Marat Jumayev (1976-yil 12-yanvarda tugʻilgan) – shaxmat boʻyicha oʻzbekistonlik grossmeyster (2001) va ikki karra mamlakat chempioni (2012, 2015).
2000 va 2002-yillardagi shaxmat olimpiadalarida, 2001-yilgi shaxmat boʻyicha jamoaviy jahon chempionatida hamda 1999, 2003 va 2008-yillarda oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha Osiyo jamoalar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etgan.
2003-yil Dakkada boʻlib oʻtgan 6-Birlashgan sugʻurta turnirida Ziaur Rahman va Sergey Tivyakov bilan 1—3-oʻrinlarni qoʻlga kiritadi, 2004-yilda Pune va 2004-yilda Lakxnau da birinchi oʻrinni egallaydi. 2007-yilda Jumayev Toshkentdagi ilk Georgiy Agzamov xotira turnirida Leonid Yurtayev va Sergey Qayumov bilan 1-3-oʻrinlarni egallagan. 2011-yilda xuddi shu turnirda Tigran Petrosyan va Anton Filippov bilan 1–3-oʻrinlarni egallagan . 2008-yilda u Kuala-Lumpurda oʻtkazilgan 5-chi Datoʻ Artur Tan Malayziya ochiq shaxmat chempionatida Susanto Megaranto, Darvin Laylo, Drazen Sermek va Ashot Nadanyan bilan 3-7-oʻrinlarni egalladi . 2009-yilda u Cappelle-la-Grande Open turnirida Vyacheslav Zaxartsov bilan 1–2-oʻrinlarni egallagan va Rochefort Open turnirida Tamaz Gelashvili, Lucian-Kostin Miron, Amon Simutowe va Vladimir Burmakin bilan 2—5-oʻrinlarni egallagan. Oʻsha yili Toshkentda „Hokim kubogi“ni qoʻlga kiritgan va Toshkent shahar hokimi kubogida Andrey Kvon bilan birinchi oʻrinni egalladi. 2012-yilda Kalkuttadagi Rose Valley turnirida SP Sethuraman bilan 1—2-oʻrinlarni egallagan.
- Oʻzbekiston shaxmatchilari
- Yashayotgan insonlar
- 1976-yilda tugʻilganlar
- 12-yanvarda tugʻilganlar
- Shaxmat grossmeysterlari