Joʻsh-Ota — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi Qoʻshrabot tumanidagi MFY (Qishloq) nomi. Nurota va Zarafshon togʻ tizmalari etagida joylashgan boʻlib aholisi 7000 kishidan ziyod. Qoʻshrabot tumanidagi eng katta MFYlardan biri hisoblanadi.
Joʻsh-Ota MFY tarixi va kelib chiqishi
Joʻsh-Ota MFYning kelib chiqishi, Yassaviya tariqati asoschisi va mashhur hikmatnavis Ahmad yassaviyning shogirdi Sulaymon boqirgʻoniyning nabiralari Joʻsh Ota (1166-yilda tugʻilgan) hazratlarining nomiga atab qoʻyilgan. Joʻsh-Ota MFY mustaqillik yillaridan soʻng, Joʻsh QFY (Qishloq fuqarolar yigʻini) deb nomlangan. 2017-yilda QFYlar tugatilib, oʻrniga Mahalla Fuqarolar yigʻinlari tashkil etildi va Joʻsh-QFY ikkiga boʻlinib, Joʻsh-Ota va Yuqori-Joʻsh MFYlar tashkil etildi. 2025-yil May oyida Prezident farmoni bilan MFYlar yiriklashtirildi hamda mahalla raislari 5 yilga saylandi. Natijada Joʻsh-Ota MFY va Yuqori Joʻsh MFYlar birlashtirildi. Hozirda Joʻsh Ota MFYda 7 mingdan ziyod aholi yashaydi. Joʻsh Ota MFYda 10 dan ziyod qishloqlar mavjud. Tarkibida Joʻsh Ota dehqon bozori, Joʻsh Ota Masjidi, Joʻsh Ota istiroxat bogʻi, Madaniyat markazi, mahalla markazi, Joʻsh kasb hunar tehnikomi, tuman tibbiyot birlashmasi filiali, 4 ta maktab, bogʻchalar, toʻyxonalar choyxona va koʻplab magazinlar mavjud.
- Qoʻshrabot tumani
- Oʻzbekistondagi mahallalar