Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

KORNEL (Corneille) Pyer (1606.6.6, Ruan — 1684.1.10, Parij) — fransuz dramaturgi, klassitsizmning asoschilaridan biri. Fransiya akademiyasining aʼzosi (1647-yil

Kornel Pyer

KORNEL (Corneille) Pyer (1606.6.6, Ruan — 1684.1.10, Parij) — fransuz dramaturgi, klassitsizmning asoschilaridan biri. Fransiya akademiyasining aʼzosi (1647-yildan). Ijodining dastlabki davrida ("Melita", "Beva" va boshqalar) komediyalar yozgan (1969-36). "Sid" (1637), "Medeya" (1639), "Goratsiya" (1641) kabi tragediyalari mashhur. K. bu asarlarini yaratishda antik davr ijodkorlari asarlariga, shuningdek, muayyan tarixiy voqealar hamda tarixiy shaxslar faoliyatiga tayangan. Bundan tashqari, K. "Yinna yoki Avgust marhamati" (1643), "Pompeyning ulimi" (1644), "Iraqliy yoki Sharq sultoni" (1647), "Edip" (1659), "Otton" (1665), "Attila — xunnlar shohi" (1667), "Tit va Berenika" (1677) va boshqa dramalar muallifi. Asarlarida fransuz klassitsizmi yaxlit holida namoyon boʻlgan. Dramaturgiya toʻgʻrisida "Muqokama" (1660) nomli ilmiy-nazariy asar ham yozgan.

Pierre Corneille
Tavalludi 6-iyun 1606
Vafoti 1-oktyabr 1684
Fuqaroligi Kingdom of France
Yuqori