Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Ivan Rakitić (talaffuzi: Ivan Rakitich; 1988-yil 10-martda Shveysariyada tugʻilgan) – yarim himoyachi sifatida oʻynagan xorvatiyalik sobiq professional futbolch

Ivan Rakitić

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ivan Rakitić
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ivan Rakitić
Tavallud sanasi 1988-yil 10-mart (1988-03-10) (38 yosh)
Tavallud joyi Rheinfelden, Shveysariya
Boʻyi 1.84 m (6 ft 1⁄2 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1992—1995 Möhlin-Riburg
1995—2005 FC Basel
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004 Nordstern Basel 0 (0)
2005—2006 FC Basel II 21 (9)
2005—2007 FC Basel 34 (11)
2007—2011 Schalke 04 97 (12)
2011—2014 Sevilla 117 (25)
2014—2020 Barcelona 200 (25)
2020—2024 Sevilla 121 (11)
2024 Al-Shabab 8 (1)
2024—2025 Hajduk Split 35 (2)
Total 633 (96)
Milliy terma jamoa
2003—2004 Shvetsariya U16 10 (6)
2004—2005 Shvetsariya U17 12 (7)
2005—2006 Shveysariya U19 16 (6)
2006—2007 Shvetsariya U21 4 (1)
2009—2010 Xorvatiya U21 4 (2)
2007—2019 Xorvatiya 106 (15)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Ivan Rakitić (talaffuzi: Ivan Rakitich; 1988-yil 10-martda Shveysariyada tugʻilgan) – yarim himoyachi sifatida oʻynagan xorvatiyalik sobiq professional futbolchi.

Rakitić professional faoliyatini Shveysariyaning „Bazel“ klubida boshlagan. Bazel jamoasida ikki mavsum oʻynagach, 2007-yilgi mavsumda „Schalke 04“ klubi safiga oʻtggan. Bundesligada uch yarim mavsum toʻp surgandan soʻng, 2011-yil yanvarida „Sevilla“ jamoasiga oʻtgan. Ikki yildan keyin Rakitić jamoa sardori etib tayinlangan. 2013-14-yilgi mavsumda jamoa sardori sifatida Sevilla klubi bilan UEFA Yevropa ligasi gʻolibligiga erishgan. 2014-yil iyunda „Barcelona“ va „Sevilla“ Rakitić transferi boʻyicha kelishuvga erishgan. „Barcelona“ jamoasidagi birinchi mavsumidayoq u La Liga, Ispaniya Kubogi va UEFA Chempionlar ligasi turnirlarida muvaffaqiyatga erishib, treblni qoʻlga kiritgan. 2015-yilgi Chempionlar ligasi finalida birinchi golni urgan Rakitić, ikki turli klubda oʻynab, Yevropa ligasidan keyin bir yil ichida Chempionlar ligasini ham yutgan ilk futbolchi boʻlgan. „Barselona“ safida 310 ta oʻyin oʻtkazib, oʻn uchta sovrinni qoʻlga kiritgan. Rakitić 2020-yilda Barcelona jamosini tark etgan va „Sevilya“ klubi tarkibiga qaytgan. 2023-yilgi UEFA Yevropa Ligasi finalida yana bir bor Yevropa Ligasi gʻolibiga aylangan.

Ivanning ota-onasi asli Yugoslaviyadan kelib chiqqan xorvat hisoblanadi. Rakitićning ota-onasi Shveysariyada yashagan davrida tugʻilgan, yoshligida Shveysariya terma yoshlar jamoasi safida oʻynagan boʻlsa-da, kattalar darajasida Xorvatiya nomidan maydonga tushishni maʼqul koʻrgan. 2007-yilda Xorvatiya milliy terma jamoasi safida debyut qilgan va shundan buyon mamlakat tarkibida UEFA Yevropa chempionatining 2008, 2012 va 2016-yilgi turnirlarida hamda 2014 va 2018-yilgi FIFA Jahon chempionatlarida ishtirok etgan. Oʻzi ishtirok etgan soʻnggi musobaqaning finaligacha yetib borgan. Rakitić 2020-yil sentyabrda Xorvatiya terma jamoasi tarkibida 106 ta oʻyin oʻtkazib, terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini maʼlum qilgan. Faoliyatini yakunlagan davrida Xorvatiya terma jamoasi tarixida eng koʻp oʻyin oʻtkazgan toʻrtinchi futbolchi edi.

Klublardagi faoliyati

Ivan Rakitić „Basel“ klubi futbol akademiyasi bitiruvchisi hisoblanagan. 2005-yilda asosiy jamoa safidada debyut qilgan. Ikki mavsumni Shveysariya klubining markazida oʻtkazganidan soʻng, 2007-yilning yozida Ivan Rakitić Germaniyaning „Schalke 04“ futbol klubiga oʻtgan va buning uchun 97 oʻyin davomida 12 gol urgan. 2010—2011-yilgi Ispaniyaning „Sevilla“ futbol klubiga oʻtgan va u bilan oʻzining ilk Yevropa kubogini qoʻlga kiritgan. Jamoadagi 3,5 yil davomida 117 uchrashuv oʻtkazib, 27 gol urib, klub sardori va yetakchisiga aylangan. 2014-yilning iyun oyida u „Barcelona“ futbol klubi futbolchisiga aylangan. 2020-yil sentabrida klubda 6 yil oʻtkazgandan soʻng u „Sevilla“ futbol klubiga qaytgan.

Xalqaro faoliyati

Ivan Rakitićning birinchi xalqaro tajribasi yoshlar darajasida Shveysariyaning 17 yoshgacha, 19 yoshdan va 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoalarida boʻlgan. Ammo Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyining taklifini qabul qilib, mamlakatning kattalar jamoasida oʻynashga qaror qilgan. U Xorvatiya terma jamoasi safida 2007-yil 8-sentabrda Estoniyaga qarshi EURO-2008 saralash oʻyinida maydonga tushgan va u muxlislar tomonidan yuqori baholangan. 2007-yil 12-sentabrda Xorvatiyaning keyingi saralash oʻyinida Andorra ustidan gʻalaba qozongan. U 2007-yilni oʻz nomi bilan atalgan beshta oliy martabali xalqaro oʻyinlar bilan yakunlagan, ulardan toʻrttasi EURO-2008 saralash bosqichi oʻyinlari egan.

2020-yil 21-sentabrda yarim himoyachi terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan. Xorvatiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan Ivan Rakitić Rossiya bilan JCh-2022 saralash oʻyini oldidan muxlislar bilan xayrlashgan. Terma jamoa tarkibida u 106 ta oʻyin oʻtkazib, 15 ta gol urgan. Rossiya bilan bahs boshlanishidan avval xorvatlar Ivan Rakitić bilan tantanali xayrlashuv marosimini oʻtkazishgan. Unga esdalik futbolkasi berilgan.

Faoliyat statistikasi

Klub

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro Boshqa Jami
DivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollar
Nordstern Basel 2004–05 2. Liga Interregional 0010——10
Basel II 2005–06 1. Liga 219———219
Basel 2005–06 Shveysariya Superligasi 101010—30
2006–07 33115090—4711
Jami 341160100—5011
Schalke 04 2007–08 Bundesliga 293317030424
2008–09 2314171—343
2009–10 29740——337
2010–11 161415010262
Jami 97121531914013516
Sevilla 2010–11 La Liga 1351020—165
2011–12 3603100—391
2012–13 34883——4211
2013–14 341200183—5215
Jami 11725124203—14932
Barcelona 2014–15 La Liga 32571122—518
2015–16 3676010250579
2016–17 328819020519
2017–18 3518210120554
2018–19 3437112110545
2019–20 311307010421
Jami 2002539560611031036
Sevilla 2020–21 La Liga 374428210508
2021–22 3543083—467
2022–23 31151150—512
2023–24 182206010272
Jami 121111433752017419
Al-Shabab 2023–24 Saudiya Pro ligasi 81———81
Hajduk Split 2024–25 HNL 3521030—392
Umumiy statistikasi 63396881514915170887126
  1. Includes Swiss Cup, DFB-Pokal, Copa del Rey, Croatian Cup
  2. Appearances in DFL-Ligapokal
  3. Two appearances in UEFA Champions League, five appearances and one goal in UEFA Cup
  4. Appearance in DFL-Supercup
  5. Two appearances in Supercopa de España, one appearance in UEFA Super Cup, two appearances in FIFA Club World Cup
  6. Five appearances and two goals in UEFA Champions League, three appearances and one goal in UEFA Europa League
  7. Six appearances in UEFA Champions League, nine appearances in UEFA Europa League
  8. Appearances in UEFA Conference League
  1. Appearance(s) in UEFA Cup
  2. Appearances in UEFA Champions League
  3. Appearances in UEFA Europa League
  4. Appearance(s) in Supercopa de España
  5. Appearance in UEFA Super Cup

Terma jamoa

Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Terma jamoaYilOʻyinlarGollar
Xorvatiya 200751
2008114
200982
201081
201160
2012101
2013110
2014100
201561
201673
201760
2018142
201940
Jami10615
Xorvatiya hisobi birinchi koʻrsatilgan, natijalar ustunida esa Rakitićning har bir golidan keyingi hisoblar aks ettirilgan.
Ivan Rakitić tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
№SanaStadionOʻyinRaqibHisobNatijaMusoboqa
12007-yil 12-sentyabrEstadi Comunal d'Andorra la Vella, Andorra la Vella, Andorra2 Andorra6–06–02008-yilgi Yevropa chepionati saralashi
22008-yil 20-avgustLjudski vrt, Maribor, Sloveniya12 Sloveniya1–13–2Oʻrtoqlik
33–2
42008-yil 15-oktyabrStadion Maksimir, Zagreb, Xorvatiya16 Andorra1–04–02010-yilgi jahon chepionati saralashi
54–0
62009-yil 11-fevralStadionul Steaua, Bucharest, Ruminiya17 Ruminiya1–12–1Oʻrtoqlik
72009-yil 5-sentyabrStadion Maksimir, Zagreb, Xorvatiya21 Belarus1–01–02010-yilgi jahon chepionati saralashi
82010-yil 23-mayGradski Vrt Stadium, Osijek, Xorvatiya26 Uels1–02–0Oʻrtoqlik
92012-yil 12-oktyabrPhilip II National Arena, Skopje, Makedoniya47 Macedonia2–12–12014-yilgi jahon chepionati saralashi
102015-yil 10-oktyabrStadion Maksimir, Zagreb, Xorvatiya74 Bolgariya2–03–02016-yilgi Yevropa chepionati saralashi
112016-yil 4-iyunStadion Rujevica, Rijeka, Xorvatiya76 San Marino7–010–0Oʻrtoqlik
122016-yil 17-iyunStade Geoffroy-Guichard, Sent-Eten, Fransiya78 Chexiya2–02–22016-yilgi Yevropa chempionati
132016-yil 5-sentyabrStadion Maksimir, Zagreb, Xorvatiya81 Turkiya1–01–12018-yilgi jahon chepionati saralashi
142018-yil 27-martAT&T Stadium, Arlington, Qoʻshma Shtatlar90 Meksika1–01–0Oʻrtoqlik
152018-yil 21-iyunNizhny Novgorod stadioni, Nijniy Novgorod, Rossiya94 Argentina3–03–02018-yilgi jahon chepionati

Mukofotlar

Bazel
  • Shveytsariya kubogi: 2006–07
Sevilya
  • UEFA Yevropa ligasi: 2013–14, 2022–23
Barselona
  • La Liga: 2014–15, 2015–16, 2017–18, 2018–19
  • Ispan Qirollik kubogi: 2014–15, 2015–16, 2016–17, 2017–18
  • Ispaniya Superkubogi: 2016, 2018
  • UEFA Chempionlar Ligasi: 2014–15
  • UEFA Superkubogi: 2015
  • FIFA Klublararo jahon chempionati: 2015
Xorvatiya
  • FIFA Jahon chempionati ikkinchi oʻrin sovrindori: 2018
Shaxsiy
  • Shveysariya Superligasining eng yaxshi yosh oʻyinchisi: 2006–07
  • Shveysariya Superligasining mavsumning eng chiroyli goli: 2006–07
  • La Liga halol oʻyin mukofoti: 2013–14
  • La Ligada oyning eng yaxshi oʻyinchisi: 2014-yil yanvar
  • UEFA Yevropa ligasi finali oʻyinning eng yaxshi futbolchisi: 2014
  • La Liga mavsumning ramziy terma jamoasi: 2013–14, 2014–15
  • UEFA La Liga mavsumning ramziy terma jamoasi: 2018–19
  • UEFA Yevropa ligasi mavsumning ramziy terma jamoasi: 2013–14, 2022–23
  • UEFA Chempionlar Ligasi mavsumning ramziy terma jamoasi: 2014–15
  • Yilning eng yaxshi xorvat futbolchisi: 2015
  • Yilning eng yaxshi xorvat sportchisi: 2015
  • FIFA FIFPro World11 3-darajali terma jamoasi: 2018
  • La Liga oyning eng chiroyli goli: 2023-yil noyabr
Ordenlar
  • Gersog Branimir ordeni

Yana qarang

  • Xalqaro darajadagi 100 va undan ortiq oʻyinlardan maydonga tushgan erkak futbolchilar roʻyxati
  • 1000 yoki undan ortiq rasmiy oʻyin oʻtkazgan erkak futbolchilar roʻyxati
Yuqori