Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Jahongir Dunanovich Gʻaniyev — oʻzbek diplomati, biolog. 2018—2023-yillarda Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchisi, 2007—2015-yillarda esa Italiya davlatidagi elc

Jahongir Gʻaniyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Jahongir va familiyasi Gʻaniyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Jahongir Dunanovich Gʻaniyev
 Oʻzbеkistоnning Ispaniyadagi elchisi
 
Mansab davri
2018-yildan  19-noyabr 2023-yilgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Dilshod Ahatov
Vorisi Farrux Tursunov
 Oʻzbеkistоnning Italiyadagi elchisi
 
Mansab davri
2007-yildan  2015-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi ?
Vorisi Otabek Akbarov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1955-yil 20-oktyabr (1955-10-20) (70 yosh)
Buxoro

Jahongir Dunanovich Gʻaniyev — oʻzbek diplomati, biolog. 2018—2023-yillarda Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchisi, 2007—2015-yillarda esa Italiya davlatidagi elchisi.

Biografiyasi

Buxoroda tugʻilgan. 1978-yilda Moskva davlat universiteti biologiya fakultetini, 1988-yilda BMT ekspertlarining maxsus kurslarini tamomlagan. Oʻzbekiston Respublikasining AQSH, Angliya va Avstriyadagi elchixonalarida, Oliy Majlis kotibiyatida ishlagan. 2007-yildan 2015-yilgacha — Oʻzbekistonning Italiyadagi elchisi. 2015—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Ispaniyadagi Muvaqqat ishlar vakili. 2018-yil 9-sentyabrdan 2023-yil 19-noyabrgacha Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchisi boʻlgan.

Shaxsiy hayoti

Uch nafar farzandi bor. Gabriel García Márquezning Yolgʻizlikning yuz yili romanini sevib oʻqishini aytgan.

Yuqori