Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Jasliq (rasmiy nomi: Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV 19-sonli ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasi) – Oʻzbekistonning shimoli-gʻarbiy qismidagi qa

Jasliq qamoqxonasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jasliq qamoqxonasi
Umumiy maʼlumot
Joylashuvi Qoʻngʻirot tumani, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Buzilgan sana 2019-yil

Jasliq (rasmiy nomi: Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV 19-sonli ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasi) – Oʻzbekistonning shimoli-gʻarbiy qismidagi qamoqxona boʻlib, u yerda mahkumlarga nisbatan muttasil shafqatsiz muomala va qiynoqlar qoʻllanib kelingan. Qoraqalpogʻistonning Qoʻngʻirot tumanidagi shu nomdagi qishloq yaqinida (Nukusdan 300 km, Qoʻngʻirotdan 180 km uzoqlikda) joylashgan.

2019-yil 2-avgustda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan qamoqxonani tugatish jarayoni boshlangan.

Yaratilish tarixi

Koloniya (UYA 64/71) 1999-yilda sobiq sovetlar hukmronligi davridagi kimyoviy qurollarning sinov poligoni oʻrnida qurilgan. Oʻzbekistonning avtomobil yoʻllari boʻlmagan va faqat temir yoʻl orqali borish mumkin boʻlgan bu choʻl hududi oʻzining qattiq iqlimi bilan mashhur, chunki yozda bu yerda havo harorati +50 darajadan oshadi, qishda esa −20 darajadan pastga tushadi.

Qamoqxonadagi mahbuslarning aksariyati davlat tomonidan taqiqlangan diniy tashkilotlar aʼzolari, shuningdek, konstitutsiyaviy tuzumga qarshi hujumda ayblangan bir qator rejim muxoliflaridir. 2013-yilda Jasliqda 7000 ga yaqin mahbus boʻlgan boʻlsa, oʻn yil avval 500 dan sal koʻproq edi.

Qamoqda saqlashning tuzilishi va shartlari

Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi boshligʻi Poʻlat Bobojonovning soʻzlariga koʻra, koloniya 1100 oʻringa moʻljallangan.

Jasliq qamoqxonasida vafot etgan mahkumlarning bir qismi

  • Xusniddin Alimov. Oʻlim sababi, shifokorlarning fikriga koʻra, qaynoq suvda kuygan.
  • Muzaffar Avazov. Oʻlim sababi, shifokorlarning fikricha, qaynoq suvda kuygan.

2002-yil BMT hisoboti

2002-yilda BMTning qiynoqlar boʻyicha maxsus maʼruzachisi Teo van Boven Jasliq shahriga borgan.

Uning taʼkidlashicha, "Hukumat zudlik bilan „Jasliq“ koloniyasini yopish masalasini koʻrib chiqishi kerak, bu koloniya hatto joylashgan joyiga koʻra ham shafqatsiz, gʻayriinsoniy va qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazoga teng sharoitlarni yaratib beradi".

Van Boven oʻzbek rasmiylari tekshiruv vaqtida jiddiy toʻsiqlar yaratib, uning qamoqxona sharoitlarini chuqur oʻrganishiga toʻsqinlik qilganidan shikoyat qildi.

Yopish

2019-yil 2-avgust kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qamoqxonani tugatish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.

Poʻlat Bobojonov aytgan maʼlumotlarga koʻra, yopilish vaqtida „Jasliq“da 395 nafar mahbus boʻlgan, ularning 10 foizi diniy ekstremizmda ayblangan .

Yana qarang

  • Ovadan-Depe
Yuqori