Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

John Christopher Depp II (talaffuzi: Jon Kristofer Depp Ikkinchi; 1963-yil 9-iyunda tugʻilgan) amerikalik aktyor, kinorejissyor, musiqachi, ssenariynavis va kin

Johnny Depp

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Johnny Depp

Depp Berlin xalqaro kinofestivalida (2023)
Tavalludi
John Christopher Depp II

1963-yil 9-iyun (1963-06-09) (63 yosh)
Owensboro, Kentucky, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSH
Kasbi Aktyor, musiqachi, prodyuser va yozuvchi
Faoliyat yillari 1984 — hozir
Turmush oʻrtogʻi
  • Lori Allison
    (turm. 1983; ajr. 1985)
  • Amber Heard
    (turm. 2015; ajr. 2017)
Bolalari 2

John Christopher Depp II (talaffuzi: Jon Kristofer Depp Ikkinchi; 1963-yil 9-iyunda tugʻilgan) amerikalik aktyor, kinorejissyor, musiqachi, ssenariynavis va kinoprodyuserdir. Oltin globus va Screen Actors Guild sohibi, Oscar va BAFTA nomzodi.

Deppning filmlari AQShda $3 milliard, dunyo boʻylab esa $8 milliarddan ortiq foyda keltirgan. Uning ishtirokidagi eng muvaffaqiyatli loyihalardan Karib dengizi qaroqchilari franshizasi ($3,7 milliarddan ortiq), Alisa moʻjizalar mamlakatida ($1 milliarddan ortiq), Charlie va shokolad fabrikasi ($474 million) va Turist ($278 million) filmlarini misol keltirish mumkin.

Depp Cannes kinofestivalida (1992)
Depp (rejissyor Jim Jarmusch bilan) Cannes kinofestivalida (1995)
Depp Public Enemies filmi premyerasida (Parij, 2009)
Depp Hollywood „Shon-shuhrat xiyoboni“da (2013)
Depp San Diego Comic Conda (2018)

Biografiyasi

Johnny Depp 1963-yil 9-iyunda AQShning Owensboro (Kentucky) shahrida tugʻilgan. Uning otasi Katta John injener boʻlib, onasi esa ofitsiantka boʻlib ishlagan. Uning ikkita singlisi va bitta ukasi bor. Bolaligini birga kechirgan buvasining oʻlimi uning ruhiy holatiga yomon taʼsir qiladi. Floridaga koʻchish ham unga yaxshi taʼsir koʻrsatmaydi. 12 yoshida chekishni boshlaydi, keyinchalik narkotik qabul qila boshlaydi. Depp 15 yoshga toʻlganida ota-onasi ajrashadilar.

Aynan oʻsha paytlarda Depp musiqaga qiziqib qoladi. U musiqaga Owensboroda, buvasi bilan cherkovga borgan paytlari qiziqishni boshlagan edi. Floridada onasi unga gitara sovgʻa qiladi. Uni chalishni oʻzi oʻrganib oladi va Floridaning tungi klublarida chiqish qiladigan „The Kids“ guruhiga kiradi. 16 yoshligida esa Depp butun umrini musiqaga bagʻishlash maqsadida maktabni tashlaydi. Guruh yutuqlarning yoʻlini olib Los-Anjelesga koʻchadi. Hozir Depp „P“ guruhida oʻynaydi. Yaqinda bu guruhning ochilish konserti boʻlib oʻtdi. Johnnyning yana bir qiziqishi bu rasm chizish. Oʻz guruhlarining albom muqovasi uchun oʻzi rasm chizgan. Bular bilan bir qatorda Depp adabiyotga qiziqadi. Uning sevimli avtorlaridan biri — Jack Kerouac. Uning ijodi oʻsmirlik chogʻida Deppning dunyoqarashiga katta taʼsir qilgan.

20 yoshligida oʻzidan 5 yosh katta Lori Anne Allison ga uylanadi. U Deppni Nicolas Cage bilan tanishtiradi. Shunday qilib uning aktyorlik hayoti boshlanadi. Birinchi filmi — A Nightmare on Elm Street (1984). Lekin musiqa baribir u uchun birinchi oʻrinda edi. Lekin afsuski musiqiy guruhlari tarqaladi. Keyinchalik Depp TV Shoularda chiqadigan boʻldi. Edward Scissorhands filmida Winona Ryder bilan tanishadi va nishonlanadilar.

1994-yil ingliz modeli Kate Moss bilan nishonlanadi. Deppning kino karyerasi borgan sari yuksalib borayotgan edi. 1998-yil Moss bilan ajrashadilar va Depp fransuz qoʻshiqchi va aktrisa Vanessa Paradis bilan tanishadi va Fransiyaga koʻchib keladi. Ularning Lily-Rose Melody (1999-yilda tugʻilgan) va Jack (2002-yilda tugʻilgan) ismli bolalari bor. 2012-yil iyun oyida Depp va Paradis ajralishganini eʼlon qildi.

2004-yili Karib dengizi qaroqchilari: Qora marvarid tavqi lanʼati (2003) filmidagi kapitan Jack Chittak roli uchun Oscarga nomzod boʻladi. Ikkinchi nomzodlikni Finding Neverland (2004) filmi orqali oladi.

Johnny Deppning Hollywood „Shon-shuhrat xiyoboni“da oʻz yulduzi bor. Ikki martta Oscar, 6 marta Oltin globus nomzodi boʻlgan boʻlsa-da, Deppga hech qachon bu sovrinlar berilmagan.

Vanessa Paradis bilan ajralishgandan keyin Depp aktrisa Amber Heard bilan uchrashishni boshlaydi. Depp Heard bilan The Rum Diary (2011) filmida birga suratga tushgan. Depp va Heard 2015-yil 3-fevralda turmush qurishdi. Heard 2016-yil 23-may kuni ajrashish uchun ariza berdi va Depp bilan munosabatlarida „hal qilib boʻlmas“ tushunmovchiliklar yuzaga kelgani va Deppdan aliment talab qilishi haqida bildirdi.

Filmografiyasi

Yil Nom Rol Izohlar Mnb.
1984 A Nightmare on Elm Street Glen Lantz
1985 Private Resort Jack Marshall
1986 Platoon Lerner
1990 Cry-Baby Wade "Cry-Baby" Walker
Edward Scissorhands Edward Scissorhands
1991 Freddy's Dead: The Final Nightmare Bir yigit Epizod rolda
1993 Arizona Dream Axel Blackmar
Benny & Joon Sam
What's Eating Gilbert Grape Gilbert Grape
1994 Ed Wood Ed Wood
1995 Don Juan DeMarco Don Juan DeMarco
Dead Man William Blake
Nick of Time Gene Watson
1996 Cannes Man Oʻzi Epizod rolda
1997 The Brave Raphael Rejissyor
Donnie Brasco Donnie Brasco
1998 L.A. Without a Map Johnny Depp / William Blake
Fear and Loathing in Las Vegas Raoul Duke
1999 The Ninth Gate Dean Corso
The Astronaut's Wife kommandor Spencer Armacost
Sleepy Hollow Ichabod Crane
2000 Chocolat Roux
Before Night Falls Bon Bon / Lieutenant Victor
The Man Who Cried Cesar
2001 Blow George Jung
From Hell Frederick Abberline
2003 Karib dengizi qaroqchilari: Qora marvarid tavqi lanʼati kapitan Jack Chittak
Once Upon a Time in Mexico Sheldon Sands
2004 Secret Window Mort Rainey
Happily Ever After L’inconnu Epizod rolda
The Libertine John Wilmot
Finding Neverland J. M. Barrie
2005 Charlie va shokolad fabrikasi Willy Wonka
Corpse Bride Victor Van Dort Ovoz bergan
2006 Karib dengizi qaroqchilari: Murdalar sandigʻi kapitan Jack Chittak
2007 Karib dengizi qaroqchilari: Dunyolar chegarasida kapitan Jack Chittak
Sweeney Todd: The Demon Barber of Fleet Street Sweeney Todd
2009 The Imaginarium of Doctor Parnassus Imaginarium Tony 1 Epizod rolda
Public Enemies John Dillinger
2010 Alice moʻjizalar mamlakatida Tarrant Hightopp
The Tourist Frank Tupelo
2011 Rango Rango / Lars / Raoul Duke Ovoz bergan
Karib dengizi qaroqchilari: Nomaʼlum sohillarda kapitan Jack Chittak
The Rum Diary Paul Kemp Prodyuser
Jack and Jill Oʻzi Epizod rolda
Hugo N/A Faqat prodyuser
2012 21 Jump Street Tom Hanson Epizod rolda
Dark Shadows Barnabas Collins
2013 The Lone Ranger Tonto Ijrochi prodyuser
Lucky Them Matthew Smith Epizod rolda
2014 Transcendence Will Caster
Tusk Guy Lapointe
Into the Woods Wolf
2015 Mortdecai Charles Mortdecai Prodyuser
Black Mass Whitey Bulger
2016 Alice sehrli oyna ortida Tarrant Hightopp
Jodu saltanati Gellert Grindelwald
Yoga Hosers Guy Lapointe
Donald Trump's The Art of the Deal: The Movie Donald Trump
2017 The Black Ghiandola Nuclear Med Tech Qisqa metrajli film
Sharqiy ekspressdagi qotillik Edward Ratchett
Karib dengizi qaroqchilari: Murdalar ertak aytmaydi kapitan Jack Chittak
2018 Sherlock Gnomes Sherlock Gnomes Ovoz bergan
London Fields Chick Purchase Epizod rolda
Jodu saltanati 2: Grindelwaldning jinoyati Gellert Grindelwald
The Professor Richard Brown
City of Lies Russell Poole
2019 Waiting for the Barbarians Colonel Joll
2020 Minamata W. Eugene Smith Prodyuser
2023 Jeanne du Barry Louis XV
Yuqori