![]() | |
| Joyi | |
|---|---|
| Qachon qurilgan | 2015-yil |
| Qachon ochilgan | 20-mart, 2015-yil |
| Egasi | Neftchi futbol klubi |
| Operator | Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi |
| Yuzasi | tabiiy chim |
| Maydon oʻlchami | 107x95 metr |
| Maydon egalari | |
| Neftchi futbol klubi | |
„Istiqlol“ – Fargʻonada joylashgan koʻp funksiyali stadion boʻlib, 20 mingdan ortiq muxlisni qabul qila oladi. 2015-yilda ochilgan. "Neftchi" futbol klubining uy arenasi hisoblanadi. Fargʻonaning „Istiqlol“ klubi ham oʻz uy uchrashuvlarini shu stadionda oʻtkazmoqda.
Stadion tarixi
Stadion „Quvasoy taʼmirqurilish“ kompaniyasi tomonidan qurilgan. Stadion qurilishi uchun 30 million AQSh dollaridan oshiq mablagʻ sarf etilgan. Fargʻona shahridagi „Istiqlol“ stadioni nomidagi 20 ming oʻrinli yangi arena qurilishi 2012-yil yanvar oyida boshlanib, 2014-yil oxirida nihoyasiga yetdi.
Tavsifi
Ushbu oʻyingohning nomi Fargʻona markaziy stadioni deb ham nomlanadi. Sportning futboldan tashqari, boshqa turlariga ham moʻljallangan.
Tomoshabinlar uchun oʻrindiqlar yuqori va pastki qavatlarga boʻlingan. Kuzatuvchilar xonasi videotablo va musobaqani jonli translyatsiya qilish imkonini beruvchi uskunalar bilan jihozlangan. Stadion 20000 muxlisga moʻljallangan boʻlib, ikki qavatdan iborat. Markaziy tribuna esa uch qavatli. Ushbu binoning birinchi qavatida mezbon va mehmon jamoalar uchun „A“ va"B" toifadagi kiyinish xonalari boʻlib, har bir jamoa ixtiyorida ikkitadan kiyinish xonalari bor. Hakamlar xonasi ham ushbu binoda joylashgan.
Maydon va tribunaning oraliq masofasi 15 metrni tashkil etadi. Stadiondagi sektorlar soni 32ta.
Oʻyin natijasini koʻrsatib turish uchun tablo oʻrnatilgan. Tabloning boʻyi 4, eni esa 12 metr.
Tarixiy uchrashuvlar
Yangi „Istiqlol“ stadionining ochilish oʻyini 2015-yil 3-aprel kuni Oʻzbekiston U-20 hamda Yangi Zelandiya U-20 terma jamoalari oʻrtasidagi oʻrtoqlik oʻyini boʻlib oʻtgan va mezbon jamoaning 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan edi. Yangi stadiondagi birinchi liga oʻyini 2015-yil 18-aprel kuni Neftchi – „Mash’al Muborak“ uchrashuvi bilan oʻtkazildi. Shundan beri klub uy uchrashuvlarini Fargʻonadagi 20 000 tomoshabinga moʻljallangan „Istiqlol“ stadionida oʻtkazmoqda.
- Stadionlar
- 2015-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar
- Oʻzbekistondagi futbol stadionlari
- Fargʻona bino va inshootlari
- Oʻzbekistondagi yengil atletika stadionlari
- Fargʻonada sport
- Neftchi Fargʻona
- Oʻzbekistondagi koʻp maqsadli stadionlar
