Marc Anthony | |
|---|---|
| Anthony 2010-yilda | |
| Umumiy maʼlumot | |
| Tavalludi | Marco Antonio Muñiz Martinez 1968-yil 16-sentyabr New York shahri, AQSh |
| Janrlar |
|
| Kasbi |
|
| Faoliyat yillari | 1988 – hozirgacha |
| Leybllar |
|
| Fuqaroligi | |
| Turmush oʻrtogʻi |
|
| Bolalari | 6 |
| Hamkorligi | Debbie Rosado (1990-2004) |
| Veb-sayt | marcanthonyonline.com |
Marco Antonio Muñiz (talaffuzi: Marko Antonio Munis; 16-sentyabr 1968-yilda tugʻilgan)Marc Anthony (talaffuzi: Mark Entoni) nomi ostida tanilgan amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis, aktyor va teleproduserdir. U barcha zamonlarning singllari eng koʻp sotilgan tropical salsa janrida ijod qiluvchi artistidir. Latin salsa balladalari bilan tanilgan Anthony koʻplab yutuqlarga, jumladan, uch marta Grammy Award, olti marta Latin Grammy Awardga loyiq topilgan hamda hozirga qadar umumjahon boʻylab 12 milliondan oshiq albomlarini sotishga muvaffaq boʻlgan. U, shuningdek, 2009-yilda Congressional Hispanic Caucus Institute (CHCI) ning Lifetime Achievement mukofotiga sazovor boʻlgan. 2009-yilning 16-sentyabrida esa „2009 CHCI Chairʼs Lifetime Achievement Award“ga ham loyiq topilgan. U yana singllari eng koʻp sotilgan tropical/salsa artist boʻlgani hamda Billboardning tropical albomlarga koʻra chartlarida eng koʻp birinchi oʻrinni band qilgan albomlari uchun Guinness rekordlar kitobiga kiritilgan. U, shuningdek, Billboard Latin Tropical Airplay chartida 32 ta qoʻshigʻi bilan eng koʻp birinchi oʻrinni egallagan artist oʻlaroq qayd etilgan.
Diskografiyasi
- When the Night is Over (Little Louie Vega bilan birgalikda) (1991)
- Otra Nota (1993)
- Todo a Su Tiempo (1995)
- Contra la Corriente (1997)
- Marc Anthony (1999)
- Libre (2001)
- Mended (2002)
- Amar Sin Mentiras (2004)
- Valió la Pena (2004)
- El Cantante (2007)
- Iconos (2010)
- 3.0 (2013)
- Opus (2019)
Turnelari
- Juntos en concierto 2005 (Chayanne va Alejandro Fernández bilan)
- Juntos en concierto 2006 (Laura Pausini va Marco Antonio Solís bilan)
- Juntos en concierto 2007 (Jennifer Lopez bilan)
Filmografiyasi
Kino

| Yil | Film | Rol | Izohlar |
|---|---|---|---|
| 1990 | East Side Story | Flaco | |
| 1993 | Carlitoʻs Way | Latin Band at Disco | „Parece Mentira“ |
| 1994 | Natural Causes | Marine Guard | |
| 1995 | Hackers | Agent Kee | |
| 1996 | Big Night | Cristiano | |
| 1996 | The Substitute | Juan Lacas | |
| 1999 | Bringing Out The Dead | Noel | |
| 2001 | In the Time of the Butterflies | Lio | |
| 2004 | Man on Fire | Samuel Ramos | |
| 2006 | El Cantante | Héctor Lavoe | |
| 2021 | In the Heights | Janob De La Vega | |
Televideniye
- 2000: Happily Ever After: Fairy Tales for Every Child (teleserial) — Mario (ovoz bergan) (3-fasl, 12-qism)
- 2010-2011: HawthoRNe (TV series) — ofitser Nick Renata (2-3-fasl)
- 2012: The X Factor — mehmon (2-fasl, 9-qism)
Sahna
| Yil | Pyesa | Rol | Izohlar |
|---|---|---|---|
| 1998 | The Capeman | Yosh Salvador Agron | Broadway |
- 16-sentyabrda tugʻilganlar
- 1968-yilda tugʻilganlar
- Nuqsonli RERO identifikatorlari boʻyicha Vikipediya maqolalari
- Yashayotgan insonlar
- Amerikalik erkak qoʻshiqchilar
- Amerikalik erkak aktyorlar
- Amerikalik erkak televideniye aktyorlari
- Grammy mukofoti sovrindorlari
- Amerikalik erkak pop-qoʻshiqchilar
- Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar