Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Jeffrey Preston Bezos (talaffuzi: Jeffri Preston Bezos; 1964-yil 12-yanvarda tugʻilgan)amerikalik ishbilarmon, mediamagnat, kompyuter muhandisi va investordir.

Jeff Bezos

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jeff Bezos
Tavalludi
Jeffrey Preston Jorgensen

1964-yil 12-yanvar (1964-01-12) (62 yosh)
Albukerke, Nyu-Meksiko, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSH
Taʼlimi
  • Princeton universiteti
  • Miami Palmetto High School
  • River Oaks Elementary School
Turmush oʻrtogʻi MacKenzie Tuttle
(1993—2019)
Bolalari 4
Ota-onasi
  • Miguel Bezos
    (Ted Jorgensen)
  • Jaklin Bezos
Veb-sayti jeffbezos.com
Imzosi

Jeffrey Preston Bezos (talaffuzi: Jeffri Preston Bezos; 1964-yil 12-yanvarda tugʻilgan)amerikalik ishbilarmon, mediamagnat, kompyuter muhandisi va investordir. Bezos 1994-yilda hozirda jahonning eng yirik internet-kompaniyalaridan biri boʻlmish Amazonga asos solgan va bugungi kunda uning ijrochi raisidir. 2022-yilning oktyabri holatiga koʻra, Bezos $139 milliardlik boyligi bilan dunyodagi uchinchi eng badavlat inson hisoblanadi.

Bezos AQShning Albukerke shahrida tugʻilgan. Bolaligi Hyuston va Mayami shaharlarida oʻtgan. 1986-yilda Princeton universitetini tugatgan. 1994-yilning oxirlarida Amazon kompaniyasiga asos solgan. Kompaniya avvalboshda onlayn kitob doʻkoni sifatida ish boshlagan. Hozirgi kunda esa jahondagi eng yirik onlayn savdolar bilan shugʻullanuvchi kompaniyaga aylangan. Bezos 2000-yilda Blue Origin nomli aerokosmik kompaniyaga asos solgan. 2013-yilda AQShdagi nufuzli gazetalardan biri sanalgan The Washington Postni $250 million evaziga sotib olgan. 2021-yilning sentyabrida Mail.ru asoschisi Yuriy Milner bilan birgalikda Altos Labs nomli biotexnologik kompaniyaga asos solgan.

2021-yilda Bezos „Amazon“ kompaniyasi ishchilari birlashishi va kasaba uyushmasi tuzishiga qarshi ekanini bildirdi.

Yuqori