Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Lothar Herbert Matthaus (olmoncha: Lothar Herbert Matthäus ) – nemis futbolchisi, himoyachisi va yarim himoyachisi. Germaniya terma jamoasida oʻynagan, terma ja

Lothar Matthäus

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Lothar Matthäus
Matthäus 2019-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Lothar Herbert Matthäus
Tavallud sanasi 1961-yil 21-mart (1961-03-21) (65 yosh)
Tavallud joyi Erlangen, Gʻarbiy Olmoniya
Boʻyi 1.74 m
Ampluasi Yarim himoyachi, himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1971–1979 1. FC Herzogenaurach
Total 618 (181)

Lothar Herbert Matthaus (olmoncha: Lothar Herbert Matthäus ) – nemis futbolchisi, himoyachisi va yarim himoyachisi. Germaniya terma jamoasida oʻynagan, terma jamoada oʻtkazilgan oʻyinlar soni boʻyicha rekordchi (150). 1990-yilda Germaniya va Yevropaning eng yaxshi futbolchisi boʻldi. Oradan bir yil oʻtib jahonning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, murabbiylik bilan shugʻullanadi. Hozir Germaniyaning „Sky Sport“ telekanalida ekspert boʻlib ishlaydi.

Lothar Matthaus 5 ta jahon chempionatlarida (1982, 1986, 1990, 1994, 1998) Antonio Carbajal, Gianluigi Buffon va Rafael Márquez bilan birga qatnashgan toʻrt nafar futbolchidan biri. Jahon chempionatining finalida oʻtkazilgan oʻyinlar soni boʻyicha ham rekordchi hisoblanadi (25 ta oʻyin).

Faoliyati

Futbolchi sifatida

Matthaus 1961-yil 21-mart Bavariyaning Erlangen shahrida tugʻilgan. Faoliyatining boshida libero pozitsiyasiga oʻtishdan oldin yarim himoyachi sifatida oʻynagan. Beshta jahon chempionatida (1982, 1986, 1990, 1994, 1998) qatnashgan boshqa futbolchilardan koʻra jahon chempionatlarining final qismida koʻproq oʻtkazilgan oʻyinlar soni boʻyicha rekordchi (25 oʻyin). U milliy terma jamoa safida 150 ta oʻyin oʻtkazgan. 1980-yilgi Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi. Shuningdek 1984, 1988 va 2000-yilgi chempionatlarda qatnashdi. Yevropa chempionatlarining final qismidagi oʻyinlarning birinchi va oxirgi ishtiroki orasida 20 yil vaqt oʻtgan tarixdagi yagona futbolchi boʻldi. Matthaus Pele tomonidan tuzilgan FIFA 100 125 ta eng zoʻr futbolchi roʻyxatiga kiritilgan.

Uning professional faoliyati 1979-yilda „Borussiya“ klubida boshlangan va 1984-yilgacha davom etgan. Matteus shuningdek Bavariya (1984-1988 va 1992-2000), Inter (1988-1992, 1989-yilda Italiya chempionligini qoʻlga kiritgan) va 2000-yilda „MetroStars“da oʻynagan.

Murabbiy sifatida

2010-yil 21-sentyabrda Bolgariya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Shartnoma „1+2“ sxemasi boʻyicha imzolandi. 2011-yil 19-sentyabrda u ketma-ket ikkita 1:6 hisobdagi magʻlubiyatdan soʻng isteʼfoga chiqarildi.

Shaxsiy hayoti

Matthaus besh marta turmush qurgan va ulardan toʻrt farzandi bor: qizlari Elise (1986-yilda tugʻilgan) va Viola (1988-yilda tugʻilgan), oʻgʻillari Loris (1992-yilda tugʻilgan) va Milan (2014-yilda tugʻilgan). Hozir goh Germaniyada, goh Vengriyada yashaydi.

Yutuqlari

Futbolchi sifatida

"Bavariya"

  • Germaniya chempioni – 1985, 1986, 1987, 1994, 1997, 1999, 2000
  • Germaniya kubogi sohibi – 1986, 1998, 2000
  • UEFA kubogi sohibi – 1996
  • Germaniya Superkubogi sohibi – 1987
  • Germaniya Ligasi kubogi sohibi – 1997, 1998, 1999

"Inter"

  • Italiya chempioni – 1989
  • Italiya Superkubogi sohibi – 1989
  • UEFA kubogi sohibi – 1991

Germaniya terma jamoasi

  • Jahon chempioni – 1990
  • Yevropa chempioni – 1980

Murabbiy sifatida

"Partizan"

  • Serbiya va Chernogoriya chempioni – 2003

Shaxsiy mukofotlar

  • Oltin toʻp (France Football) sohibi – 1990
  • World Soccer jurnali talqini boʻyicha eng yaxshi futbolchi – 1990
  • Onze Mondial talqini boʻyicha Yevropaning eng yaxshi futbolchisi – 1990
  • FIFA talqini boʻyicha eng yaxshi futbolchisi – 1991
  • Germaniyada yilning eng yaxshi futbolchisi – 1990, 1999
  • UEFA maʼlumotlariga koʻra Yevropa chempionati natijalariga koʻra ramziy terma jamoaga kiritilgan – 1988
  • Jahon chempionatining ramziy terma jamoasiga kiritilgan – 1990
  • Jahon kubogi „Kumush toʻp“ sohibi – 1990
  • IFFHS talqini boʻyicha yilning eng yaxshi futbolchisi – 1990
  • „Inter“ klubining Shon-sharaf zaliga kiritilgan
  • FIFA 100 roʻyxatiga kiritilgan
  • Golden Foot – 2012 („Futbol afsonalari“ nominatsiyasida)
Yuqori