| Louis Nirenberg | |
|---|---|
| | |
| Tavalludi | 1925-yil 28-fevral Hamilton, Kanada |
| Vafoti | 26-yanvar 2020 |
| Istiqomat joylari | AQSh |
| Fuqaroligi | Kanada AQSh |
| Ish joylari | New York universiteti |
| Akademik rahbarlari | James Stoker |
| Mashhur shogirdlari |
|
| Mashhur ishlari | Qisman differensial tenglamalar Gagliardo–Nirenberg interpolyatsiya tengsizligi Gagliardo–Nirenberg–Sobolev tengsizligi Cheklangan oʻrta qiymat tebranishi (John-Nirenberg maydoni) |
| Mukofotlari | Bôcher Memorial mukofoti (1959) Crafoord mukofoti (1982) Steele mukofoti (1994, 2014) Milliy fan medali (1995) Chern medali (2010) Abel mukofoti (2015) |
Louis Nirenberg (talaffuzi: Luis Nirenberg) (1925-yil 28-fevralda tugʻilgan) — amerikalik-kanadalik matematik. Nirenberg qisman differensial tenglamalar nazariyasiga, xususan, bunday tenglamarning kompleks tahlil va geometriyada tatbiq qilinishiga salmoqli hissa qoʻshgan. Nirenberg XX asrning eng iqtidorli matematiklaridan biri hosoblanadi. Olim 2015-yil Abel mukofoti bilan taqdirlangan.
Nirenberg Kanadaning Hamilton shahrida tugʻilgan, Montreal shahrida ulgʻaygan. Nirenberg 1945-yili McGill universitetida fizika va matematika fanlaridan bakalavr darajasini olgan. 1949-yil New York universitetida James Stoker rahbarligida PhD darajasini olgan. Shuningdek, unga 2010-yilda Britaniya Columbiasi universitetidan faxriy fan doktori ilmiy darajasi berilgan.
Nirenberg Gagliardo–Nirenberg interpolatsiya tenglamasi muallifi oʻlaroq tanilgan boʻlib, ushbu tengsizlik elliptik qisman differensial tenglamalarni yechishda qoʻl keladi. Olim, shuningdek, John-Nirenberg maydoni oʻlaroq maʼlum boʻlgan cheklangan oʻrta qiymat tebranishi funksiyalari boʻyicha ishlari bilan tanilgan. Bu funksiyalardan elastik materiallar xususiyatlarini hamda qimor oʻyinlari natijalarini oʻrganishda qoʻllanadi.
- 28-fevralda tugʻilganlar
- 1925-yilda tugʻilganlar
- 2020-yilda vafot etganlar
- 20-asr amerikalik olimlari
- 21-asr amerikalik olimlari
- Abel mukofoti sovrindorlari
- Kanadalik matematiklar
- Olimlar haqidagi chala maqolalar