- Vikipediyada ismi Joʻrabek va familiyasi Mirzamahmudov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Mirzamahmudov Joʻrabek Tursunpoʻlatovich | |
|---|---|
Мирзамаҳмудов Жўрабек Турсунпулатович | |
| | |
| O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri | |
| Mansab davri 2022-yil 29-sentyabrdan – hozirgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Oripov (siyosatchi) |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Alisher Sultonov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1979-yil 23-oktyabr Uychi tumani, Namangan viloyati |
| Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasi |
| Mukofotlari | |
Mirzamahmudov Joʻrabek Tursunpoʻlatovich (oʻzbekcha: Мирзамаҳмудов Жўрабек Турсунпулатович) — 2022-yildan hozirga qadar O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri, 2020—2022-yillarda — Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori.
Biografiyasi
1997—1999 — Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti talabasi.
1999—2001 — “Umid" fondi” yoʻllanmasi boʻyicha AQShning Alabama universiteti talabasi.
2002—2003 — Buxoro neftni qayta ishlash zavodi muhandisi.
2003—2006 — “Oʻzlitineftgaz” OAJ neft va gazni qayta ishlash texnologik-kompleksi boʻlimida muhandis, neft va gazni qayta ishlash va transportni gazga tayyorlash boʻlimi ilmiy-texnik kompleksi muhandisi, kichik ilmiy xodim, TEO va istiqbolli loyihalash boʻlimi 1-toifali muhandisi, yetakchi muhandisi.
2006—2012 — “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi, boshqarma boshligʻi oʻrinbosari, investitsiyalar dasturi va resurslarni prognozlashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari — “Neftegazinvest” korxonasi direktori.
2012—2014 — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining oʻrinbosari.
2014—2017 — “Oʻzkimyosanoat” davlat kompaniyasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari, istiqbolli rivojlanish va investitsiyalar boʻyicha boshqaruv raisining oʻrinbosari.
2017—2018 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari axborot tahlil departamenti mudiri
2018—2019 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzatom” agentligi bosh direktori.
2019—2022 — Oʻzbekiston Respublikasi Eneretika vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzatom” agentligi bosh direktori.
2022-yildan — O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri.
Mukofotlari
2024-yil 24-avgustda Doʻstlik ordeni bilan mukofotlangan.
- 23-oktyabrda tugʻilganlar
- 1979-yilda tugʻilganlar
- Uychi tumanida tugʻilganlar
- Doʻstlik ordeni sohiblari
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolari
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha siyosatchilar
