Mamajon Abdurasulov (1927-yil, Shahrixon tumani Naynovo qishlogʻida tavallud topgan . Xalq oʻqituvchisi (1981). Fargʻona pedagogika institutining boshlangʻich taʼlim metodikasi fakultetini tamomlagan (1963). 1950-yildan Andijon viloyatining Shahrixon tumanidagi 41-maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi boʻlib ishlagan. 40 yildan ortiq mehnat faoliyati davrida uning bolalarni ragʻbatlantirish orqali taʼlim-tarbiyani yuqori saviyaga koʻtarish usuli Oʻzbekiston va boshqa mamlakatlarda keng ommalashtirilgan.
Turkumlar::
- 1927-yilda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xalq oʻqituvchilari