Koʻz kosasi (orbita) — koʻz soqqasi joylashadigan kallaning yuz qismidagi bir juft chuqurcha. Unda koʻrish aʼzolari joylashgan. Koʻz kosasining orqa boʻlagidagi teshiklar orqali kalla boʻshligʻidan koʻzga qon va limfa tomirlari hamda nervlar oʻtadi. Koʻz kosasining chuqurligi 5 sm gacha. Koʻz kosasida ichki, tashqi, ustki va pastki devorlar bor. Koʻz kosasining ustki-tashqi burchagidagi chuqurchada koʻz yoshi bezi joylashgan. Kosaning ichki devorida esa koʻz yoshi xaltachasi uchun maxsus tokcha mavjud.
Turkumlar::
- Anatomiya
- Tibbiyotga oid chala maqolalar