Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Kichkina tabib — Oʻzbekfilm (Ochiq tijorat aksiyadorlik jamiyati) kinostudiyasi tomonidan, „Oʻzbekkino“ (Davlat aksiyadorlik kompaniyasi, 1998-y) buyurtmasiga b

Kichkina tabib

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kichkina tabib
Rejissyor(lar) Zulfiqor Musoqov
Ssenariy
muallif(lar)i
Zulfiqor Musoqov
Rollarda Murod Rajabov
Dilshod Kattabekov
Zikir Muhammadjonov
Saida Mansurxoʻjayeva
Fotima Rejametova
Karim Mirxodiyev
Munavvara Abdullayeva
Rajab Adashev
Hojiakbar Nurmatov
Distribyutor Oʻzbekfilm
Premyera
sanasi
  • 1998-yil (1998)
Davomiylik 88 daqiqa
Tillar oʻzbek, rus, fransuz
Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 2022-yil 2-iyul (2022-07-02) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

Kichkina tabib — Oʻzbekfilm (Ochiq tijorat aksiyadorlik jamiyati) kinostudiyasi tomonidan, „Oʻzbekkino“ (Davlat aksiyadorlik kompaniyasi, 1998-y) buyurtmasiga binoan suratga olingan, komediya va fantastika elementlari bilan boyitilgan dramatik film. Zulfiqor Musoqov rejissyorligida taqdim etilgan mazkur filmda 90-yillarning bir qator mashhur, tajribali aktyorlari suratga tushgan. 8 yoshida boʻlgan Dilshodbek Kattabekovning kinodagi debyut roli uni butun Oʻzbekistonga mashhur qildi.

Syujeti


Film 2 ta syujet yoʻnalishi bilan boshlanib, keyin bir-biriga ulanib ketadi.

1-syujet yoʻnalishi: Shuhrat Shodmonov — Toshkentdagi yirik xalqaro biznes-markazida oʻz ofisiga, oʻz ishchi-xodimlariga ega boʻlgan sarmoyador, tadbirkor. Nonushta payti u nevarasi Nigoradan oʻgʻli Shavkat 2 kundan beri Yangiyoʻldagi jazmani bilan yashab yurgani haqida bilib oladi. Oʻsha kuni uning ustidan arz qilib, maoshini talab qilgan Nozim (Nozim Toʻlaxoʻjayev) ismli ishchisiga Shuhrat aka haq toʻlashdan boʻyin tovlaydi. Nozim esa uning bu xatti-harakatidan chuqur norozi boʻlib, „sizni xudoga soldim“ deya kabinetdan chiqib ketadi.

Bir-ikki kundan soʻng Shuhrat aka Toshkentning 90-yillarda mashhur boʻlgan „Mezon“ restoranida nevarasi Nigoraning tugʻilgan kuniga bagʻishlab ziyofat tashkil qiladi. Ziyofatda oʻrtakash Husan Sharipov (kameo) va „Nola“ ansambli xizmat qilishadi. Ziyofat soʻnggida Shuhrat akaning ukasi Sherzod Shodmonov (Hojiakbar Nurmatov) oʻzining yangi biznes-hamkorlari bilan akasini tanishtiradi. U tadbirkorlar Shuhrat akaning firmasi orqali giyohvand moddalar kontrabandasini amalga oshirish rejasini taklif qilishadi. Shuhrat aka bunday tavakkalli taklifga ukasining qistovi bilan, yoqar-yoqmas rozi boʻladi. Ziyofatdagi bu suhbatni video-operator niqobi ostida tashrif buyurgan organ xodimi (rus yigit) suratga oladi va MXX xodimiga (Muhammadjon Uzoqov) taqdim etadi.

Ziyofatning ertasi kuni Nigora uyida oʻzidan-oʻzi xushsiz, paralich holatga tushib qoladi. Nigoraning oyisi Nargiza (Fotima Rejametova) darhol qaynatasi Shuhrat akaga telefonda xabar beradi. Shuhrat aka jonholatda uyga yetib keladi. Nigorani koʻrib qoʻygan hamshira qizni kasalxonaga yotqizishni taklif qiladi. Shuhrat aka bunga rozi boʻlmaydi va respublikaning eng tajribali shifokori Boris Abramovichni tibbiy uskuna va jihozlari bilan uyiga koʻchirtirib olib keladi. Bu orada Sherzod Shodmonov fransiyalik doktorni (Pierre Schuven), tarjimon bilan akasining uyiga boshlab keladi. Fransuz doktor Nigoraning bu kasalligini „psixosomatik“ deb ataydi, Nigorani Parijdagi klinikaga olib borgan bilan biror oʻzgarish boʻlishi qiyin ekanligini Shuhrat akaga tushuntiradi. Doktor Boris Abramovich esa Nigorani „uxlab yotibdi“, uning uygʻonishini faqat kutish kerakligini aytadi. Shuhrat aka nima qilishni bilmaydi.

2-syujet yoʻnalishi: Doniyor — bedavo dardga chalingan ogʻir kasallarni davolay oladigan gʻayritabiiy kuchga ega. Uning bu qobiliyati tufayli qishlogʻida birorta kasal qolmagan. Ammo Doniyorning oyisi Xayrinisa opa (Munavvara Abdullayeva) bedavo dardga chalingan, Toshkentdagi shifokor ham uni davolay olmadi va uni uyiga olib ketishga Normat akaga (Tojivoy Normatov) ruxsat beradi.

Doniyor oʻsha tunda oʻzining „Olapar“ laqabli iti bilan onasining tuzalib ketishini xudodan astoydil soʻraydi, ertalab Xayrinisa opa hech narsa boʻlmaganday tuzalib ketadi. Qishloqda Doniyorning „dushmani“ - Hasanboy „terminator“ laqabli surbet bola ham „toʻgʻri yoʻlga“ kiradi. Doniyor oʻzining „doʻsti“ — urush faxriysi Toʻqson boboning (Zikir Muhammadjonov) urushda yoʻqotilgan chap qoʻlini „qayta tiklab“ beradi.

Bir kuni Teshavoy ismli, odamlarni ishonchiga kira oladigan, gʻayratli xarakterga ega „dallol“ (Karim Mirhodiyev)oʻzi bilan opera kuylashni xush koʻruvchi, lekin ovozi xirillab qolgan jurnalistni (Rixsivoy Aliyev) Normat akaning uyiga boshlab keladi, va Doniyorning bu „qobiliyatini“ qonuniylashtirish uchun oʻz yordamini taklif qiladi. Doniyor jurnalistning ovozini jarangdor qilib beradi. Evaziga oʻsha jurnalist Doniyorning tibbiy faoliyati uchun „lisenziya“ yozib beradi va u haqda gazetada „Kichkina tabib“ nomli maqola (film nomi shu maqola nomidan kelib chiqqan) chop etadi. Doniyor haqida toshkentlik tadbirkor Shuhrat Shodmonovning uy xizmatkori Mashrab aka (Rajab Adashev) oʻqib qoladi.

Umumiy syujet. Oʻsha kuniyoq Doniyorning qishlogʻiga Shodmonov oʻzining „Mercedes-Benz“ mashinasida katta tezlikda yetib keladi va undan „chuqur uyquda yotgan“ nabirasini davolab berishini iltimos qiladi. Doniyor Teshavoy aka bilan Toshkentga boradi. U Shodmonovning nevarasi — Nigorani uzluksiz davolash zarurati mavjudligi tufayli ularnikida Teshavoy aka bilan yashay boshlaydi.

Shodmonovning oilasi tinch emas: oʻgʻli Shavkat (Bahrom Matchonov) Yangiyoʻldagi jazmani bilan yashaydi, onda-sonda uyga kelib turadi va xotini Nargiza bilan ajrashishni istaydi, lekin Shuhrat aka bunga yoʻl qoʻymaydi; qizi Shahnoza (Saida Mansurxoʻjayeva) esa kelinoyisi Nargiza bilan gaplashmaydi, uni hurmat qilmaydi; faqat uy xizmatkori, soqov Mashrab aka (aslida u soqov emas) oiladagi totuvlikni saqlab qolishga harakat qiladi, Shuhrat aka uni shuning uchun juda hurmat qiladi.

Doniyor Nigoraning nomaʼlum kasalligi (psixosomatik) sabablarini aniqlashga astoydil harakat qiladi va oxir-oqibat buning sababi oiladagi nosogʻlom muhit („uydan farishtalar qochib ketgan“), Shuhrat akaning qingʻir ishlari, oila aʼzolarining bir-biriga mehri yoʻqligi ekanligini tahmin qiladi. Doniyor qizni noodatiy usullar bilan davolashga kirishadi. Kun boʻyi toza havoda, quyosh ostida u Nigoraga fransuz adibi Antuan de Sent-Ekzyuperining hikoyalaridan oʻqib beradi. Nigoraning oldida Shuhrat aka bilan kulgili raqsga tushadi, va shu orqali qizning tabiiy emotsional tuygʻularini qayta tiklashga harakat qiladi.

Bu orada Teshavoy aka Shodmonovning qizi Shahnozani sevib qoladi, unga sevgi izhor qiladi, lekin rad javobini oladi. Shahnoza oʻz navbatida direktori Adham Hamidovichning shilqim harakatlari haqida dadasiga aytib beradi. Shuhrat aka Adhamni Shahnozadan uzr soʻrashga majbur qiladi. Shuhrat aka aybini yuvish uchun Nozimga 30 ming dollar haq toʻlamoqchi boʻladi, Nozim rad etadi, Shuhrat aka pullarni axlat yig"uvchi mashinaga uloqtiradi.

Film soʻnggida Nigora tuzaladi, Doniyor qishlogʻiga qaytadi; Shavkat xotini Nargiza bilan yarashadi; Shahnoza kelinoyisidan, Mashrab amakidan ularning dilini ogʻritgani uchun uzr soʻraydi, koʻp vaqtini oilasiga bagʻishlaydi va Doniyorning uyida Teshavoy akaning tuygʻulariga xayrihohlik bildiradi; Sherzod Shodmonov hamtovoqlari bilan giyohvand moddalar oldi-sotdisi ustida qoʻlga olinadi. Shuhrat aka esa qonun oldida javob berish uchun, uni izidan Doniyorning qishlogʻigacha yetib kelgan MXX xodimlari tomon oʻz ixtiyori bilan boradi. Mashrab „qasamini buzadi“ va gapira boshlaydi, xoʻjayinini taslim boʻlmaslikka koʻndirmoqchi boʻladi. Shuhrat aka bolalarini Mashrabga topshirib ketadi.

Filmda foydalanilgan taronalar:

„Nola“ — „Xoh inon, xoh inonma“ (asosiy saundtrek); „Oʻyna“ (bazmdagi tarona);

Luciano Pavarotti — Opera

NʼSync — „Tearinʼ up my heart“ (Doniyor va Shuhrat akaning Nigora oldidagi raqsi).

Rollarda

Aktyor Rol
Murod Rajabov Shuhrat Shodmonov yirik tadbirkor Shuhrat Shodmonov
Dilshodbek Kattabekov Doniyor kichkina tabib Doniyor
Karim Mirhodiyev Teshavoy (Bekzod Muhammadkarimov ovoz bergan) Doniyorning "menejeri" Teshavoy (Bekzod Muhammadkarimov ovoz bergan)
Barno Nishonova Nigora Shodmonovning nevarasi Nigora
Fotima Rejametova Nargiza Nigoraning onasi Nargiza
Saida Mansurxoʻjayeva Shahnoza Shodmonovning qizi Shahnoza
Munavvara Abdullayeva Xayrinisa opa Doniyorning onasi Xayrinisa opa
Bahrom Matchonov Shavkat (Sanjar Sa'dullayev ovoz bergan) Shodmonovning oʻgʻli, Nigoraning dadasi Shavkat (Sanjar Sa'dullayev ovoz bergan)
Rajab Adashev Mashrab aka uy xizmatkori Mashrab aka
Zikir Muhammadjonov To'qson bobo urush faxriysi To'qson bobo
Hojiakbar Nurmatov Sherzod Shodmonov Shodmonovning ukasi Sherzod Shodmonov
Valeriy Yuldashev Boris Abramovich Gazinskiy doktor Boris Abramovich Gazinskiy
Rixsivoy Aliyev jurnalist, ekspert jurnalist, ekspert
Fathulla Masudov Nuriddin Doniyorning katta akasi Nuriddin
Nozim Toʻlaxoʻjayev Nozim (Hoshim Arslonov ovoz bergan) Shodmonovning sobiq ishchisi Nozim (Hoshim Arslonov ovoz bergan)
Husan Sharipov bazmdagi oʻrtakash kameo bazmdagi oʻrtakash
Tojiboy Normatov Normat aka Doniyorning dadasi Normat aka
Muhammadjon Uzoqov Milliy xavfsizlik xodimi Milliy xavfsizlik xodimi
Yuqori