| Isroil–Hamas urushi | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Isroil–Falastin mojarosi | |||||||
![]() Gʻazo sektori Isroil ichida evakuatsiya qilingan hududlar Hamas hujumining maksimum qamrovi Gʻazoning Isroil tomonidan evakuatsiya qilish buyurilgan hududlari | |||||||
| |||||||
| Raqiblar | |||||||
| |||||||
Isroil–Hamas urushi – 2023-yilning 7-oktyabrida Hamas boshchiligidagi Falastin kutilmaganda Isroilga muvofiqlashtirilgan terroristik hujum uyushtirganidan keyin boshlangan harbiy toʻqnashuvsodir boʻldi. Hujum ertalab Hamas boshqaruvidagi Gʻazo sektoridan Isroilga kamida 5 000 ta raketa otilishi bilan boshlandi. Parallel ravishda 2 500 nafarga yaqin falastinlik jangarilar Gʻazo–Isroil toʻsigʻidan oʻtib, qoʻshni Isroil hududlarida tinch aholi vakillarini asirga oldi. Natijada kamida 1 400 nafar isroillik nobud boʻldi, jumladan, "Reʼim" musiqa festivalining 260 nafar ishtirokchisi. Qurollanmagan tinch aholi vakillari, jumladan, ayollar va bolalar hamda qoʻlga olingan Isroil askarlari Gʻazo sektoriga olib ketildi. Isroil bunga javoban havo zarbalarini bera boshladi va oradan bir kun oʻtib Hamasga rasman urush eʼlon qildi. Hamas hujumlarini Sukkot yahudiy bayrami yakunida, 1973-yilda Yom Kippur urushi boshlanganiga roppa-rosa 50 yil toʻlgan kunda boshladi.
Hamasning hujumi
2023-yilning 7-oktyabr kuni tongda Falastinning Hamas guruhi armiya askarlariGʻazo sektoridan Isroil tomonga kutilmagan hujumini uyushtirdi. 20 daqiqa ichida Isroilga Gʻazodan 5 000 dan ortiq raketalar otildi. Isroil ommaviy axborot vositalari Gʻazodan kamida 2200 ta snaryad otilganini xabar qilishdi. Hamas harakati harbiy qanoti qoʻmondoni Muhammad al-Dayf Isroilga qarshi harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi va buning nomini Al-Aqso toʻfoni (arabcha: عملية طوفان الأقصى) deya nomladi. Gʻazo sektoriga tutash hududlar va Sharon tekisligidagi shaharlarda, shuningdek Gedera, Gerzliyo, Tel-Aviv va Ashklon shaharlarda portlashlar qayd etildi.
Isroilning hujumi
Yahudiylarning Sukkot (ibroniycha: סוכות ) bayramiga toʻgʻri kelgan hujum isroilliklar uchun kutilmagan holat boʻldi
„Temir gumbaz“ havo hujumidan mudofaa qilish tizimi ishga tushirildi. Bosh vazir Benjamin Netanyahu va mudofaa vaziri Yoav Gallant Tel-Avivdagi Isroil mudofaa kuchlari (IMK) shtabida xavfsizlikni taʼminladi. Keyinchalik Gallant armiyaning oʻn minglab zahiradagi askarlarini safarbar qilishni maʼqulladi va Gʻazo chegarasidan 80 kilometr (50 mil) radiusda favqulodda holat eʼlon qildi.
Tinch aholi qurbonlari
- Gʻazo sektori (Falastin) – 2023-yil 7-oktabrdan 2025-yil aprel oyigacha Gʻazoda jami 50 810 kishi halok bo‘lgan. Ushbu qurbonlarning aksariyati tinch aholi vakillari bo‘lib, ularning 15 613 nafari bolalar va 8 304 nafari ayollar ekani aniqlangan . Mustaqil tekshiruvlarda o‘lim holatlari taxminan 70–80% tinch aholi (ayollar va bolalar) ekanligi qayd etilgan.
- Isroil – Isroil tomoni bo‘yicha urush boshidan buyon 1 706 kishi halok bo‘lgan. Ularning katta qismini tinch fuqarolar tashkil etadi. Xususan, faqat 2023-yil 7-oktabr kuni Hamas hujumlari natijasida 815 nafar isroillik tinch aholi vakili qurbon bo‘lgan (umumiy 1 195 kishi halok bo‘lgan). Keyingi oylar davomida ham raketa hujumlari va boshqa to‘qnashuvlar oqibatida bir necha tinch fuqarolar qurbon bo‘ldi, ammo asosiy yo‘qotishlar 7-oktabr hodisalarida yuz berdi.
Infratuzilma va uy-joylar
Gʻazo sektori infratuzilmasi urush natijasida misli ko‘rilmagan darajada zarar ko‘rdi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Gʻazodagi uy-joylarning ~60%i urush davomida vayron qilingan, yoki turli darajada shikastlangan. BMT huzuridagi uy-joy masalalari bo‘yicha ishchi guruh ma’lumotiga binoan, kamida 370 000 ta uy-joy birligi zarar ko‘rgan bo‘lib, ularning 79 000 dan ortig‘i to‘liq vayron bo‘lgan. Mahalliy Gʻazo rasmiylari esa to‘liq vayron qilingan uylar sonini 150 000 dan oshgan deb baholagan (2024-yil oktabr holatiga). Uylarning vayron bo‘lishi tufayli minglab oilalar boshpanasiz qoldi.
Xalqaro reaksiya

Afgʻoniston: Afgʻoniston Tashqi ishlar vazirligi Afgʻoniston Islom Amirligi „Gʻazo sektoridagi soʻnggi voqealarni diqqat bilan kuzatib borayotganini“ va "Isroildagi sionistlar tomonidan mazlum Falastinliklarning huquqlarini poymol qilishlari, musulmonlarning ibodatxonalarini bir necha marotaba xoʻrlashlari va hurmatsizlik qilishlari natijasida bunday hodisalar sodir boʻlayotganini taʼkidladi.
Albaniya: Bosh vazir Edi Rama isroilliklar oʻz uylariga ega boʻlish va u yerga qaytish uchun ming yillar davomida kurashganini taʼkidladi. Tashqi ishlar vaziri Igli Hassani hujumni keskin qoralab, qurbonlar, ularning oilalari va butun Isroil bilan birgaligini bildirdi.
Jazoir: Tashqi ishlar vazirligi, Isroilning Gʻazoni bombardimon qilishini keskin qoralab, xalqaro tashkilotlarni mojaroga aralashishga chaqirdi va „Isroil mustamlakachiligi“ga qarshi kurashayotgan falastinliklarga hamdardlik bildirdi.
Argentina: Tashqi ishlar va madaniyat vazirligi „HAMASning Isroil hududiga qarshi amalga oshirgan terrorchilik harakatlaridan afsusda“ ekanini maʼlum qilib, Isroil xalqi bilan birgaligini va qurbonlarga hamdardlik bildirgan.
Armaniston: Tashqi ishlar vazirligi falastinliklar va isroilliklar oʻrtasidagi zoʻravonlik va tinch aholiga qilingan hujumlardan xavotir bildirdi. Qurbon boʻlganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, xalqaro hamjamiyatni zoʻravonlikka chek qoʻyishga chaqirdi.
Avstraliya: Tashqi ishlar vaziri Penny Wong „Avstraliya HAMASning Isroilga uyushtirgan hujumlarini, jumladan shaharlar va tinch aholiga raketalar bilan hujum qilishlarini soʻzsiz qoralaydi“,-dedi'. Bosh vazir Anthony Albanese ham hujumlarni keskin qoraladi.
Ozarbayjon: Ozarbayjon-Isroil parlamentlararo aloqalarning ishchi guruhi Isroilga qilingan hujumni qoralab, hamdardlik bildirdi.
Belgiya: Tashqi ishlar vaziri Hadja Lahbib TV X telekanalida mamlakat „Isroil fuqarolariga qarshi ommaviy raketa otilishini keskin qoralaydi“ va ular barcha jabrlanganlar bilan ekanini aytdi.
Braziliya: Tashqi ishlar vazirligi Braziliyaning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi raisi sifatida ushbu organni shoshilinch yigʻilish oʻtkazishini bildirib, Gʻazo sektoridan Isroilga uyushtirilgan „quruqlikdagi hujumlarni“ qoralab, Isroil xalqiga hamdardlik bildirdi.
Bosniya va Gertsogovina: Vazirlar Kengashi raisi Borjana Krišto hujumlarni „adolatsiz va shafqatsiz“ deb qoralab, Isroilni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.
Kanada: Bosh vazir Jastin Tryudo -Kanada Isroilga qarshi amalga oshirilayotgan terrorchilik harakatlarini keskin qoralashini va zoʻravonlikni „mutlaqo qabul qilib boʻlmas“ deb atadi. U mamlakatini Isroil bilan birgaligini va uning „oʻzini himoya qilish huquqi“ni toʻliq qoʻllab-quvvatlashini taʼkidladi.
Qozogʻiston: Tashqi ishlar vazirligi tomonlarni, vaziyatni tinch yoʻl bilan hal qilish uchun siyosiy vositalarni izlashga va nafaqat ikki davlat oʻrtasida, balki butun Yaqin Sharqda vaziyatning yanada keskinlashishiga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlarga qoʻl urmaslikka chaqirdi.
Qirgʻiziston: Vaziyatning jiddiyligidan chuqur xavotir bildirib, mojaroning barcha tomonlarini tinchlikka erishish, tinch aholi xavfsizligini taʼminlash va Yaqin Sharq mintaqasida vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida harbiy harakatlarni zudlik bilan toʻxtatishga va imkon qadar tezroq siyosiy va diplomatik muloqotni boshlashga chaqirdi.
Oʻzbekiston: Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyatni sezilarli darajada murakkablashtirgan holat keskinlashganidan jiddiy xavotir bildirib, kurashayotgan tomonlarning qurolli qarama-qarshilikini tez fursatlarda tugatish va inqirozni siyosiy hamda diplomatik vositalar orqali hal qilish uchun barcha choralarni koʻrishga chaqirdi.
Yana qarang
- Universitet kampuslarida Isroil—Hamas urushi namoyishlari
- Amerika-Eron munosabatlari
- Ismoil Haniyaning oʻldirilishi
- Urushlar
- Tillar andozalari
- Isroil–Falastin mojarosi
- 2023-yil voqealari
- Eron ishtirokidagi urushlar
