Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Zeinalov Jahongir Rizo oʻgʻli (1865 — Boku — 1918-yil, 11-aprel) — ozarbayjonlik aktyor. Milliy teatr asoschilaridan. Ijodini 1885-yildan boshlagan. Hajviy va h

Jahongir Zeynalov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Jahongir va familiyasi Zeynalov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Jahongir Zeinalov

Zeinalov Jahongir Rizo oʻgʻli (1865 — Boku — 1918-yil, 11-aprel) — ozarbayjonlik aktyor. Milliy teatr asoschilaridan. Ijodini 1885-yildan boshlagan. Hajviy va harakterli rollar ustasi sifatida tanilgan. Uning ijrosi inson his-tuygʻularini ifoda etishda chuqur psixologik tahlili, badiiy jihatdan sodda va samimiyligi bilan ajralib turadi. Eng yaxshi rollari: Vazir („Lenkoran xonligining vaziri“), Hoji Samad („Baxtsiz yigit“), Hoji Qambar („Yomgʻirdan qochib, jalaga tutildi“), Shamdanbek („Shamdanbek“), Keksa Moor („Qaroqchilar“) va boshqalar. Zeynalov Arablinskiy, Ruxullo Sidqiy kabi dramatik sanʼat asoschilarining ustozi.

Yuqori