Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Jigar sirrozi — jigarning surunkali rivojlanib boradigan yalligʻlanish kasalligi. Bunda jigar toʻqimasi yalligʻlanib, uning bir qismi biriktiruvchi toʻqima bila

Jigar sirrozi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jigar sirrozi

Gepatosellular karsinomaga olib kelgan jigar sirrozi.
 
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar
Ixtisos Gastroenterologiya, Gepatologiya
KXK-10 K70.3, K71.7, K74
KXK-9 571
DiseasesDB 2729
MedlinePlus 000255
eMedicine med/3183 radio/175
Patient UK Jigar sirrozi
MeSH D008103
Jigar sirrozi (oʻngda)

Jigar sirrozi — jigarning surunkali rivojlanib boradigan yalligʻlanish kasalligi. Bunda jigar toʻqimasi yalligʻlanib, uning bir qismi biriktiruvchi toʻqima bilan almashinadi. Jigarning oʻtkir yalligʻlanishi — gepatitda, uning B, C, D shakllarida, oʻtkir gepatit surunkali gepatitga aylanayotganda, bezgak, sil, zaxm, brutsellyoz kabi yuqumli kasalliklarda, oʻt pufagi va oʻt yoʻllarining surunkali yalligʻlanishida, turli kimyoviy moddalardan muntazam zaharlanishda, shuningdek, alkogolizmda va boshqa sabablarga koʻra paydo boʻladi. Jigar sirrozi — sekin rivojlanadigan surunkali kasallik. Jigar sirrozi turlicha namoyon boʻladi va u xastalikning qaysi shaklida kechishi hamda davriga bogʻliq. Tekshirganda jigarning qattiqlashgani va funksiyasining buzilganligiga qaramay, kishi uzoq vaqt hech qanday xastalik alomatini sezmay yurishi mumkin. Kasallik zoʻrayganda bemor darmonsizlanadi, ozib ketadi, ishtahadan qoladi, kekiradi, koʻngli ayniydi, baʼzan qusadi, ichi ketadi yoki qotadi, qorni dam boʻladi, tana xarorati koʻtariladi, qorin boʻshligʻida suyuqlik toʻplanishi natijasida u koʻtariladi (istisqo), burni qonaydi, badani qichishadi, baʼzan sargʻayadi. Keyingi jarayonlarda kamqonlik belgilari avjiga chiqadi. Jigari va ayniqsa, talogʻi kattalashadi va qattiqlashadi.

Davosi

Davoni shifokor tayinlaydi. Jigar sirrozi uzoq vaqt davolanadi, kasallik zoʻrayganda bemorni darhol kasalxonaga yotqizish kerak. Parhezga qatʼiy rioya qilishning ahamiyati katta. Bemorga, asosan, yengil hazm boʻladigan, qand, oqsil va vitaminlar (ayniqsa, C vitamin va B gruppa vitaminlar) ga boy sutli va oʻsimlik ovqatlar beriladi. Tvorog (oson hazm boʻladigan oqsillarga ega), yogʻsiz goʻsht, baliq, shuningdek, ozgina sariyogʻ bilan qaymoq yoki smetana isteʼmol qilish mumkin. Spirtli ichimliklar ichish qatiy taqiqlanadi. Jigar sirrozining avj olishiga yoʻl qoʻymaydigan dorilar buyuriladi. Jigar sirrozini davolashda avvalo unga sabab boʻladigan omillarni bartaraf etish muhim. Jigar sirroziga olib kelgan infeksiya aniqlansa, uni tugatish choralari koʻriladi. Jigar sirrozining oldini olish uchun mehnat va turmush sharoitini sogʻlomlashtirish, alkogolizmga qarshi kurash olib borish choralari koʻriladi.

Jigar sirrozi simptomlari

  1. Baʼzi-baʼzida oʻng qovurgʻalar ostida paydo boʻladigan ogʻriq. Ogʻriq koʻpincha jismoniy zoʻriqishdan yoki qovurilgan, yogʻli taomlar va alkagol isteʼmolidan keyin kuchayadi.
  2. Ogʻizda achchiq taʼm va quruqlik hissi paydo boʻlishi, ayniqsa tong vaqtida.
  3. Odamni surunkali ich ketishi va kuchli qorin dam boʻlishi (meteorizm) bezovta qiladi
  4. Bemor birmuncha vazn yoʻqotadi, tajang va tez charchaydigan boʻlib qoladi.
  5. Kasallikning baʼzi formalari, masalan postnekrotik sirroz dastalabki bosqichni oʻzidayoq yaqqol alomat teri sariqligini chaqiradi.
Yuqori