Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Jamol Abdul Nosir (arabcha: جمال عبدالناصر‎‎; 1918-yil 15-yanvar, Iskandariya, Asyut viloyati Bann Mur qishlogʻi — 1970-yil 28-sentyabr, Qohira) — Misr Arab Res

Jamol Abdunnosir

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)
Vikipediyada ismi Jamol boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Jamol Abdul Nosir
Jamol Abdul Nosir

Mansabda boʻlgan yillari
1956-yildan  1970-yilgacha

Tavalludi

15-yanvar 1918-yil
Iskandariya
Vafoti 28-sentyabr 1970-yil(1970-09-28)
(52 yoshda)
Qohira
Imzo

Jamol Abdul Nosir (arabcha: جمال عبدالناصر; 1918-yil 15-yanvar, Iskandariya, Asyut viloyati Bann Mur qishlogʻi — 1970-yil 28-sentyabr, Qohira) — Misr Arab Respublikasining davlat va siyosiy arbobi, 1939-yil harbiy bilim yurtini, 1942-yil harbiy-shtab kollejini tugatgan. 1948—1949-yillardagi Arab—Isroil urushi ishtirokchisi, „Ozod zobitlar“ tashkilotini tuzib inqilobiy harakatga rahbarlik qilgan. Nosir Inqilobiy kengashning avvalo rais oʻrinbosari, soʻng raisi, 1952—1956 -yillarda Misr Bosh vaziri oʻrinbosari, Ichki ishlar vaziri, Bosh vaziri boʻlgan. 1956-yil iyun — 1958-yil fevralda Misr prezidenti. 1956-yil Misr xalqining ingliz-fransuz-isroil agressiyasiga qarshi kurashiga boshchilik qilgan. 1958-yil Nosir rahbarligida Misr bilan Suriya qoʻshilib, Birlashgan Arab Respublikasi (BAR) vujudga keldi. Nosir 1958-yil BAR prezidenti, 1963-yil Arab sotsialistik ittifoqining raisi, 1956-yildan BAR qurolli kuchlari bosh qoʻmondoni. 1961-yilda Suriyani BARdan ajralib chiqishi Nosirning umum millatparvarlik siyosatiga hamda 1967-yildagi Isroil bilan boʻlgan „olti kunlik urush“da Misr armiyasining yengilishi Nosirning siyosiy mavqeiga sezilarli zarba bergan.

Yuqori