Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Jérémy Doku (talaffuzi: Jeremiy Doku), (2002-yil 27-mayda tugʻilgan) – belgiyalik professional futbolchi, Liga 1 klubi „Renn“ va Belgiya milliy futbol terma jam

Jérémy Doku

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jérémy Doku
Doku Belgiya tarkibida (2026-yil)
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Jérémy Doku
Tavallud sanasi 2002-yil 27-may (2002-05-27) (24 yosh)
Tavallud joyi Antverpen, Belgiya
Boʻyi 1.71m
Ampluasi Vinger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Manchester City
Raqami 11
2012 Beerschot
2012—2018 Anderlecht
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018—2020 Anderlecht 34 (5)
2020—2023 Rennes 75 (10)
2023— Manchester City 88 (11)
Milliy terma jamoa
2017 Belgiya U15 5 (2)
2017—2018 Belgiya U16 10 (3)
2018—2019 Belgiya U17 16 (6)
2019—2022 Belgiya U21 6 (1)
2020— Belgiya 48 (7)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 21-yanvar uchun)

Jérémy Doku (talaffuzi: Jeremiy Doku), (2002-yil 27-mayda tugʻilgan) – belgiyalik professional futbolchi, Liga 1 klubi „Renn“ va Belgiya milliy futbol terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati

Anderlecht

Doku yoshligida Antverpenda KVC Olympic Deurne va Tubantia Borgerhout uchun futbol oʻynay boshladi, keyin Beerschot uchun oʻynadi. Keyinchalik, Jérémy Doku 2012-yilda 10 yoshida RSC Anderlextga koʻchib oʻtdi. Jérémy Doku 2018-yilning 25-noyabrida, 16 yoshida, „Anderlext“ bilan Belgiya birinchi divizioni „Sint-Truiden“ga 4:2 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda debyut qilgan

Rennes

2020-yil 5-oktyabrda Doku „Rennes“ klubi bilan besh yilga, bonuslardan tashqari 26 million yevro evaziga shartnoma tuzdi.

Xalqaro martaba

Doku Belgiyada tugʻilgan va ganalik. Doku 2018-yilgi UEFA U-17 Yevropa chempionatida Belgiya U17 milliy futbol terma jamoasini himoya qildi.

Jérémy Doku Belgiya milliy futbol terma jamoasidagi ilk oʻyinini 2020-yilning 5-sentyabrida UEFA Millatlar ligasida Daniyaga qarshi oʻtkazdi. Uch kundan soʻng, Jérémy Doku Belgiya terma jamoasi uchun Islandiyaga qarshi oʻyinda (5:1) oʻzining birinchi golini kiritdi.

2021-yil iyun oyida boʻlib oʻtgan UEFA Yevro-2020 musobaqasida Doku Belgiya milliy futbol terma jamoasining Daniyaga qarshi guruh bosqichidagi oʻyinida oʻrinbosarlardan biri boʻlgan va Finlandiyaga qarshi keyingi oʻyinda asosiy tarkibga kiritilgan. Belgiyaning Italiyaga qarshi chorak finaldagi magʻlubiyati uchun Jérémy Doku yana 11 talik asosiy jamoa tarkibidan joy oldi.

Faoliyat statistikasi

Klubdagi natijalari

2022-yil 30-oktyabr holatiga ko`ra
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtiroki va gollari
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Yevropa kubogi Jami
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Anderlext 2018-19 Belgiya Pro ligasi 6 0 0 0 0 0 6 0
2019-20 Belgiya Pro ligasi 21 3 3 1 — 24 4
2020-21 Belgiya Pro ligasi 7 2 — — 7 2
Jami 34 5 3 1 0 0 37 6
Renn 2020-21 Liga 1 30 2 1 0 6 0 37 2
2021-22 Liga 1 14 1 1 1 3 0 18 2
2022-23 Liga 1 7 0 0 0 1 0 8 0
Jami 51 2 2 1 10 0 63 4
Jami faoliyati 85 7 5 2 10 0 100 10
2021-yil 2-iyul holatiga ko`ra
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtiroki va gollari
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Belgiya 2020 5 1
2021 5 1
Jami 10 2

Xalqaro darajadagi gollari

Jéremy Doku tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Raq. Sana Oʻyin oʻtkazilgan joy Raqib Hisob Natija Musobaqa Man.
1 2020-yil 8-sentyabr King Boduin stadioni, Bryussel, Belgiya  Islandiya 5 – 1 5-1 2020-21 UEFA Millatlar ligasi A
2 2021-yil 30-mart Den Dreef, Leuven, Belgiya  Belarus 4 – 0 8-0 2022 FIFA Jahon chempionati saralashi
Yuqori