Maksym AnatoliyovychKoval (talaffuzi: Maksim Koval; 1992-yil 9-dekabrda tugʻilgan) — ukrainalik professional futbolchi, Sheriff Tiraspol jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi.
![]() Koval Dynamo Kyiv bilan, 2010-yil | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Maksym Anatoliyovych Koval | ||
| Tavallud sanasi | 9-dekabr 1992-yil | ||
| Tavallud joyi | Zaporizhzhia, Ukraina | ||
| Boʻyi | 1.90 m | ||
| Ampluasi | Darvozabon | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Sheriff Tiraspol | ||
| Raqami | 35 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2004—2008 | Metalurh Zaporizhzhia Youth | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2008—2010 | Metalurh Zaporizhzhia | 22 | (0) |
| 2010—2019 | Dynamo Kyiv | 74 | (0) |
| 2014—2015 | → Hoverla Uzhhorod (loan) | 21 | (0) |
| 2015—2016 | → OB (loan) | 10 | (0) |
| 2018 | → Deportivo La Coruña (loan) | 2 | (0) |
| 2018—2019 | → Al-Fateh (loan) | 29 | (0) |
| 2019—2022 | Al-Fateh | 75 | (0) |
| 2022— | Sheriff Tiraspol | 4 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2008—2009 | Ukraina U17 | 8 | (0) |
| 2009 | Ukraina U18 | 1 | (0) |
| 2010—2011 | Ukraina U19 | 6 | (0) |
| 2010 | Ukraina U20 | 1 | (0) |
| 2010—2012 | Ukraina U21 | 11 | (0) |
| 2012—2017 | Ukraina | 2 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2021-yil 8-oktyabr uchun) | |||
Klublardagi faoliyati
Metalurh Zaporizhzhia FK
Koval Metalurh Zaporizhzhiani maktabini bitirgan. Birinchi marta 2009-yilning 26-iyulida asosiy jamoa zaxirasiga kiritilgan. 1-noyabr kuni Ukraina Premyer-ligasining 12-tur uchrashuvida maydonga tushgan. 3:0 hisobidagi g‘alabada darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. „Metallurg“ning koʻp oʻyinlarida asosiy tarkibda maydonga tusha boshladi. 19 ta o‘yinda atigi 23 ta gol o‘tkazib yuborgan.
Dynamo Kyiv
Debyut mavsumidan soʻng, 16 yoshidayoq Kovalga Kiyevning „Dynamo“si qiziqish bildirgan. 2010—2011-yilgi mavsum uchun atigi 3 ta oʻyinga shartnoma imzoladi.
2014—2015: Hoverla Ujgorodga ijara
2014-yilning 6-avgustida Koval Hoverla Uzhgorodga ijaraga berildi. 2015-yilning 3-martida „Dynamo“ning qishki yig‘inida ishtirok etganidan so‘ng, Koval mavsum oxirigacha Hoverlada ijarada oʻynashi maʼlum bo‘ldi.
2015—2016: Odense Boldklubga ijara
2015-yilning 30-avgustida Koval Daniyaning Odense Boldklubiga bir mavsumga ijaraga berildi.
2017—2018: Deportivo La Coruñaga ijara
2018-yilning 20-yanvarida Koval Ispaniya La Ligasining Deportivo La Coruña klubiga ijara asosida qo‘shildi.
2018—2019: Al-Fatehga ijara
2018-yilning 23-iyulida Koval 2018—2019-yilgi mavsumni Saudiya Arabistoni Professional Ligasining Al-Fateh klubida ijarada oʻtkazishi eʼlon qilindi.
Al Fateh
Ijara muddati tugagach, Al-Fateh Kovaln Kiyevning „Dynamo“sidan sotib olishga muvaffaq boʻldi va darvozabon bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. 2022-yilning 30-iyunida shartnomasi tugaganidan keyin klubni tark etdi.
Sheriff Tiraspol
2022-yil 13-avgustda Sheriff Tiraspol Koval bilan shartnoma tuzganligini eʼlon qildi.
Xalqaro faoliyati
Koval 2011-yilning iyun oyida Oʻzbekiston va Fransiyaga qarshi oʻyinlar uchun milliy terma jamoaga chaqirilgan, biroq bu oʻyinlarning birortasida ham maydonga tushmadi. 2012-yilning 1-iyunida Avstriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (2:3, magʻlubiyat) tarkibga kiritildi. Koval 2012-yil Ukraina terma jamoasining oʻz maydonida boʻlib oʻtadigan UEFA Yevro-2012 turniri uchun tarkibiga kiritildi.
Faoliyat statistikasi
Klub
- 24-iyun, 2019-yil holatiga koʻra
| Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Division | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
| Metalurh Zaporizhzhia | 2009—2010 | Ukraina Premyer-ligasi | 19 | 0 | 0 | 0 | - | - | 19 | 0 | ||
| 2010—2011 | Ukraina Premyer-ligasi | 3 | 0 | 0 | 0 | - | - | 3 | 0 | |||
| Jami | 22 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 22 | 0 | ||
| Dynamo Kyiv | 2010—2011 | Ukraina Premyer-ligasi | 12 | 0 | 1 | 0 | 5 | 0 | - | 18 | 0 | |
| 2011—2012 | Ukraina Premyer-ligasi | 8 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 10 | 0 | |
| 2012—2013 | Ukraina Premyer-ligasi | 23 | 0 | 0 | 0 | 10 | 0 | - | 33 | 0 | ||
| 2013—2014 | Ukraina Premyer-ligasi | 13 | 0 | 2 | 0 | 4 | 0 | - | 19 | 0 | ||
| 2014—2015 | Ukraina Premyer-ligasi | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | |
| 2015—2016 | Ukraina Premyer-ligasi | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | |
| 2016—2017 | Ukraina Premyer-ligasi | 7 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 9 | 0 | |
| 2017—2018 | Ukraina Premyer-ligasi | 11 | 0 | 0 | 0 | 7 | 0 | 0 | 0 | 18 | 0 | |
| 2018—2019 | Ukraina Premyer-ligasi | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | |
| Jami | 74 | 0 | 6 | 0 | 27 | 0 | 0 | 0 | 107 | 0 | ||
| Hoverla Uzhhorod (ijara) | 2014—2015 | Ukraina Premyer-ligasi | 21 | 0 | 3 | 0 | - | - | 24 | 0 | ||
| OB (ijara) | 2015—2016 | Superliga | 10 | 0 | 1 | 0 | - | - | 11 | 0 | ||
| Deportivo La Coruña (ijara) | 2017—2018 | La Liga | 2 | 0 | 0 | 0 | - | - | 2 | 0 | ||
| Al-Fateh (ijara) | 2018—2019 | Saudiya Arabistoni Professional ligasi | 29 | 0 | 1 | 0 | - | - | 30 | 0 | ||
| Jami faoliyati | 158 | 0 | 11 | 0 | 27 | 0 | 0 | 0 | 196 | 0 | ||
Yutuqlari
Klub
- Dynamo Kyiv
- Ukraina kubogi: 2013—2014
Individual
- Ukrainaning eng yaxshi yosh (21 yoshgacha) futbolchisi (Ukrainaning Oltin isteʼdodi boʻyicha): 2013-yil aprel, iyul 2013-yil
