Juma (arabcha: جمعة — hafta, beshinchi kun) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.
| Juma | |
|---|---|
| (arabcha: جمعة) | |
| Jins | erkak |
| Etimologik maʼnosi | hafta, beshinchi kun |
| Ota ismi | Juma oʻgʻli, Jumayevich Juma qizi, Jumayevna |
| Yasama shakllari | Jumabek, Jumabay, Jumaboy, Jumatoy |
| Chet tillardagi oʻxshashliklar | arabcha: جمعة |
| Bogʻliq maqolalar: | „Juma“dan boshlanuvchilar „Juma“dan boshlab barcha maqolalar |
Taniqli shaxslar
- Juma Hamidov — oʻzbekistonlik oʻqituvchi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi;
- Juma Khan Hamdard — afgʻon siyosatchisi;
- Juma Namangoniy — oʻzbek millatiga mansub, islomiy radikal, salafiylik tarafdori, dala qoʻshinlari qoʻmondoni;
- Juma Namozov — iqtisodchi olim va tashkiotchi rahbar. Iqtisod fanlari nomzodi, professor. Xalq maorifi a’lochisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq maorifi xodimi;
- Juma Shukurov — Oʻzbekiston SSR Buxoro viloyati Romitan tumani F. Xoʻjayev nomidagi oʻrta maktab oʻqituvchisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni;
- Jumabay Medetbayev — aktyor, Qozogʻiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti;
- Jumabay Tashenov — qoraqalpoq va qozoq yozuvchisi, tarjimon, shoir, dramaturg va ssenariynavis;
- Jumabek Oʻmirzaqov — oʻzbekistonlik oʻqituvchi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi;
- Jumabek Tashenov — Sovet siyosatchisi (1915-1989);
- Jumabek Turegeldinov — qozoq siyosatchisi va jamoat arbobi. Qozogʻiston Respublikasi parlamenti Senati deputati;
- Jumaboy Jalilov — Tojikiston SSR Stalinobod viloyati Qoʻrgʻontepa tumani mehnatkash deputatlar tumani Kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi;
- Jumaboy Qurbonov — sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi;
- Jumatoy Kazakov — oʻzbekistonlik oʻqituvchi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi.
Familiyalar
- Jumayev
- Jumayeva
