Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Lidziya Morozova (belaruscha: Лідзія Аляксандраўна Марозава, ruscha: Лидия Александровна Морозова, Lidiya Aleksandrovna Morozova; 1992-yil 8-oktyabrda tugʻilgan

Lidziya Marozava

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Lidziya Marozava

Morozova 2019-yilgi Fransiya ochiq chempionatida
Toʻliq ismi Lidziya Aleksandrovna Morozova
Mamlakat Belorussiya bayrogʻi Belarus
Tugʻilishi 1992-yil 8-oktyabr (1992-10-08) (34 yosh)
Minsk, Belarus
Boʻyi 1.83 sm
Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori $676 077
Yakkalik bahslar
Rekordi 144–157
Jami titullari 0 WTA, 1 ta ITF
Eng yuqori pozitsiyasi 468-oʻrin (2017-yil 25-sentyabr)
Juftlik bahslari
Rekordi 335–299
Jami titullari 4 ta WTA, 2 ta WTA 125
Eng yuqori pozitsiyasi 37-oʻrin (2018-yil 1-oktyabr)
Joriy pozitsiyasi 320-oʻrin (2024-yil 18-noyabr)
„Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari
Australian Open 2-bosqich (2018, 2019)
French Open 2-bosqich (2022)
Wimbledon 3-bosqich (2023)
US Open 2-bosqich (2018, 2022)
Jamoa musobaqalari
Fed Cup 4–3
Soʻnggi marta yangilandi: 18-noyabr 2024.

Lidziya Morozova (belaruscha: Лідзія Аляксандраўна Марозава, ruscha: Лидия Александровна Морозова, Lidiya Aleksandrovna Morozova; 1992-yil 8-oktyabrda tugʻilgan) belaruslik professional tennischi boʻlib, asosan, juftlik bahslarida ishtirok etadi.

2018-yil 1-oktyabrda Morozova WTA reytingida juftlik bahslari boʻyicha faoliyatidagi eng yuqori natija — 37-oʻringa koʻtarilgan. Sportchi WTA Turda juftlik yoʻnalishida 4 karra chempionlikni, shuningdek, WTA Challenger Turda juftlik yoʻnalishi boʻyicha 2 karra gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.

Morozova ITF ayollar oʻrtasida jahon tennis turnirlari seriyasida 21 ta juftlik bahslari chempionligi va 1 ta yakkalik bahslari chempionligiga sazovor boʻlgan. 2017-yil 25-sentyabrda u yakkalik yoʻnalishida jahon reytingda 468-oʻrinni band qilgan.

Belarus Fed Cup jamoasi safida oʻyin olib boruvchi Morozova 2024-yil avgust holatiga koʻra umumiy 7 ta oʻyindan 4 tasida gʻalaba qozongan va 3 tasida magʻlubiyatga uchragan.

Ikkinchi raqamli juftlik Hailey Baptiste va Caty McNally musobaqani davom ettirishdan voz kechgach, Morozova zaxiradan oʻyinga tushib, WTA 250 toifasidagi 2022-yilgi Abierto Zapopan turnirida Kaitlyn Christian bilan birga juftlik bahslarida gʻolib boʻlgan. Ular final uchrashuvida Wang Xinyu va Zhu Lin juftligini magʻlub etishga muvaffaq boʻlgan.

Yuqori