Lawrence Edward Page (talaffuzi: Lourens Edvard Peyj, 1973-yil 26-martda tugʻilgan) – amerikalik biznesmen, kompyuter muhandisi va internet-tadbirkori, Sergey Brin bilan birga Google asoschisi.
| Larry Page | |
|---|---|
![]() Yevropa parlamentida gapirmoqda | |
| Tavalludi | Lawrence Edward Page 1973-yil 26-mart Lansing, Michigan, AQSh |
| Fuqaroligi |
|
| Taʼlimi |
|
| Kasbi |
|
| Turmush oʻrtogʻi | Lucinda Southworth (turm. 2007) |
| Bolalari | 2 |
| Otasi | Carl Victor Page |
| Imzosi | |
| | |
1997-yildan 2001-yil avgustigacha va 2011-yilning aprelidan 2015-yilning iyuligacha Google kompaniyasining bosh ijrochi direktori boʻlgan. 2019-yil 4-dekabrgacha oʻzining hammuassisi Brin bilan birga kompaniyadagi barcha rahbarlik lavozimlarini egallagan. Alphabet boshqaruv kengashi aʼzosi va nazorat paketi egasi boʻlib qolgan.
2023-yil noyabrdagi Bloomberg milliarderlar indeksiga koʻra, Page 116 milliard dollarga teng boyligi bilan dunyodagi sakkizinchi eng boy odamdir. Shuningdek, Kitty Hawk va Opener uchar avtomobil startaplariga sarmoya kiritgan.
Page 2004-yilda Brin bilan birga „PageRank“ startapi uchun Markoni mukofotiga sazovor boʻlgan.
