasi Jane Porter
Suicide Squad Dr. Harleen Quinzel / Harley Quinn
2017 Goodbye Christopher Robin Daphne de Sélincourt
I, Tonya Tonya Harding Produser
2018 Uzunquloq Peter Flopsy ismli quyon (ovoz bergan) Sharhlovchi
Terminal Annie / Bonnie Produser
Slaughterhouse Rulez Audrey Epizod rolda
Mary Queen of Scots qirolicha Elizabeth I
2019 Dreamland Allison Wells Produser
Once Upon a Time in Hollywood Sharon Tate
Bombshell Kayla Pospisil
2020 Birds of Prey Dr. Harleen Quinzel / Harley Quinn Produser
Promising Young Woman Produser
2021 Peter Rabbit 2: The Runaway Flopsy ismli quyon (ovoz bergan)
The Suicide Squad Dr. Harleen Quinzel / Harley Quinn
2022 Amsterdam Valerie Voze
Babylon Nellie LaRoy
2023 Barbie Barbie
Asteroid City

Televideniye

Yil Nom Rol Izohlar Mnb.
2008-2011, 2022 Neighbours Donna Freedman
2009 Talkin' 'Bout Your Generation oʻzi 11-qism
2011-2012 Pan Am Laura Cameron Bosh rollardan biri
2015 Top Gear oʻzi 4-qism
2015 Neighbours 30th: The Stars Reunite oʻzi hujjatli film
2016 Saturday Night Live boshlovchi Qism: „Margot Robbie / The Weeknd“
2019-2022 Dollface Imelda Qism: „Mama Bear“
2021 Maid Mini-serial
Yuqori