- Vikipediyada ismi Javlon va familiyasi Umarbekov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
| Javlon Umarbekov | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 17-iyun 1946 |
| Fuqaroligi | SSSR |
Javlon Yusupovich Umarbekov (1946.17.6, Toshkent) — rang-tasvir ustasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademik (1997), Oʻzbekiston SSR xalq rassomi (1989), Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1982). P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1966) va Butunittifoq davlat kinematografiya instituti (1972) ni tugatgan. Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyida bosh rassom (1972–1973), Toshkent sanʼat institutida pedagog (1974—1976), 1976-yildan Oʻzbekiston rassomlar uyushmasi boshqaruvi aʼzosi, raisi (1984—1987). Umarbekov ijodi serqirra, mavzuga boyligi, uslubiy rang-barangligi bilan diqqatga sazovor: ilk ijodi realistik sanʼat anʼanalari asosida ijtimoiy fikrlarni ifodalashdan asta Sharq, eng avvalo Oʻrta Osiyo miniatyura sanʼati anʼana va uslubini Yevropa realistik sanʼat anʼanalari bilan uygʻunlashtirishga, hissiy kechinmalarini erkin ifodalashga oʻta bordi. Jahon tasviriy sanʼatidagi uslub va izlanishlar hamda oʻzbek tasviriy sanʼatida sodir boʻlgan plastik izlanishlar Umarbekovning asarlarida oʻziga xos yechimni belgilashda sezilarli oʻrin egallaydi: „Bolalik“ (1968), „Qoʻshiq“ (1969), „Mening doʻstim“ (1971), „Tafakkurli inson“ diptixi (1979—80), „Men insonman“ (1981—83), „Hovuz boʻyida“ (1988), „Kelinchak“ (1995), „Sohibqiron Amir Temur“ (1995), „Yetti iqlim sultoni“ (1995), „Uchrashuv“ (1996), „Zaqiriddin Muhammad Bobur“ (1996). Umarbekov, shuningdek, natyurmortlar („Oy natyurmorti“, „Kushon natyurmorti“ va boshqa,), manzaralar („Boʻzsuv“, „Karvon“, „Ipak yoʻli xarobalari“ va boshqalar) hamda turkumli asarlar („Jazoir boʻylab“, 1978; „Surxondaryo“, „Toshkentning 30 koʻrinishi“, 1983 va boshqalar) muallifi.
Umarbekov Germaniya (1980, 1986, 1991), Yaponiya (1982, 1995), Kuvayt (1989, 1990), Turkiya (1993), AQSH (1997, 2004) va boshqa mamlakatlarda ijodiy safarlarda boʻlgan; asarlari bilan respublika va xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etadi, asarlaridan namunalar respublika va xorijdagi muzey va toʻplamlarda saqpanadi.
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Oltin medali bilan mukofotlangan (2002).
Adabiyotlar
- Javlon Umarbekov [Katalog|, T., 1996.
| Oʻzbekistonlik shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Oʻzbekistonlik shaxsiyatlarga oid chala maqolalar
- 17-iyunda tugʻilganlar
- 1946-yilda tugʻilganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari
- Oʻzbekiston SSR xalq rassomlari
- Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan san’at arboblari
- Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi bitiruvchilari
