| Alloma Mahmud Tarziy | |
|---|---|
محمود طرزۍ | |
![]() Mahmud Tarziy 1920-yilda | |
| Afgʻoniston Tashqi ishlar vaziri | |
| Mansab davri 1924-yil sentyabr – 1927-yil yanvar | |
| Monarx | Omonullaxon |
| Oʻtmishdoshi | Sardor Sher Ahmad |
| Vorisi | Gʻulom Siddiqxon Charxiy (v.b.) |
| Mansab davri 1919-yil fevral – 1922-yil iyun | |
| Monarx | Omonullaxon |
| Oʻtmishdoshi | Sardor Muhammad Azizxon |
| Vorisi | Muhammad Valixon Darvoziy |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 23-avgust 1865-yil Gʻazna, Afgʻoniston amirligi |
| Vafoti | 22-noyabr 1933-yil (68 yoshda) Istanbul, Turkiya |
| Turmush oʻrtogʻi | Asma Rasmiya xonim |
| Bolalari | Surayyo Tarziy (qizi) |
| Otasi | Gʻulom Muhammad Tarziy |
| Dafn etilgan joyi | Istanbul, Turkiya |
Mahmud Tarziy (23.8.1865, Gʻazna – 22.11.1933, Istanbul) – Afgʻoniston davlat arbobi, tarixchi. Yosh afgʻonlar harakatining gʻoyaviy rahbari. Damashq, Istanbul va boshqa shaharlarda taʼlim olgan. 1903-yilda Afgʻonistonga qaytib kelgan. 1911—1919-yillarda „Siroj ul-axbor“ („Xabarlar chirogʻi“) gazetasi noshiri va muharriri. Afgʻonistonda maʼrifatparvarlik gʻoyalari tarqalishiga munosib hissa qoʻshgan. Omonullaxon hokimiyat tepasiga kelgach, yangi hukumatda tashqi ishlar vaziri lavozimini egalladi (1919—1922, 1924—1927). Hukumat ichida bir-biriga qarama-qarshi 2 guruh boʻlib, Mahmud Tarziy taraqqiyparvar kuchlarga boshchilik qilgan. K. keskin (radikal) ichki islohotlar oʻtkazish, konstitutsion tartib oʻrnatish, tinchliksevar tashqi siyosat olib borishni yoqlab chiqqan. Bosh vazir Abdulquddusxon Ittimadiy uning bu fikrlariga qarshi turgan va konstitutsion gʻoyalarni targʻib qilayotgan kishilar qatl qilinishiga fatvo berilishini talab qilgan. 1928—1929-yillarda Afgʻonistonda Omonullaxonga qarshi Xabibulla – Bachai Saqqo (1880—1929) rahbarligida koʻtarilgan qoʻzgʻolondan keyin, Turkiyaga koʻchib ketgan. U Afgʻoniston tarixi va madaniyatiga oid asarlar yozgan. Badiiy ijod bilan ham shugʻullangan.
Yana qarang
Adabiyot
- Nazarov X., Sotsialnie dvijeniya 20-x godov XX veka v Afganistane, Dushanbe, 1989.
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- 23-avgustda tugʻilganlar
- 1865-yilda tugʻilganlar
- Gʻaznada tugʻilganlar
- 22-noyabrda vafot etganlar
- 1933-yilda vafot etganlar
- Istanbulda vafot etganlar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Pushtunlar
- 19-asr afgʻon siyosatchilari
- Afgʻoniston Tashqi ishlar vazirlari
- Afgʻonistonning Fransiyadagi elchilari
