Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Juma (arabcha: جمعة‎‎ — hafta, beshinchi kun) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Juma (ism)

Juma (arabcha: جمعة‎ — hafta, beshinchi kun) — kelib chiqishi arabcha boʻlgan erkaklar ismi. Koʻp xalqlarda, jumladan, oʻzbeklarda keng tarqalgan.

Juma
(arabcha: جمعة‎)
Jins erkak
Etimologik maʼnosi hafta, beshinchi kun
Ota ismi Juma oʻgʻli, Jumayevich
Juma qizi, Jumayevna
Yasama shakllari Jumabek, Jumabay, Jumaboy, Jumatoy
Chet tillardagi oʻxshashliklar arabcha: جمعة
Bogʻliq maqolalar:
Vikilugʻat logotipi
Vikilugʻatda ushbu soʻzga oid batafsil maʼlumot beruvchi sahifa mavjud:
    juma

Taniqli shaxslar

  • Juma Hamidov — oʻzbekistonlik oʻqituvchi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi;
  • Juma Khan Hamdard — afgʻon siyosatchisi;
  • Juma Namangoniy — oʻzbek millatiga mansub, islomiy radikal, salafiylik tarafdori, dala qoʻshinlari qoʻmondoni;
  • Juma Namozov — iqtisodchi olim va tashkiotchi rahbar. Iqtisod fanlari nomzodi, professor. Xalq maorifi a’lochisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq maorifi xodimi;
  • Juma Shukurov — Oʻzbekiston SSR Buxoro viloyati Romitan tumani F. Xoʻjayev nomidagi oʻrta maktab oʻqituvchisi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni;
  • Jumabay Medetbayev — aktyor, Qozogʻiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti;
  • Jumabay Tashenov — qoraqalpoq va qozoq yozuvchisi, tarjimon, shoir, dramaturg va ssenariynavis;
  • Jumabek Oʻmirzaqov — oʻzbekistonlik oʻqituvchi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi;
  • Jumabek Tashenov — Sovet siyosatchisi (1915-1989);
  • Jumabek Turegeldinov — qozoq siyosatchisi va jamoat arbobi. Qozogʻiston Respublikasi parlamenti Senati deputati;
  • Jumaboy Jalilov — Tojikiston SSR Stalinobod viloyati Qoʻrgʻontepa tumani mehnatkash deputatlar tumani Kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi;
  • Jumaboy Qurbonov — sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi;
  • Jumatoy Kazakov — oʻzbekistonlik oʻqituvchi, Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi.

Familiyalar

  • Jumayev
  • Jumayeva
Yuqori